Abdula Qodiriyning "O‘tkan kunlar"



Download 33,3 Kb.
Sana24.01.2022
Hajmi33,3 Kb.
#407490
Bog'liq
ITM. Mustaqil ish. Dedamirzayeva M. Taqriz


To‘lqin Saydaliyevning “Otabek obrazining ayrim qirralari haqida” nomli maqolasiga

TAQRIZ

Abdula Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani qariyb mana bir asrdan beri kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallab kelmoqda. Bu asar haqida ko‘plab maqolalar, ilmiy ishlar qilingan bo‘lsa-da, ularning barchasi alohida diqqat va e’tiborga molik. Shu nuqtayi nazardan To‘lqin Saydaliyevning “Otabek obrazining ayrim qirralari haqida” nomli maqolasi ham alohida diqqatga sazovor.



Maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani qahramoni Otabek obrazining ayrim qirralari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Muallif maqolani Otabek “O‘tkan kunlar” asarining boshidanoq Abdulla Qodiriy tomonidan san’atkorona tasvirlab berilgani, shuning uchun u beixtiyor kitobxonning diqqatini tortishi va qahramonga nisbatan qandaydir iliqlik hamda qiziqish paydo bo‘lishi haqidagi fikrlar bilan boshlaydi. Otabek obrazini kitobxonning ongida yanada yaxshiroq gavdalantirish maqsadida asardan parchalar keltiradi. Maqolada Abdulla Qodiriy nafaqat Otabek timsolini, balki uning hujrasining ham boshqalarnikidan farq qilishini alohida ta’kidlab o‘tgani aytiladi. Bundan tashqari, Otabekning ota-onasini yuksak darajada hurmat qilishi, bir so‘zli yigit ekanligi, xonadonlarida aslida xizmatkor bo‘lmish Hasanali bilan ham xuddi ota-boladay gaplashishi, o‘zaro hurmat va yuksak muomala madaniyati Otabekni kitobxon ko‘z o‘ngida yanada yuqoriga ko‘tarishi aytib o‘tiladi. Asarda Otabekni oliy darajada odob-axloq va muomala sohibi ekanligi bilan bir qatorda jasur va qo‘rqmas yigit ekanligini ham chiroyli tarzda yoritib berilgani haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Ishda amalga oshirilgan quyidagi ishlarni alohida ta’kidlash mumkin:

  1. Mazkur ishda Otabek obrazining umumiy qiyofasi deyarli ochib berilgan.

  2. Kitobxonga tasavvur qilishga yordam bo‘lishi uchun asardan parchalar keltirilgan.

Shuningdek, maqolada ayrim mulohazatalab orinlar ham uchraydi:

  1. Ishda Otabek obrazining faqat ijobiy tomonlari yoritib berilgan, birorta bo‘lsada kamchiligi haqida aytib o‘tilmagan.

  2. Asardan parchalar keltirilganda jumlalar juda ko‘p keltirilgan, natijada bular ishning aksariyat qismini tashkil qilgan.

  3. Ayrim grammatik xatoliklar ham uchraydi. Masalan, barcha mehmon-u mezbonlarni aql-u shuurining lol qiladi.

Bu kabi mulohazalar bizning shaxsiy fikrlarimiz bo‘lib, ular tavsiyaviy xarakterga ega. Shuning uchun ular ishning saviyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

NamDU filologiya fakulteti

Lingvistika: o‘zbek tili yonalishi

1-kurs magistranti Dedamirzayeva Muxtaram
Download 33,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish