Dars mavzu: Oybek hayoti va ijodoiy yo'li.
Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga DTS asosida mukammal ma'lumot berish, savol-javob va mustaqil misollar topish, didaktik o'yinlar orqali mavzuni mastahkamlash.
Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarga miliiy istiqlol g'oyasini singdirish. Misollar orqali milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:
O'quvchilar og'zaki nutqini o'stirish, ijodiy tafakkur, mustaqil erkin fikrlash, hukm chiqarish malakasini shakllantirish.
Dars uslubi: Interfaol - usullar guruhlarda ishlash, «Aqliy hujum», «B.B.B» o'yini, «savol-javob» shartlari, «Erkin mavzu», «Sardorlar bellashuvi», mustahkamlash.
Darsning jihozi: Oybekning rasmlari, buklet, yozuvchining kitoblari, cholg'u asbobi, magnit lentasi, boshqotirmalar, vatman, market, qalamlar, baholash uchun tayyorlangan shakllar, xarita, televizor, video.
Dars shiori: Millatim nasli bashardur,
Vatanim kurrai arz.
Ikkisin xizmati farzdur,
Ikkisidan jon qarz.
Do'stlaringiz bilan baham: |