Dars mavzusi: Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi. Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad



Download 51 Kb.
bet1/2
Sana26.04.2022
Hajmi51 Kb.
#582677
  1   2
Bog'liq
Ergasheva Madinabonu 6 sinf dars ishlanma


Dars mavzusi: Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi.


Darsning maqsadi:Ta`limiy maqsad:O’quvchilarni Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi o’simliklarining umumiy xossalari tuzilishi, tarqalishini tushuntirish.
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasi o’simliklar ining xilma – xilligi ahamiyati, tuzilishidagi o’ziga xosliklarni tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy, ekologik tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarning sistematik bilimlari, bir urug’pallali o’simliklarning tuzilishi haqidagi bilimlari, ob’etlarni tanish va aniqlash, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalararini rivojlantirish.


Darsning jihozlanishi:Burchoqdoshlar oilasi jadvali, gul modeli, burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasiga mansub mosh, qashqarbeda, sebarga , oq akatsiya, loviya, yantoq, yeryong’oq, beda kabi o’simliklarning gerbariylari.


Darsning usuli:Og`zaki, namoyish,kichik guruhlarda ishlash.Noan’anaviy
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. O’quvchilarning darsning maqsadi, borishi bilan tanishtirish

  3. O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va baholash.

Yangi mavzuning bayoni.


Reja:
1. Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasining umumiy xarakterli belgilari.
2. Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasining yovvoyi vakillari .
3. Burchoqdoshlar (dukkakdoshlar) oilasining madaniy vakillari.
4. Inson hayotidagi ahamiyati.
Burchoqdoshlar oilasiga Yer sharining deyarli barcha qismida tarqalgan 400 turmga oid 12 000 ga yaqin tur o’simlik kiradi. Respublikamizda burchoqdoshlarga oid 57 turkumga mansub 470 dan ortiq turdagi o’simlik o’sadi.
Bu oila vakillarining ko’pchiligi bir, ikki va ko’p yillik o’tlardan iborat. Burchoqdoshlar orasida qisman yarim butra, buta va daraxtlar uchraydi.
Oila vakillarining ildizi o’q ildiz tizimli. Ildizida tugunak bakteriyalari hamkorlikda hayot kechiradi. Ular shu o’simliklar ildizida yashab havodagi erkin azotni o’zlashtiradi. Bu tugunaklar tuproq hosildorligini oshiradi. Poyalari tik o’suvchi, ilashuvchi, o’raluvchi yoki yotib o’suvchi bo’ladi. Barglari ko’pincha murakkab, ba’zan oddiy, hamisha yonbargchali, poyada ketma – ket o’rnashgan. Gullari qiyshiq, ikki jinsli, shingil, kallakcha xilidagi to’pgulga joylashgan.
Gulkosachasi yarmigacha qo’shilgan 5 ta gulkosachabargdan tashkil topgan. Gultoji kapalak shaklida bo’lib, 5 ta gultojibargdan hosil bo’lgan. Ulardan ustidagi yirikrog’i “yelkan” yoki “bayroqcha” deb ataladi; ikki yoniga joylashgani “qanotcha” yoki “eshkak” deyiladi. Bir – biri bilan qo’shilgan bir juft ostki gultojbarg esa “qayiqcha” deyiladi. Changchilari 10 ta, ulardan 9 tasining iplari bir – biri bilan qo’shilib ketgan, o’ninchisi esa erkin, urug’chisi 1 ta. Mevasi dukkak.
Burchoqdoshlarga mansub, respublikamizda keng tarqalgan o’simliklardan biri o’tloq sebargasidir.
O’tloq sebargasi bo’yi 25 – 50 sm keladigan ko’p yillik o’t. U asosan tog’ etaklarida, daryolar va ariqlarning bo’ylarida, qisman begona o’t sifatida sug’oriladigan ekinlar orasida uchraydi. Barglari uzun bandli, uch yaproqchali. Gullari mayda, 2 – 3,5 sm keladigan boshcha shaklidagi to’pgulda joylashgan. Dukkagi bir urug’li, tuxumsimon, uzunligi 1,5 – 2 mm.
O’zbekistonda sebarga turkumining 7 ta turi o’sadi. Bularning hammasi yuqori sifatli oziqbop va guli asal – shiraga boy o’simliklar hisoblanadi.
Ko’pchilikkka tanish, burchoqdoshlarga mansub mansub o’simliklar qatoriga yantoq ham kiradi.
Yantoq asosan tog’ etaklaridagi tekisliklarda, qir va cho’llarda o’sadi, respublikamizda yantoq turkumiga oid 4 ta tur tarqalgan.
Yantoqning yoshi oshgan sari uning ildizi ham chuqurlikkka va yoniga qarab uzaya boradi. Chuqurlikka qarab o’sgan ildiz ko’p vaqt o’tmay, yer osti suvlariga yetib boradi. Shuning uchun unga “uning boshi olovda, oyog’i esa suvda” deyishadi.
Yantoq bebaho, to’yimli oziqbop o’simlik. U qorakulchilik o’tloqlarining asosiy o’simliklaridan biri hisoblanadi.
Yantoqning guli asal – shiraga boy.
Yozning issiq kunlarida yantoqdan shaker ajraladi. Respublikamiz aholisi qadimdan va hatto urush yillarida ham shakardan foydalanishgan.
Tabiatda burchoqdoshlarning turli maqsadlarda ishlatiladigan isirg’ao’t, quyonsuyak, shirinmiya, oqquray, zirako’t, qashqarbeda, afsonak, astragal, boqila, burchoq, bedakabi turkumlarining turlari o’sadi. Bu oila vakilarining madaniy o’simliklari – mosh, no’xat, loviya, soya va yasmiq alohida ahamiyatga ega.
Respublikamizda sug’oriladigan yerlarida burchoqdoshlar oilasiga kiruvchi yeryong’oq va boshqalar ekiladi.bu o’simlikning vatani Braziliya. Yeryong’oq bir yillik o’t, barglari juft patsimon murakkab. Guli to’q sariq, dukkagi cho’ziq. Gullari changlanib va urug’lanib bo’lgach gulli novdalari qayrilib tuproq ichiga kiradi va meva hosil qiladi.
Respublikamizning shahar va qishloqlaridagi istirohat bog’larida, xiyobonlarda va ko’chalarda manzarali daraxt sifatida ekiladigan o’simliklardan tuxumak (Yapon saforasi), tikan daraxt, gledichiya va oq akatsiyaburchoqdoshlar oilasiga kiradi.
Burchoqdoshlar oilasi O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobga kiritilgan o’simliklar boyligi, ya’ni 60 turni o’z ichiga olishi bilan alohida o’rinda turadi. Turlar sonining ko’pligi jihatidan astragal (37 tur), oksitropis(13 tur) va tangao’t (8 tur) turkumlari ajralib turadi.



Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish