Dars ishlanmasi mavzu: Ish qutisini bezash uchun kompozitsiya eskizini ishlash



Download 1,86 Mb.
Sana30.04.2022
Hajmi1,86 Mb.
#597023
Bog'liq
зулфия


Urganch shahar XTMFMTTEBga qarashli 9-son umumiy o’rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Babajanova Zulfiyaning tasviriy san’at fanidan 1 soat


DARS ISHLANMASI

Mavzu: Ish qutisini bezash uchun kompozitsiya eskizini ishlash.



U rganch - 2016


Urganch shahar Xalq Ta’limi bo’limiga qarashli 9-son umumiy o’rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi Babajanova Zulfiyaning tasviriy san’at fanidan 1 soatlik

DARS ISHLANMASI

Mavzu: Xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlash.


Sinf: 5

Urganch-2016


Tasviriysan’atfanidandarsishlanma
O’qituvchi: BabajanovaZulfiya
5-sinf
Maqsad: O’quvchilarning naturmort janriga qiziqishlarini oshirish.
Та’limiy:O’quvchilarga xotiradan naturmort ishlashni o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda badiiy va estetik didni tarbiyalash, buyumlar dunyosiga qiziqishlarini oshirish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tasavvurga va xotiraga tayanib ijodiy ish qila olishga o’rgatish.
Dars turi: Yangibilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: Ijodiy-amaliy, xotira mashqi, aralash.
Dars jihozlari: Rassomlarning naturmort janrida ishlangan asarlaridan namunalar, slaydlar, akvarel, guash, mo’yqalam, naturmort tuzish uchun kerak buyumlar, texnik vositalar, darslik, meva va sabzavotlar mulyajlari.
Dars shiori: Tasviriy san’at – go’zallikning xazinasidir.
1.Tashkiliy qism.____2 daqiqa.
2.O’tilganlarni umumlashtirish- yangi mavzuga bog’lash.___4 daqiqa.
3.Dars mavzusini va maqsadini e’lon qilish. ___2 daqiqa.
4.Xotira mashqi o’yini____3 daqiqa.
5.Ijodiy faoliyat._____25-28 daqiqa.
6.Mustahkamlash, ijodiy ishlarni baholash,uyga vazifa___6 daqiqa.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
a) o’quvchilar bilan salomlashish, sinf xonasi va o’quvchilarni darsga tayyorlash,
b) davomat olish, sanani va mavzuni sinf taxtasiga yozish.
2.O’tilgan mavzu bo’yicha mustahkamlash, savol-javob orqali o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini oshirish.(aqliy hujum)
a) naturmort so’zining ma’nosini ayting.
b) naturmortda nimalar tasvirlanadi?
c) naturmort janri boshqa janrlar bilan bog’liqmi?
d) kompozitsiya nima?
e) naturmort janrida ijod qilgan rassomlarning nomlarini ayting.
f) tasviriy san’at turlarini ayting.
j) tasviriy san’at janrlarini bilasizmi?
3.Dars mavzusi va maqsadini e’lon qilish:
a) yangi mavzuni o’tilgan mavzu bilan bog’lab yoritish.
b) o’quvchilarni dars maqsadi bilan tanishtirish.
c) mavzuga oid ko’rgazmalar namoyishi va ijodiy faoliyatga
tayyorgarlik ko’rish.
4.Xotira mashqi o’yinini tashkillashtirish:
a) meva va sabzavotlar mulyajlarini, buyumlarni diqqat bilan ko’zdan kechirib, o’rganib chiqish.
b) jihozlardan birortasini yashirib qo’yib, o’quvchilardan o’sha narsani aniqlash so’raladi.
c) bu o’yin bir necha bor takrorlanadi, faol o’quvchilar rag’bat kartochkalarini olishadi.
5. Ijodiy faoliyatga kirishish:
a) darsda faol qatnashgan o’quvchilarga mulyaj va buyumlardan naturmort kompozitsiyasini tuzishga ruxsat qilinadi.
b) naturmort kompozitsiyasini o’quvchilar diqqat bilan kuzatib o’rganadilar.
c) o’qituvchi naturmort kompozitsiyasini mato bilan yopib qo’yadi va o’quvchilardan naturmortni xotiradan ishlashni taklif qiladi.
d) o’quvchilar ijodiy ishga kirishadilar, ular endi xotira va tasavvur qilish qobiliyatlariga tayanishadi.
e) o’qituvchi ijodiy ishga qo’yilgan talablar bilan o’quvchilarni tanishtiradi va ijodiy ishlar shu talablar mezonidan kelib chiqib baholanishini aytadi.
f) o’quvchilar ijodiy ishlarni rangtasvir yoki grafikada ishlashlari va o’z vaqtida tugatishlari shart.
6. Mustahkamlash:
a) naturmort ishlaganda buyumlar qanday joylashtiriladi?
b) xotiradan asarlar kompozitsiyasini yaratgan rassomlarni bilasizmi?
c) qisqa vaqt ichida bajarilgan ijodiy ishlarga nima deyiladi?
d) xotiradan asarlar yaratish bizni nimaga o’rgatadi?
Test savollari:
1.Naturmort janrida ijod qilgan rassom nomini aniqlang.
a) K.Behzod; b) M.Nabiyev; c) A.Abdullayev.
2.Naturmortda nimalar tasvirlanadi?
a) hayvonlar, qushlar; b)gullar,mevalar; c) uylar,daraxtlar;
3.Tasviriy san’at janri qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) naqqoshlik; b) amaliy san’at; c) manzara;
4. Tasviriy san’at turini aniqlang.
a) maishiy; b) qalamtasvir; c) kulolchilik.
5. Manzara janrida ijod qilgan rassom kim?
a) M.Nabiyev; b) O’.Tansiqboyev; c) R.Ahmedov.
Test savollariga topqirlik bilan tez va to’g’ri javob bergan o’quvchilarga rag’bat kartochkalari beriladi. Dars yakunida qaysi o’quvchi ko’p rag’bat kartochkasi olgani aniqlanadi va uchta rag’bat kartochkasi olgan o’quvchiga “a’lo”, ikkita rag’bat kartochkasi olgan o’quvchiga “yaxshi”, bitta rag’bat kartochkasi uchun “qoniqarli” baho qo’yiladi. Bunda ijodiy ishlar ham inobatga olinadi, ijodiy ishlar tugatilgan va sifatli bo’lishi, qo’yilgan talablarga javob berishi shart.
Dars mavzusini yoritish:
Bugungi darsimizda naturmort janrida ijodiy ish qilishga o’zgacha yondashamiz. Sizlar oldingi darslarimizda naturmort janrida ijodiy ishlarni naturadan qarab bajardingiz, bunda bu janrda ijodiy ishlar qila olish bilim va malakalaringiz, tajribangiz ancha oshdi. Naturmort janri tasviriy san’atning erkin janri bo’lib, uni rahgtasvirda ham, qalamtasvirda ham ishlash mumkin.(Rassomlarning asarlarini namoyish qilamiz,1-2-3- rasmlar) Ko’rib turganingizdek, bu asarlar turlicha ishlangan, ammo mazmun va mohiyat bir xil; naturmortlar inson hayotining , turmush tarzining ajralmas bo’lagi ekanligini tasvirlash, isbotlashdir.O’tilgan mavzularda sizlar turlicha yo’nalishlarda naturmort janrida ijodiy ishlar qildingizlar. Bular sodda buyumlardan tuzilgan, milliy idish-tovoqlardan tuzilgan, kontrast rangli buyumlardan tuzilgan,uy-ro’zg’or buyumlaridan tuzilgan naturmortlar edi.Yana bu janrda ijod qilgan mashhur rassomlarning asarlari, ularning ijodiy faoliyatlari, ishlash uslublari bilan ham tanishib bordingiz. Rassomlar: R.Ahmedov, G’.Abdurahmonov, Y.Yelizarov, Y.Melnikov, N.Kashina, M.Nuriddinov, A.Ikromjonovlar naturmort janrida ancha sermahsul ijod qilganlar.Biz bilamizki, naturmort - jonsiz narsalar va buyumlarning yaxlit bir mazmundagi to’plamidir.
Bugungi darsimiz mavzusi:
Xotiradan naturmort kompozitsiyasini ishlash.
Rassomlar ba’zan ijodiy ishlarini xotiradan ham bajaradilar, bunda ular o’z xotira va tasavvurlariga tayangan holda ijod qiladilar. Ana shunday mashhur rassomlar: I.Levitan, K.Bryullov, I.Repin, I.Ayvazovskiylar va taniqli o’zbek rassomlari O’.Tan- siqboyev, R.Ahmedov, M.Nabiyev, A.Nur va boshqalardir.
Xotiradan naturmort kompozitsiyasini chizishning ahamiyati shundaki, borliqdagi turli-tuman mavjud narsa, buyumlarning shakli, o’lchami, tuzilishi va xilma-xil rangini xotirada eslab qolishdir. Bu buyumlardan ma’lum mazmunga ega bo’lgan qiziqarli, chiroyli naturmort kompozitsiyasini tuzib uni xotiradan tasvirlashdir.(4-5-6 -7 -rasmlar) Endi meva va sabzavotlar mulyajlaridan, buyumlardan naturmort kompozitsiyasini tuzib olamiz va uni yaxshilab o’rganamiz, kuzatamiz.
Naturmortga qaysi buyum va mulyajlar qo’yildi, ularning o’lcham nisbatlari qanday, rangtuslari qanaqa, joylashish ketma-ketligiga e’tiborni qaratamiz, qo’yilmadagi holatni eslab qolamiz. Shundan keyingina ijodiy ishni boshlash mumkin,qo’yilmani biror mato bilan yopib qo’yamiz.
- Marhamat, ijodiy ishni bajarishga kirishinglar, deb o’quvchilarni ijodiy faoliyatga undaymiz.
Ijodiy faoliyat uchun 25-30daqiqa vaqt ajratilgan bo’lib, o’quvchilar shu vaqt mobaynida ijodiy ishlarini tugallashlari shart, bu ish ular uchun qiyin bo’lmasligi kerak, ularda yetarli bilim, malaka bor, chunki bunday ijodiy ishlarni o’tgan darslarda bajarishgan. O’qituvchi barcha ijodiy ishlarni kuzatib, nazorat qilib boradi, o’quvchilar ishidagi kamchilik va xatolar o’z vaqtida tuzatib boriladi.Naturmort ishlab bo’lingach, qo’yilmani ustini ochib ijodiy ishlar solishtiriladi va baholanadi, eng to’g’ri, chiroyli va sifatli bajarilgan ishlar boshqalarga namuna sifatida o’rnak qilib ko’rsatiladi.
Mavzuni mustahkamlash: test savollari o’quvchilarga beriladi, javoblari qoniqarli o’quvchilar rag’bat kartochkalari olishadi, ham ijodiy ishini yaxshi bajargan ham savollarga javob berib, darsda faol qatnashgan o’quvchilarga baho qo’yiladi.Dars yakunlanib, uyga vazifa beriladi.Uyga vazifa: Xotiradan uy-ro’zg’or buyumlaridan tuzilgan naturmort kompozitsiyasini ishlab kelish.


1-rasm 2-rasm


3-rasm



4-rasm.



5-rasm


7-rasm

6-rasm
Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish