Birinchi juda qiyin fanlarga
|
chet tili, matematika.
|
Ikkinchi darajali qiyin fanlarga
|
fizika, kimyo,
|
O`rtacha fanlarga
|
tarix, tabiatshunoslik, ona tili va adabiyot, geografiya,
|
O`zlashtirishi oson fanlarga
|
jismoniy tarbiya, mehnat, ashula, rasm kabilar kiradi
|
O`qish kunining birinchi soatida o`zlashtirishi o`rtacha qiyinlikdagi fanlar qo`yilishi kerak, 2,3 soatlarda organizmning ish qobiliyat eng yuqori darajada bo`ladi,shuning uchun bu soatlarda o`zlashtirishi qiyin fanlar qo`yilishi tavsiya etiladi. 4-soatda esa o`quvchilarda charchash belgilari kuzatiladi. Shuning uchun dars jadvalining 4-soatida oson o`zlashtiriladigan fanlar (jismoniy tarbiya, mexnat, ashula, rasm) qo`yilishi ish qobiliyatini yana oshishiga imkon beradi va nixoyat 5-6 soatlarga o`rtacha qiyinlikdagi (tarix, tabiatshunoslik, ona tili va adabiyot, geografiya) fanlar qo`yilsa, ularni o`zlashtirish yaxshi bo`ladi.
O`quvchilarni o`zlashtirishi xafta davomida ham o`zgarib turadi. Dam olish kunidan keyin birinchi o`qish kunida o`quvchi organizmi xali ishga to`liq safarbar qilinmagan bo`ladi. Shuning uchun xam qiyin fanlar iloji boricha birinchi o`qish kuniga qo`yilmasligi kerak.
2,3- o`qish kunlarida organizmning ish qobiliyati eng yuqori darajada bo`ladi va qiyin fanlar va nazorat ishlar shu kunlarda o`tkazilgani ma'qul.
4-o`qish kunidan boshlab organizmning ish qobiliyati pasaya boshlaydi, lekin o`qishning 6- kuni ko`rsatkichlarning deyarli pasaygani qayd qilinmaydi ,bundan kelib chiqadiki, agar 4- o`qish kuni dars xarakatlanish bilan boqliq bo`lgan yengil fanlar qo`yilsa,tarbiyaviy soat va ekskursiyalar shu kunda o`tkazilsa, o`quvchilar dam oladi,natijada 5,6- o`qish kunlarida ularninig ish qobiliyati anchagina tiklanadi, natijada dars jalvaliga 5,6- o`qish kunlari qiyinroq fanlar qo`yilishiga imkon yaratadi.
Dars vaqtida aqliy meqnatda charchashni oldini olish choralari:
1. O`qituvchi yangi materialni o`quvchining optimal ish qobiliyatiga ega bo`lgan vaqtida tushuntirish;
2. Darsning ikkinchi yarmida, dars berishning aktiv usullarini qo`llab, o`quvchi diqqatini uzoq vaqt bitta predmetda ushlab turmasdan tushuntirish;
3. Dars berish usulini o`zgartirib turish;
4. Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5. O`quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, qoidalariga qat'iy rioya qilgan qolda o`quv texnika vositalarini keng qo`llash;
6. Dars materialini tushuntirishda didaktiv o`quv vositalardan;
7. Dars oraliqida fizkulminutlar o`tkazish;
8. Yuqori pedogogik maqoratda darsni tashkil etish, ko`tarinki kayfiyatda tushuntirish va qar xil oqangda so`zlash.
Dars jadvali o`quv jarayonining muqim qismlaridan qisoblanadi. Dars jadvalini to`qri tuzish o`quvchilarning aqliy charchashini oldini oladi. Dars jadvali bir necha gigienik talablarga javob berishi lozim, bular:
- yoshga mos qolda dars soatlarini qo`yish:
- ko`p aqliy meqnat talab etadigan predmetlardan so`ng jismoniy meqnat talab etadigan predmetlarni qo`yish;
- dushanba kuni ko`p aqliy meqnat talab etadigan predmetlarni kam quyish;
- shanba kuni ko`p aqliy meqnat talab etadigan predmetlarni qo`ymaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |