Dars sanasi: Sinf: 1-“____”
Fan nomi: Alifbo
Dars mavzusi: F tovush va F f harflari.
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, F tovushi va F f harflari haqida bilim va ko’nikma hosil qilish
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash
Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan ko’rgazmali qurol
Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shundan bilursankim ilm bepoyon.
Dars jarayoni va texnologik xaritasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi.
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
F tovushi va F f harflari haqida tushuncha berish
“Fil” she’rini o’qish
|
Tushuntirish, izlanish
Og’zaki savol-javob
|
31 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
F harfi bilan boshlanadigan so’zlarni aytish va rasm asosida tushuntirish
F tovushini talaffuz qildirish
|
Muammoli izlanish
|
6 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
3 minut
|
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:
O’tgan darsimizda qaysi tovushni o’rgangan edingiz?
xabar so’zi necha bo’g’inli?
x tovushini cho’zib aytib bo’ladimi?
Xulq, Jizzax so’zlarini bo’g’inlarga ajratib yozib bering
Odob haqida maqollardan ayting
Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o’qib takrorlanadi.
3. Yangi mavzuni tushuntirish
O’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi. Yangi mavzu e’lon qilinadi. Favvora rasmi ko’rsatilib, uning nomio’quvchilardan so’raladi. O’quvchilar favvora deb javob beradilar. Favvora so’zi tallafuz qildiriladi. Undan f tovushi ajratib olinib tahlil qilinadi. F tovushining hosil bo’lish o’rni va undosh tovush ekanligi aytiladi. O’rganilgan f tovushining talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o’quvchilarga yozib ko’rsatiladi. F harfi bilan boshlanadigan so’zlardan aytiladi. f tovushi talaffuz qildiriladi.
Berilgan so’zlar bo’g’inlarga bo’lib o’qiladi:
Fil of-tob shaf-to-li Af-zal
Fasl daf-tar shi-fo-kor Za-far
Far-zand pu-fak mu-ko-fot G’o-fir
She’r ifodali o’qib beriladi. Ma’nosi tushuntirib beriladi:
FIL
Fil deganlari shumi?
O’xshash xartumi, dumi.
Quloqlari shalpaygan,
Peshonasi yalpaygan.
O’quvchilar ham she’rni o’qiydilar. Rasm yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
4. Dam olish daqiqasi
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
f harfi va uning elementlari daftarga yoziladi. Fikr, fazilat so’zlari ham bir qatordan yoziladi
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |