Dars:ona tili
Sana:2020.12.09
Sinf: 5-sinf
O‘qituvchi:D.Xamroyeva
Mavzu: BIR TOVUSH BILAN FARQ QILADIGAN SO’ZLAR MA'NOSI VA IMLOSI
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad - mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad-o’quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o’quvchilar savodxonligini o’stirish, zehn va sinchkovlik qobiliyatlarini rivojlantirish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash ko’nikmasi:
– mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan mavzuga doir zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– sinfda, maktabda, oilada, mahallada va jamiyatda o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish, o‘zining burchini bilish, unga rioya qilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
A) O’quvchilar bilan salomlashish. (online dars bo’lgani uchun sinf tozaligiga e’tibor berishning iloji yo’q);
B) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
C) O’quvchilarni darsga jalb qilish;
D)Yangi mavzu bayoni
E)Yangi mavzuni mustahkamlash;
Darsning jihozi: darslik,paronimlar lug’ati,bir tovush bilan farqlanadigan so’zlar juftligi yuzasidan tayyorlangan taqdimot va plakat.
Darsning rejasi:
1. Bir tovush bilan farqlanuvchi so’zlar haqida tushuncha.
2. Bu so’zlarning imlosi va ma'nosi.
26- mashq. Gaplarni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga quyida berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, ko‘chiring.
... lar qo‘riqlaydi Vatanni. Og‘zi kuygan ...ni ham puflab ichadi. ... shamol esdi. Sakkizinchi ... — onamlarning bayrami. Onangni ...ingda tutsang, singlingni ...ingda tut. ... soat sakkiz yarimda boshlanadi. Oyna ... ketdi.
S о ‘ z 1 a r: mard, mart, qatiq, qattiq, kift, kaft, dars, darz.
27- mashq. So‘zlarni izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Barmoq — bormoq, da’vo — davo, sa’va — sava, six — siq, odim — odam.
Bu mavzu keyinchalik asosiy kursda «Paronim so’zlar» atamasi bilan o’rganiladi. Ushbu darsdan asosiy maqsad quyi sinflarda bo’lganidek o’quvchilar savodxonligini oshirishdir. Aynan shu kabi so’zlarni ko’pchilik talaffuziga ko’ra yoki ma'nosini yaxshi tushunmaganlaridan xato yozadilar. Shuning uchun dars davomida so’zlarning to’g'ri yozilishi shaklini ularning ma'nosiga bog'lab o’rgatish kerak.
O’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: G.R.Odilova
Do'stlaringiz bilan baham: |