Dars tahlilida quyidagi psixologik holatlarga e’tibor berish zarur



Download 17,54 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi17,54 Kb.
#837565
Bog'liq
dildora


Maktabni ilmiy-metodik boshqarishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning tarkibiy qismlaridan biri darslarni tahlil qilishdir.
Maktab rahbariyatining ish ko’lami qanchalik ko’p qirrali bo’lmasin, ichki boshqaruvning asosiy vazifalaridan biri – ta’lim jarayonini tashkil etish va nazorat qilishdan iborat.
SHuning uchun, darslarga kirish va uni tahlil etish – ta’lim sifatini ta’minlovchi asosiy omildir.
Darslarni uch yo’nalishda tahlil etish mumkin:

  • to’liq (majmuaviy);

  • ayrim yo’nalishli;

  • qisqa (aniq) maqsadli.

Darsning to’liq tahlilida: darsning maqsadi, mazmuni, tashkil etilish shakli, ularning o’zaro aloqalari, shuningdek, uning didaktik, pedagogik, psixologik, ilmiy, metodik, tashkiliy tomonlari ko’zda tutiladi.
Ayrim yo’nalishli tahlilda darsning ayrim yo’nalishlari keng qamrovli va chuqur, ya’ni, darsni psixologik va metodik jihatdan tashkil etilish mexanizmlari alohida o’rganiladi. Ayrim yo’nalishli tahlilda umumiy o’rganishning ayrim qirralari, ilmiy-nazariy, metodik tomonlari chuqur tahlil etilib baholanadi. Lekin, bu holda ham darsning maqsadiga erishilganligi, o’quvchilarning qiziqishi, xohish-istaklarining hisobga olinishi, dars rejalarining to’liq bajarilishi inobatga olinadi.
Darsga qo’yilgan qaysi talablar bajarildi? Qaysi tomonlari ijro etilmay qoldi? Darsda o’qituvchi nimani bera oldi? kabi savollargina emas, balki o’quvchilar mustaqil bilim olishga kirisha oldilarmi? Darsda ular o’qituvchiga hamfikr, hamkor bo’la oldilarmi? Matn ustida, darslik ustida ishlaganlarida o’quvchining yakka tartibda, juft-juft bo’lib, kichik guruhlarda ishlashiga muhit yaratildimi? Ilg’or pedagogik texnologiya, innovatsiyalardan foydalanildimi? degan savollarga ham tahlil jarayonida javob izlanishi kerak.
Dars tahlilida quyidagi psixologik holatlarga e’tibor berish zarur:

  • o’quv-biluv jarayonida o’quvchilarni faollashtirish uslublarining qo’llanilishi;

  • diqqat-e’tibor, his-hayajon holatlarning kechishi;

  • o’quvchilarning bilim doirasini kengaytirish maqsadida, yangi tushuncha va fikrlarning qo’llanilishi;

  • o’quvchining aqliy faoliyatlarini ishga sola oldimi? SHunga muhit yarata oldimi? kabi savollarga javob bor ëki yo’qligi;

  • o’quvchi – o’qituvchi, o’quvchilarning o’zaro muloqotlari uchun ruhiy holat vujudga keltirilgan ëki keltirilmaganligi;

  • dars jarayonida o’quvchilarni jonlantirish, undash, ma’qullash, maqtash, ma’naviy qo’llab-quvatlash, hazil-mutoyiba qilish va maslahatlar berish kabi xatti-harakatlar unumli qo’llanildimi?

  • o’qituvchi “Bolalarga do’stona munosabatda bo’lish” dastur loyihasi doirasida o’quvchi bilan samimiylikni va o’zaro hurmatni joyiga qo’yishga erisha oldimi?

  • dars jarayonida ijodiy muhit yaratildimi? O’quvchilar va o’qituvchi o’rtasida o’zaro tushunmovchilik sodir bo’lgan holatlarda o’qituvchi vaziyatdan chiqa oldimi?

  • o’qituvchi va o’quvchi orasida bir-birini tushunishga va muomala madaniyatiga erishildimi?

Yuqoridagi psixologik holatlarni hisobga olganda darsni tahlil etishni quyidagicha olib borish maqsadga muvofiq:

  1. Darsning tili, uning umum darslar tizimidagi o’rni.

  2. Dars jarayonida didaktik maqsadlarning amalga oshirilishi.

  3. Darsning mazmuni (darsda ilmiylik, tushunarlilik, ketma-ketlikka rioya qilinganligi).

  4. Darsning uslubiy tomoni, ko’rgazmali va texnika vositalarning to’g’ri tanlanganligi.

  5. Darsda o’quvchilarni faollashtirish, mustaqil ishlashi va ijodiy fikrlashlarining tashkil etilishi.

  6. O’quv materialini o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganlik darajasi, ularning bilim sifati va materialni tushungan holda o’zlashtirilishi.

  7. Darsda o’quvchilarning iqtidorlarini shaxsiy takomillashtirishga erishilganlik darajasi.

  8. O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarni o’zlashtirganligi.

  9. Darsda bolalarni rivojlantirish, tarbiyaviy holatlarning hal etilishi, darsni ularning dunyoqarashlariga moslash, o’rganilayotgan materialga munosabatlari, ularni tahlil qila bilishlari, sintez va umumlashtira olishlari.

  10. Darsning hayot bilan bog’langanlik darajasi.

  11. Darsda normal ruhiy muhitning yaratilganligi.

Dars turlari qo’yidagicha bo’lishi mumkin:

  1. Yangi materiallarni o’rganish.

  2. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan darslar.

  3. Umumlashtirilgan darslar.

  4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini tahlil va nazorat etish darslari.

Download 17,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish