Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Berilgan so'zlardan qayerga? qayerda? qayer? kabi so'roqlarga javob bo'luvchi so'zlarni ajrating.
Avval, so'ng, oldin, keyin, olg'a, ichkari, tashqari, uzoqdan, yuqori, quyi.
BILIB OLING. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o'rnini bildirgan va qayer (-ga, -da, -dan)? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar o'rin ravishlari hisoblanadi.
O'rin ravishlariga olg'a, ichkari, tashqari singari so'zlar kiradi.
452-mashq. Gaplarni ko'chiring, o'rin ravishlarining tagiga chizib, izohlang.
1. Tashqariga chiqib, G'ofurjon boydan ketishga izn so'radi. 2. Sherqo'ziga ko'zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo'ydi. 3. Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. 4. Idoraga yaqin qolganda, Nuriddin otga qamchi urdi. 5. Oldinda Shirinbuloq qishlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi. (Yo'ldosh Sulaymon)
453-mashq Gaplarni o'qing, o'rin ravishlarini aniqlab ularga izoh bering.
1. Bizga yaqinlashmadi. lekin nariroqda turib ish o'rgatib, bularga baqirib turdi. 2. Ichkariga kiring, bir piyola choy iching, — dedi uy egasi. 3. Oldiga dasturxon yozibdi, kechqurun palov qilib olib chiqibdi. 4. Bir chaqirim ichkariga kirib borganimizdan keyin tepada teshik ko'rindi. 5. Oldimdan bir uy chiqib qoldi, jon holatda unga o'zimni urdim. 6. Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi. Cholning yoniga kelib salom beribdi.
454-mashq. «Bizning mahalla» mavzusida matn tuzing. Unda ishlatilgan o'rin ravishlariga izoh bering.
1. O'rin ravishlariga gap ichida misollar keltiring.
2. Qanday ravishlar o'rin ravishlari deyiladi?
455-mashq. Uyga vazifa. Ravishlarni topib, tagiga chizing.
1. Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqirilib, katta ziyofat berilibdi. 2. Bu gaplar amirzoda qulog'iga borib yetganiga aslo shubha qilmasa ham bo'ladi. (Mirmuhsin) 3. G'uvillab uchayotgan bo'ron ichida yigitlar naridan-beri xashag-u bedalarni arava tagiga olib kirib, g'ildiraklarga namat yopishdi. (Mirmuhsin) 4. Hozir mol-jon o'rtada, inim, Buxoroga yetib olaylik, u yog'i bir gap bo'lar. (Mirmuhsin) 5.Avval oyog'imdan kishanlarni olib qo'yishlariga buyruq bering, — istehzoli kulib qo'ydi Namoz. (X. To'xtaboyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |