Darslik toshkent – 2018 AsatullaevX., Allaberganov Z., Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T.:, 2018, bet


Har bir shaxs o’zi uchun iqtisodchidir



Download 3,72 Mb.
bet37/189
Sana01.02.2022
Hajmi3,72 Mb.
#421603
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189
Bog'liq
Итт-2018 янги - лотин

Har bir shaxs o’zi uchun iqtisodchidir.
Merkantilizm davri har bir shaxs o’z – o’zi uchun iqtisodchi degan aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar, fikrlar xilma – xil bo’lganligi sababli 1500–1750 yillarda umumlashgan adabiyot yaratish qiyin kechdi. Bundan tashqari, bir yozuvchi birgina mavzuga e’tibor qaratgan bo’lib, hech bir yozuvchi bu tushunchalrni jamlab va syntezlab keyingi iqtisodiy g’oyalarga turtki bo’la oladigan fikrlarni yarata olmadi
Merkantilizm atamasi 1500-1750 yillar oralig’ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar adabiyoti G’arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida yaratilgan bo’lsa ham, uning asosiy g’oyalari Ingliz va Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o’rta asr cherkov ruhoniylari tomonidan yozilgan bo’lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi masalalarga qaratilgan bo’lib odatda savdogarlarni qiziqtirgan muammolarga bog’liq bo’lgan. Shu sababdan ularning xulosalarining haqqoniyligiga va alohida munozalarning tahliliy ahamiyatiga shubha bilan qaraldi. Faqatgina ayrim yozuvchilargina ob’yektiv tahlil muammolaridan yetarlicha holi ravishda ish olib bora olishgan. Shunday bo’lsada, merkantilistik davri davomida iqtisodiy adabiyot sifat va miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650- yildan 1750- yilgacha bo’lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha oldi va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalari tez orada tarqalib 1776 - yilda Adam Smit muallifligidagi “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risidagi tadqiqot “ asariga asos bo’lib xizmat qildi.8
Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va protektsionizm printsiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning emirish davriga muvofiq keladi va “noindustrial” iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi.
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga protektsionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Avvalo, natural-xo’jalik tizimining emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo’shningni quritsang, go’yoki millat boy bo’ladi” kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan.

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish