B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-mashq. O'zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunidan olingan bandlarni o'qib, ular haqida suhbatlashing.
1-modda. O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir.
2-modda. O'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o'z ona tilini qo'llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
24-modda. O'zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.
2-mashq. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch» kitobidan olingan parchani o'qing va mazmunini so'zlab bering.
Ma'lumki, o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili — bu millatning ruhidir.
...Nihoyat, 1989-yilning 19-oktabr kuni bu o'ta muhim masala Oliy Kengash sessiyasi muhokamasiga qo'yildi. Va qariyb bir yarim asrlik qaramlikdan so'ng mamlakatimizda o'zbek tili davlat tili deb e'lon qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo'lmish ona tilimiz o'zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo'ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma'nodagi buyuk voqea edi.
...1992-yil 7-dekabrda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo'yildi. Shu tariqa o'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.
3-mashq. Quyida berilgan so'zlarni ikki guruhga ajratib yozing. Birinchi guruhga o'zbek tiliga qarindosh bo'lgan, ikkinchi guruhga esa qarindosh bo'lmagan tillarni joylashtiring.
Rus, ingliz, qozoq, fransuz, tojik, qirg'iz, uyg'ur, qoraqalpoq, xitoy, tatar, hind, arab, koreys, ukrain.
4-mashq. Maqollarni ko'chiring. Ularda ilgari surilgan g'oya to'g'risida so'zlab bering.
1. Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni — so'z. 2. Til — aql o'lchovi.
3. Yaxshi so'z —yurakka malham, yomon so'z —yurakka g'am.
4. Tilingda bo'lsa boling, kulib turar iqboling.
Do'stlaringiz bilan baham: |