Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
1. Fe'l deb nimaga aytiladi?
2. Jonlanmoq fe'lining nisbat shakllarini toping va ular o'rtasidagi farqlarni tushuntiring.
3. Harakat nomiga misollar keltiring.
4. Sifatdoshning sifatga va fe'lga xos xususiyatlarini belgilang.
5. Ravishdosh yasovchi qo'shimchalar qaysilar? Ular ishtirokida ravishdoshlar hosil qiling.
6. -la, -lan, -i, -sira, -(a)y qo'shimchalari yordamida fe'llar yasang.
7. Fe'llarga misollar aytib, uch zamonda tuslang.
8. Fe'l mayli deb nimaga aytiladi?
9. Sodda, qo'shma, juft fe'llarga misollar ayting.
460-mashq. Matnni o'qing. Fe'llarni aniqlab, ularni izohlang.
Rubob chalish, ashula aytishga qattiq havas qo'ygan kunlarim edi. Velosipedda ketayotgandim. G'ira-shira payt. Teraklar shovullaydi. Itlar huradi.
Bexos izimda bir sharpa sezdim. Qarasam, nuroniy chol, salom berdim. Qariya ketma-ket meni savolga tutardi: «Nechanchi sinfda o'qiysan?», «Necha baho olasan?», «O'qishdan boshqayam hunaring bormi?»
— Rubob chalib, ashula aytaman.
— Katta bo'lsang ashulachi bo'lmoqchimisan?
— Ichimda qiziq gaplarim bor. Ko'p, juda ko'p odamlar yig'ilsa, shu gaplarimni aytsam...
— Niyatinga yet, bolam. (Sh. Boshbekov)
461-mashq. Gaplarni ko'chiring. Fe'llarning nisbat, mayl, zamon shakllarini aniqlang.
So'zlar hayoti murakkab, ularga sehr yashiringan. So'zlar ham o'z xalqi bilan birga umr kechiradi, xalq quvonsa, quvonadi, kuyunsa, kuyunadi.
Kishilar o'zgalarni o'ylab buloqlarning bekilgan ko'zlarini ochadilar, avlodlari uchun daraxtlar ekadilar. Bundan keyingi avlod buloq suvidan, daraxt mevalaridan bahramand bo'ladi. Ota-bobolarimiz qoldirgan so'zlar ana shu buloqlar va daraxtlardir.
So'zlar biz uchun asrlar sadosi, uzoq o'tmish bilan hamnafaslik hissini uyg'otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko'prikdir. (B. To'ychiboyev)
462-mashq. Gaplarni o'qing. Fe'llarning vazifa shakllarini aniqlab, ularni izohlang.
Tuproq — insonning tug'ilib o'sgan joyi, tuproq — Vatan. Tuproq necha yuz yillardan buyon ne-ne ulug' farzandlarini quchog'iga bosib kelayotgan mushfiq zamin. Shuning uchun biz uni e'zozlab «ona tuproq» deymiz. U olis ajdodlarga onalik qilgan. U ota-bobolarimizning onasi bo'lgan. U bizning ham onamiz va, albatta, kelajak avlodning ham onasi bo'lajak.
Demak, hamma narsa ona tuproqni qadrlashdan boshlanadi. Bunday kishini el tushunadi, dunyo taniydi. O'z tarixini ona yurtdan — ona tuproqdan qidirgan insongina haqiqiy inson bo'la oladi. (A. Nabiyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |