Dars uslubi: zamonaviy.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmali materiallar.
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism. (2daqiqa).
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan salomlashishi, o‘quv xonasining tozaligini, o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini (o‘quv qurollari, tashqi ko‘rinishi) ko‘zdan kechirish, davomatni tekshirish.
II.O‘tilgan mavzularni so‘rash. (3 daqiqa) O‘tilgan darslar yuzasidan o‘quvchilar bilimini savol-javob asosida aniqlash, uy vazifasini so‘rash Yangi so‘zlarni yod olish va”Ona tilim” she’rini yod olish.
III.Yangi mavzu bayoni (15 daqiqa).
1.Nutqiy mavzu: “Oqilona javob” matni asosida yangi mavzu haqida savol-javob o‘tkazamiz.Har bir o‘quvchi o‘z fikrini bildiradi va matn asosida savollarga javob berishadi.
2.Grammatik mavzu: Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi,asosan,ot bilan otni o‘zaro bog‘laydi.M:Daraxtning mevasi.Lobarning kitobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |