Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet



Download 3,72 Mb.
bet83/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

«Sey qonuni». J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning erkin shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va protektsionizmning har qanday qo’rinishiga yo’l qo’ymaslik tamoyillarini qo’llab-quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu tamoyillar qo’llanilsa, J.B. Sey bashoratiga ko’ra, ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste’mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya’ni iqtisodiy inqirozlarning ob’ektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib, o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. U “Sey qonuni” deb ataladi. Bu qonunning mohiyatiga ko’ra, har qanday ishlab chiqarish daromadlarni keltirib chiqaradi, bu daromadlarga qiymati ularga teng bo’lgan tovarlar sotib olinadi, yalpi talab esa hamisha yalpi taklifga teng bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yaratadi, ya’ni o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi (boshqa tovarlar sotib olinadi).
Klassik Ortodoks iqtisodchilari Lauderdeyl, Sismondi va Maltusning tarqidlarini rad etishadi. Ularning vaziyati mahsulot ishlab chiqarish, bozorda tovarni qoniqarli narxlarda olish uchun qoniqarli sotuv qobilsyati vujudga keltirilgan protsess ustida baxs olib borgan J.B.Sey, Jeyms Mill va Rikardolar tomonidan eng ta’sirli va tushunarli tarzda rivojlantirilgan. Ular to’yintirilgan deb ataydigan yoki oxirgi mahsulotni, bozorning ma’lum qismida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan, lekin butun iqtisodiyot uchun umumiy oxirgi ishlab chiqarishga ega bo’lish imkonsiz ekanligini qo’llab quvvatlaydi. Pasayishda iqtisodiy faoliyatning umumiy darajasi qisqa vaqt davom etganda bozor avtomatik tarzda resurslaridan to’liq foydalanish tizimiga qaytgan bo’lardi. Shunday qilib klassiklar qat’iyat bilan takidladilarki, uzoq foydalanishda xaddan tashqari kapital jamg’arilishi bo’lmasdi.
Taxminan olganda ishlab chiqarilgan avtomobil 20,000 dollar sotilsa va biz ishlab chiqarishning har xil qaktorlari uchun xarajatlarni chegirib tashlasak, qoldiq nolga teng bo’ladi. Bu tajribaga ko’ra to’g’ri, chunki ish xaqlari, ijara to’lovi yoki daromad sifatida kapital kiritishga qiziqish. Hozir ishchilar, yer egalari va kapitalistlar cho’ntagida sotuv qobiliyatining qiymati 20,000 dollar. Yaxlit iqtisodiyot uchun bir xilda egalik qilish; iqtisodiyot a’zolari tomonidan sotuv qobiliyati sifatida qabul qilingan yillik mahsulot qiymatidir. Bunda muammo bo’lmasligi mumkin, lekin bozorga mahsulotni doimiy ishlab chiqarish uchun qoniqarli sotuv kuchi vujudga keltiriladi. Klassiklar ayrim bozorlarda talab va taklif o’zaro mutanosib bo’lmasligi mumkinligi va sanoat ishlab chiqarishda ayrim turdagi tovarlarda taklif ortiqchaligi bo’lishi mumkinligini o’rgandilar. Sanoatda bunday to’yinganlik ishda bozor kuchlari, talab yoki taklif tomonlaridan birining namoyishi hisoblanadi. Lekin sanoatning bir tarmog’ida ortiqchalik boshqa sanoat tarmog’ining tovari uchun talab ham ortiqcha bo’lishi kerakligini anglatadi. Narxlar elastikligi va resurslar noturg’unligi, ishlab chiqarish omillari taklif ortiqchaligi bo’lgan sanoatni tark etadi va talabning ortiqchaligi bo’lgan sanoatga oqib o’tadi. Shunday qilib, resurslardan to’liq foydalanish ularning uzoq davom etishini kafolatlaydi.
Agarda hamma ishlab chiqarilgan tovarlarni bozorga yetkazish uchun yetarli sotuv kuchi vujudga keltirilsa, bozorda bu sotuv kuchidan foydalanilishini nima kafolatlaydi? Sey qonunida quyidagi oddiy javob keltioilgan: taklif o’z talabini o’zi yaratadi. Bunda muammo bo’lmasligi mumkin, lekin taklif potensial talab yaratadi, biroq potensial talab bozorda haqiqiy talab sifatida qo’llanilish yoki qo’llanilmasligini hal qilish kerak. Rikardo, Jeyms Mill va Sey bunga barcha potensial sotuv qobiliyati istemolchi yoki tovar ishlab chqaruvchi uchun talab sifatida bozorga qaytarilgan degan oddiy yondashuv bilan murojaat qildilar. Mantiqan olganda ular Smitning investitsiya kiritish qarorini saqlab qolish qarori vaziyatiga qaytdilar. Ular zaxira to’plash imkoniyatini rad etdilar, ya’ni xech kim oltinni qutida qulflab saqlolmaydi. Ularning tizimida pul faqatgina ayriboshlash vositasi bo’lgan, shunday qilib ular depressiya yoki turg’unlikning pulga oid sabablarining extimolini rad etganlar. Klassiklar izoxiga ko’ra Sey qonunining kamchiliklari bor, Maltus xech qachon bu qiyinchiliklarni aniq namoyish etmagan. U qabul qilingan taxminlar o’z isbotiga muxtoj bo’lishi narariyasini rad etishga uringan. U bu nazariya noto’g’ri bo’lgan deb gumon qilgan, lekin u xech qachon bunday tanqid yoki daromadlar miqdori va iqtisodiy o’sish darajasining hal qiluvchi omillarining muqobil nazariyasini aniq ifodalab berolmagan.26
Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan qo’rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tug’ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M. Keynsning tasdiqlashicha, odamlar daromadlarning barchasini iste’molga sarflamaydilar, balki ularning bir qismini jamg’arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto’g’ri ekanligini keltirib chiqaradi. Chunki bu qonunga muvofiq iste’molga sarflanishi kerak bo’lgan daromadning bir qismi jamg’armaga ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o’rtasidagi muvozanat buziladi.
Ammo «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, iqtisodiy liberalizmning barcha printsiplariga jamiyat tomonidan rioya qilinsa, ishlab chiqarish (taklif) o’ziga mos ravishda iste’molni (talabni) keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini ayirboshlash) sharoitida, albatta, shunday daromadlarni keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin amalga oshiriladi. Iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan «Sey qonuni» shu ko’rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin tashkil topishi xo’jalik kon’yunkturasidagi o’zgarishga darhol moslasha oladi, iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb hisoblagan.
Haqiqatan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan barterli iqtisodiyot amal qiladi desak, unda taklif miqdori talab miqdoriga teng bo’ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini tashkil etadi.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish