Darsning borishi:
I. Tashkiliy davr.
She'riy salomlashuv.
Assalom Turonning gul g'unchalari,
Kelajak naslining kurtakchalari.
O'quvchilar: Assalom biz uchun eng aziz ustoz,
Nomingiz hamisha tillarda e'zoz.
Biz kim mulki turon amiri Turkistonmiz,
Biz kim millatlarning eng ulug'i, eng qadimi.
Turkning bosh bo'g'inimiz.
Assalomu alaykum aziz bolajonlar. Yana bir nurafshon tong boshlandi. O'lkamizda qish faslining II-oyi. Navbatchining axborotini tinglab, tozalik tekshiriladi.
Aziz o'quvchilar Vatan degan tushunchani siz qanday izohlaysiz.
Vatan-ostonadan boshlanadi.
Vatan-sajdagoh kabi muqaddas
Vatan tuyg'usining manzillari beshikdan
qabrgachadir.
Vatan eng katta taqdir
Sen Vatanni madh etgan minbar-mehrobdir
Vatan nechog'li ulkan bo'lmasin, u qalbda ham, ko'z qorachig'iga ham joy bo'la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |