Yangi mavzuni xulosalash.
Demak, bugungi darsda biz reaksiya tezligi, unga modda tabiati va konsentratsiyasining ta’sirini o‘rgandik. Endi esa olgan bilimlarimizni turli topshiriqlar orqali xulosalaymiz.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
“Istak”
Bu bosqichda siz quyidagi topshiriqlarni bajarishingiz kerak bo’ladi:
“Topshiriq”
1)“O’rnini toping” mashqi 2)“Formula tuz”mashqi
“Mo‘ljal”
3)“Pisa grafik testlari” 4) “Tezkor test topshiriqlari”
“Harakat”
Demak, boshladik!
1-topshiriq. “O‘rnini toping”. Bu shartda siz yangi mavzuni tinglash davomida tanishgan formulalaringizni qayta yodga olishingiz, nomlari keltirilgan formulalarni aniqlashingiz va ularni o’z o’rniga harfiy ifodasi bilan joylashtirishingiz kerak bo’ladi.
t/r
|
Formula nomi
|
Harfiy ifodasi
|
Formula
|
1
|
Molyar konsentratsiya va tezlik orasidagi bog’liqlik formulasi
|
|
“Istak”
|
2
|
Molyar konsentratsiyani topish formulasi
|
|
|
3
|
Reaksiya tezligini aniqlash formulasi
|
|
|
4
|
Konsentratsiyaning tezlikka bog’liqlik formulasi
|
|
|
D)
A)V=k*[A]a*[B]b
C)v=
B)
A
“Istak”
“O‘rnini toping” mashqi javobi:
t/r
|
Formula nomi
|
Harfiy ifodasi
|
Formula
|
1
|
Molyar konsentratsiya va tezlik orasidagi bog’liqlik formulasi
|
B
D
|
|
2
|
Molyar konsentratsiyani topish formulasi
|
C
|
|
3
|
Reaksiya tezligini aniqlash formulasi
|
|
|
4
|
Konsentratsiyaning tezlikka bog’liqlik formulasi
|
|
V=k*[A]a*[B]b
C)v=
|
“Topshiriq”
2-topshiriq. “Formula tuz”mashqi .Bu shartda siz keltirilgan kimyoviy reaksiyalar uchun tezlikni aniqlash formulalarini tuzishingiz lozim bo’ladi.
Mashqning javobi:
t/r
|
Kimyoviy reaksiya
|
Konsentratsiya orqali tezlikni topish formulasi
|
1
|
2NO(g)+O2(g) 2NO2(g)
|
v=k*[NO]2*[O2]
|
2
|
C(q)+ O2(g)=2NO2(g)
|
v=k*[O2]
|
3
|
4P(q)+O2(g)=2P2O5(g)
|
v=k*[ O2]5
|
4
|
H2(g)+J2(q) 2HJ(g)
|
v=k*[H2]
|
“Mo‘ljal”
3-topshiriq. “Pisa grafik testlari”
Bu topshiriqda sizga grafik ko’rinishdagi 2 ta test savoli beriladi.Testlarda ifodalangan topshiriqni bajargach, “Mo’ljal”so’zini qo’lga kiritish imkoniga ega bo’lasiz.
1-variant
Grafikda ifodalangan fikrni aniqlang:
A)reaksiyada A modda konsentratsiyasi vaqt ortishi bilan ortib borgan.
B) reaksiyada A modda konsentratsiyasi vaqt ortishi bilan kamayib borgan.
C) reaksiyada A modda konsentratsiyasi vaqt ortishi bilan o’zgarmagan.
D)A modda konsentartsiyasi vaqtga bog’liq emas
1 )
Grafikdagi ma’lumotlarga asoslanib,reaksiya tezligining qiymatini mol/l*sek da aniqlang:
A)0.2 mol/l*sek
B) 0,1 mol/l*sek
C) 0,5 mol/l*sek
D)0,05 mol/l*sek
2)
Grafikda ifodalangan fikrni aniqlang:
A)reaksiyada D modda konsentratsiyasi vaqt ortishi bilan ortib borgan.
B) reaksiyada D modda konsentratsiyasi vaqt ortishi bilan kamayib borgan.
C) reaksiyada D modda konsentratsiyasi vaqt ortishi bilan o’zgarmagan.
D) D modda konsentartsiyasi vaqtga bog’liq emas
2-variant.
Grafikdagi ma’lumotlarga asoslanib,reaksiya tezligining qiymatini mol/l*sek da aniqlang:
A)0.2 mol/l*sek
B) 0,1 mol/l*sek
C) 0,5 mol/l*sek
D)0,4 mol/l*sek
“Harakat”
4-topshiriq. “Tezkor test topshiriqlari”
(Darslikning 103-betidagi 2,5,7 –masalalar hamda Buxoro nashriyoti “Testlar to‘plamidan” 85-87 betlardagi 16,22,72- topshiriqlar )
1. (To’plam)Reaksiya boshlanmasdan oldin moddaning konsentratsiyasi 1,6 mol/l bo‘lib, 5 minutdan so‘ng uning konsentratsiyasi 0,2 mol /l ga teng bo‘ladi. Reaksiya tezligini [mol/(l.s)] aniqlang.
A) 2,8*10-2 B)1,4*10-2 C)7*10-3 D) 4,7 *10-3
2. (To’plam) Hajmi 2l bo‘lgan idishda 4,5 mol modda miqdori 20s o‘tgandan so‘ng 2,5 molgacha kamaysa, reaksiya tezligi (mol/litr∙sek) qanchaga teng bo‘ladi.
A) 0,10 B)0,20 C)0,05 D)0,25
3. (To’plam)Quyida keltirilgan omillarning qaysilari kimyoviy reaksiyalarning tezligiga ta’sir ko‘rsatadi?
1. moddalarning tabiati 2. Konsentratsiya 3. Katalizator 4. Temperatura
A) B)1,3 C)2,3 D)1,2,3,4
4.(Darslikdan mavzudagi 3-masala) Hajmi 0,25 litr bo‘lgan idish 22 mol xlorid kislota bilan to‘ldirildi. 30 sekunddan so‘ng (HCl +NaOH NaCl+H2O reaksiya bo‘yicha) idishda 7 mol xlorid kislota qolgan bo‘lsa, reaksiya tezligini (mo l/litr∙sek) aniqlang.
A) 5 B) 2 C) 4 D)3
5. (Darslikdan mavzudagi 5-masala) Hajmi 7 litr bo‘lgan idish 30 mol vodorod va 25 mol xlor bilan to‘ldirildi. 20 sekunddan so‘ng (H2(g)+ Cl2(g) ↔2HCl(g) reaksiya bo‘yicha) vodorodning miqdori 2 molgacha kamaydi. Reaksiyaning o‘rtacha tezligini (mol/litr∙min) aniqlang.
A) 25 B)12 C)56 D)1
6.(Darslikdan mavzudagi 7-masala) Hajmi 0,009 m3 bo‘lgan reaktorda 45 sekund davomida reaksiya borishi natijasida (CH4 (g) + 2O2 (g) ↔ CO2 (g) + 2H2O (g) reaksiya bo‘yicha) metanning miqdori 25 moldan 4,75 molgacha kamaydi. Shu reaksiyaning o‘rtacha
tezligini (mol/litr∙min) toping.
A) 6 B) 0.7 C) 3 D)0.3
V. O’quvchilar to’plashgan so’zlarni jamlash ,baholash va to’liq variantdagi fikrni e’lon qilish:
4
5
3
“______” ni “_________”ga,“_______” ni “_______” qa,“________”ni “________”ga!
Orzular ushaladi. Faqat so‘zlarni quyidagicha o‘zgartiring.
“Orzu” ni “Maqsad”ga,“Istak” ni ‘Topshiriq” qa,“Mo‘ljal”ni “Harakat”ga!
1-qismdagi so’zlarni joylashtirgan o’quvchilar 3,2-qismni to’ldirganlar 4, to’liq yakunlaganlar 5 baho bilan baholanadilar.
Darsni xulosalash:
Biz sizlar bilan bugungi darsda reaksiya tezligi va unga ta’sir etuvchi omillar bilan tanishdik. Dars davomida olgan bilimlaringizdan kelajakda unumli foydalanasiz,degan umiddaman.
Men bugun darsda tanlagan fikrni dasturilamal qilib olsangiz sizga albatta omad yor bo’ladi.
Barchangizga oliy o’quv yurti talabasi bo’lish baxti nasib bo’lsin deb qolaman.
VI.Uyga vazifa:
22-§ni o'qib,o’rganib,mavzu so’ngidagi 2,4,6,8-masalalarni yechib kelish.
Barcha masalalar reaksiya tezligining molyar konsentratsiyaga bog’liqlik formulasi orqali yechiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Masharipov Sobirjon,Mutalibov Abdug’affor,Murodov Eshonqul. Umumiy kimyo
11-sinf uchun darslik 101-103 sahifalar
2.Optima va Buxoro nashriyoti test to’plamlari.
3. Шиманович Игорь Евгеньевич,Василевская Елена Ивановна,Красицкий Василий Анатольевич. Химия.Учебник для 10 класса учреждений общего среднего образования
с русским языком обучения. 122-125 стр.
4.www.pedsovet.su va www.infourok.ru sayti materiallaridan foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |