Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Matnni o'qing va mazmunini so'zlab bering.
Siz 5-sinfda so'zning ma'no tomoni bilan tanishdingiz. So'zlarning atash ma'nosi, bir ma'noliligi va ko'p ma'noliligi, shakldoshligi, ma'nodoshligi, zid ma'noliligi kabi tushunchalar haqida tasavvurga ega bo'ldingiz.
So'zlarning borliqdagi ma'lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma'nolari yoki lug'aviy ma'nolari deyilishidan, tilshunoslikning atash ma'nolarni o'rganuvchi bo'limi esa leksikologiya hisoblanishidan xabardorsiz.
So'zlar atash ma'nosi bilan birga, ma'lum grammatik ma'no va uni ifodalovchi shaklga ham ega bo'ladi. Masalan, olmalarni so'zi «mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma'nolari bilan birga, «ko'plik», «kelishik» ma'nolari va bu ma'nolarni ifodalovchi ko'plik shakli (-lar) hamda kelishik shakli (-ni) ga ham ega. «Mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma'nolari bu so'zning atash ma'nosi, qolgan ma'nolar esa grammatik ma'nolari sanaladi.
Har qanday grammatik ma'no ma'lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik ma'nolarni ifodalovchi vositalar grammatik shakl hisoblanadi.
So'zlarning grammatik ma'nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi morfologiya sanaladi. Morfologiya yunoncha morphe «shakl», logos «so'z», «ta'limot» so'zlaridan olingan bo'lib, so'z shakllari haqidagi ta'limot demakdir.
Ko'rinadiki, leksikologiya bilan morfologiya o'rtasida uzviy aloqa mavjud. Har ikkisida so'z o'rganiladi. Ular so'zning qaysi tomonini o'rganish bilan farqlanadi. Leksikologiya so'zning atash ma'nosini, morfologiya esa uning grammatik ma'nosini va bu ma'nolarni ifodalovchi vositalarni o'rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |