Muhokama uchun savollari Forobiyning “moddiy ehtiyojlar” to’g’risidagi ta’limotining mohiyatini qanday tushunasiz?
Ibn Sinoning ijtimoiy ishlab chiqarish to’g’risidagi g’oya-sining mag’zini chaqing.
A.Temurning xalqaro savdoni rivojlantirishdagi mavqei va o’rni nimadan iborat?
Navoiyning boylik yaratish to’g’risidagi g’oyasining o’ziga xosligi nimadan iborat?
VI-BOB. MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTINING MOHYATI VA AXAMIYATI 6.1. Merkantilizm tushunchasi uning mohiyati va mazmuni 1600-yildan 1750- yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning yuksalish davri sifatida xarakterlanadi va bu holat sanoat inqilobining kelib chiqishiga asos bo’ldi.
Bu davrda iqtisodiy mulohazalar individual, ro’zg’or, oila va ishlab chiqaruvchilar haqidagi g’oyalarning oddiy izoxlaridan iqtisodiy qonun va huquqlari bilan o’zaro bog’langan tizim shaklida murakkabroq qarashlar asosida rivojlana bordi. Biz o’z mulohazalarimizni 3 bo’limga, merkantilizm, klassik iqtisodiy ta’limotdan oldingi g’oyalar va fiziokratizmga ajratib ko’rib chiqamiz.