Darsda ekologik tarbiyaning o`rni



Download 20,82 Kb.
Sana22.06.2021
Hajmi20,82 Kb.
#73468
Bog'liq
DARSDA EKOLOGIK TARBIYANING O


DARSDA EKOLOGIK TARBIYANING O`RNI

Jamiyatimizda sog‘lom fikr, sog‘lom kuch ustuvor bo‘lishi uchun biz ma’naviy hayotimizni yuksaltirish, aholi, avvalo yoshlarimizni turli zararli tv’sirlardan asrash, ularni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash haqida muntazam o‘ylashimiz, faol ish olib borishimiz zarur.

SH.Mirziyoev.

Yosh avlodning ekologik tarbiyasi bugungi kun-dolzarb masalasi ekan, biz, avvalo, ekologiyaning foydasini, uni asrab-avaylashni bolalarga yoshlikdan o‘rgatib borishimiz zarur. Ekologik duyonqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiya va ta’lim muassasalariga bevosita bog‘liqdir. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirganlar.

Bolalar go‘daklik chog‘laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish hissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash, hojatxonalarni ariq, soy, bo‘loq suvlaridan uzoqroq joyda kovlash, yong‘in chiqmasligi chorasini ko‘rish, turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan daraxtda emas, balki qurib qolganlaridan foydalanish, nihollarni sindirib, payxon qilmaslik, qushlarning uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste’mol qilasan», «Pishib etilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo‘ladi. Chunki unda ahli mo‘minning nasibasi bor» – deb pandu-nasihatlar qilganlar.

Agar diniy qarashlarning qadimiy tarixiga nazar solsak, ularda tabiat unsurlarining, hayvon va boshqa jonivorlarning muqaddaslashtirilgani hamda sig‘inilgani uchratamiz. Zardushtiylik dining muqaddas kitobi “Avesto”da borliqning moddiy asosi hisoblangan to‘rtta unsur, tuproq, suv, havo muqaddaslashtirilgan, olovga esa sajda qilingan. SHunga ko‘ra hayvonlarni, odamlarni jasadini ko‘mish marosimlari erni, havoni, suvni bulg‘ashga yo‘l qo‘ymaslik uchun an’anaviy tarzda maxsus sapolidishlarda ko‘mish tashkil etilgan. xususan, suvni iflos yoki isrof qilgan kishi 400 darra kaltaklangan. Suvga hurmat islom dinimizda ham saqlanib qolgan. Mana shu hurmat ta’sirida xalqda ko‘plab maqollar, rivoyatlar, ibratli hikoyatlar, ertaklar vujudga kelgan.

Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumiy ta’lim maktablarida, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Barchamizga ma’lumki, ma’lumotlarda shuni ko‘rsa bo‘ladi, ya’ni inson aqli uning umumiy rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50 foizni, 4-8 yilida 30 foizini, 8-17 yilida esa 20 foizni tashkil qiladi. SHuni hisobga olib, ekologik tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi.

Bolalarda tabiatga nisbatan muhabbat va g‘amxo‘rlik tuyg‘ulari oila va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarni tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalashni yoshlikdan boshlash zarurligini mashhur progressiv pedagoglar o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tishgan. XVII asrda yashagan mashhur pedagog Yа.A.Komenskiy o‘zining "Sezilarli narsalarni rasmlarda ifoda etish" nomli kitobida alohida ko‘rsatib o‘tgan. Bu kitob bolalar tushunadigan ensiklopediyadan iborat bo‘lib, bolalarga tabiatni sevishga, uning hayoti va tuzilishi bilan tanishishlariga yordam beradigan shaklda yozilgan.

Tabiat muhofazasi ishlarida insonparvarlik – gumanizm maksadlari, ya’ni kishilarga yaxshilik, g‘amxo‘rlik qilish muhim o‘rin tutadi. Hamma mashhur pedagoglar o‘quvchilarni yoshligidan boshlab insonparvarlik, tabiatparvarlik ruhida tarbiyalashni ta’kidlab kelganlar.

Psixologlar fikricha, bilimga bo‘lgan qiziquvchanlik tevarak-atrofni o‘rgatishga etaklovchi kuch bo‘lib, bolalarning olgan bilimlarini faollashtiradi, amalda qo‘llash malakalarini shakllantiradi. Bolalarni tevarak-atrof haqidagi dastlabki tasavvurlarni hosil qilish va ularga qiziqish uyg‘otish maqsadida ekalogik tarbiyani tashkil etish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim.

1. Bolalarga mashg‘ulot va mashg‘ulotlardan tashqari jarayonda ekalogik tushunchalarni tarkib toptirish;

2. Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to‘g‘risida tasavvurini boyitish;

3. Bolalarda atrof-muhit muhofazasini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligini shakllantirish;

4. Bolalarda tabiatda o‘zini tutish malakasini, atrof-muhitni muhofaza qilish tuyg‘usini tarbiyalash, hamda ularning tabiat va atrof-muhit jarayonida faol ishtirok etishlari lozim.



“Ekologik madaniyat” degan tushuncha zamirida ayni shu xolatlarni anglab, fikrlab munosabat ko‘rsatish, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzda hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib, uning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. SHu bois har bir insonda o‘zi yashab turgan uy, ko‘cha, mahalla, qishloq va shaharni ifloslanishdan asrash, uni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, tabiiy maskanlarni asl holida saqlash va ulardan unumli foydalanish, yurtimiz tabiatini muhofaza qilish singari fazilatlarni shakllantirishda ekologik madaniyat muhim omil hisoblanadi.

Insoniyatning borliqdagi kelajagi o‘sib kelayotgan avlodning ekologik madaniyatiga bog‘liq. Global ekologik muammolarni davlatlararo va dunyo miqyosida birgalikda echish mumkin, ammo yashab turgan joyining ekologiyasini yaxshilash har bir fuqaro vazifasidir. Ekologik madaniyatni odamlar ongiga singdirish, amaliyotda tadbiq etish kelajak avlodni sog‘ligini saqlash hamda jamiyat taraqqiyoti garovidir.
Download 20,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish