SANA: “DARS - MUQADDAS” . O'rta arifmetik qiymat
Darsning maqsadi:
Ta`limiy: O`quvchilarda o'rta arifmetik qiymatni hisoblash malakasini oshirish.
Tarbiyaviy: O`quvchilarning matematika faniga qiziqishlarini orttirish, vatanparvarlik, mehnatsevarlikka o`rgatish.
Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni og`zaki va yozma hisoblash malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: Mustahkamlovchi.
Dars metodi: Guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: Ko`rgazma, kompyuter, list,marker, kartochkalar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish
Yangi mavzu bayoni.
1 - masa1a. Ahmad birinchi kuni 180 kg, ikkinchi kuni esa 200 kg pomidor terdi. U bir kunda o'rtacha necha kilogramm pomidor tergan?
Yechish:1 - savol. Ahmad hammasi bo'lib necha kilogramm pomidor terdi?
2 - savоl. Ahmad jami necha kun pomidor terdi?
3 - savоl. Ahmad bir kunda o' rtacha necha kilogramm pomidor tergan?
Masala yechish jarayonida yig'indini qo'shiluvchilar soniga, ya'ni 2 ga bo'ldik. Natijada bir kunda o'rta hisobda (o'rtacha) qancha pomidor terilganini bildik.
Umuman, a, b, с berilgan sonlar bo'lsa, ularning o'rta arifmetik qiymati quyidagicha hisoblanadi:
Qo'sxiluvchilar soni k ta bo'lishi ham mumkin (k - natural son).
«O'rta arifmetik qiymat», «o'rtacha qiymat», «o'rtacha hisobda», «o'rtacha», «o'rtacha miqdor» iboralari bir xil ma'noda tushuniladi.
2 - masala. Avtomobil 72 km/soat tezlik bilan 2,6 soat; 78 km/soat tezlik bilan esa 3,9 soat yo'l yurdi. Avtomobilning o'rtacha tezligini toping.
Yechish:
1 - savol. Avtomobil kichik tezlik bilan necha kilometr yo'l bosdi?
2 - savоl. Avtomobil katta tezlik bilan necha kilometr yo'l yurdi?
3 - savol. Avtomobil jami necha kilometr yo'l yurdi?
4 - savol. Avtomobil jami necha soat yo'l yurdi?
5 - savol. Avtomobilning o'rtacha tezligi qancha?
Javob: 75,6 km/soat.
Avtomobil o'tgan jami yo'lni topish uchun sonli ifoda mashinaning o'rtacha tezligini topish uchun esa
(1) sonli ifoda tuzildi.
Bunda sizlarga tanish bolgan va formulalardan foydalanildi.
3 - masala. Avtomobil km/soat tezlik bilan , soat, km/soat tezlik bilan soat yo'l yurdi. Avtomobilning o'rtacha tezligini toping.
Yechish 2 - masalaga o'xshash. Avtomobil o'tgan jami yo'l ga teng.
Avtomobilning o'rtacha tezligini topish uchun esa o'tilgan yo'lni shu yo'lni o'tish uchun ketgan vaqtga bo'lish kerak. U holda o'rtacha tezlik (2)
(1) va (2) ko'rinishdagi ifodalar o'rta vaznli qiymat deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |