Mashg’ulot uchun materiallar:
Mavzu yuzasidan topshiriq.
“6X6” metodi.
O`quvchilarni 4ta guruhlarga bo`lib olamiz va ularga quyidagi topshiriqlar beriladi :
1 - topshiriq : O`qituvchi doskaga avtomobilning karton modelini o`rnatadi, bunda u jo`nash punktini oldindan belgilab qo`yadi.So`ngra o`qituvchi modelni sura boshlaydi va ma`lum vaqt oralig`i o`tgandan keyin uni to`xtatadi.
Avtomobil qancha masofa o`tdi ?
(Bir metrcha,bir metrdan ortiq,bir metrdan kam).
2 - topshiriq : O`quvchilar o`qituvchi boshchiligida o`qituvchi stolidan devorgacha,so`ngra qarshi tomondagi devorgacha bo`lgan masofani o`lchashadi.Ushbu masala o`quvchilar tomonidan tuziladi : Devordan stolgacha 5 m va stoldan ikkinchi devorgacha bo`lgan masofani toping ?
Yechilishi : 5 + 2 = 7(m)
3 - topshiriq : Ertalab qishloqdan shaharga qarab bir vaqtda otliq va piyoda yo`lga chiqdi.Otliq shaharga kunduzgi soat 12da, piyoda esa 15da yetib keldi.
Bularning qaysilari yo`lda ko`p vaqt bo`lgan va qancha ko`p bo`lgan
Yechilishi : 15 - 12 = 3
Mavzu yuzasidan topshiriq.
“Zig-zag” yoki “Boshqalarni o‘qitish” metodi.
Guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi :
1.Ikki punktdan bir-biriga qarab ikki piyoda yo`lga chiqdi.Birinchi piyoda uchrashguncha 5 km, ikkinchisi 7 km yurdi.Punktlar orasidagi masofani toping ?
Yechilishi : 5 + 7 = 13(km)
2.Piyoda kishi soatiga 6 km tezlik bilan 2 soat yo`lda yurdi. Piyoda kishi qancha masofa o`tgan ?
Tezlik Vaqt Masofa
6 km/soat 2 soat ?
Yechilishi : 6 * 2 = 12(km)
3.Piyoda har soatda baravardan yo`l bosib, 3 soatda 12 km yurgani ma`lum bo`lsa, u qanday tezlik bilan yurgan ?
Yechilishi : 12 : 3 = 49km/soat)
Mavzu yuzasidan topshiriq.
Veyer (yelpig‘ich) metodi.
Guruhlarga quyidagi topshiriqlar beriladi :
1. Anvar va Ravshan A qishloqda bir vaqtda bir xil yo`nalishda velosipedlarda yo`lga chiqishdi. Anvarning tezligi 12 km/soat,Ravshanniki esa 15 km/soat.
Ularning bir-biridan uzoqlashish tezligini toping ?
Yechilishi : 15 - 12 = 3 9km/soat
2.Avtomobil Toshkentdan Samarqandga 5 soatda yetib keldi.Toshkentdan Samarqandgacha 330 km. Avtomobilning tezligini toping ?
Yechilishi : 330 : 5 = 66(km)
3.Qishloqdan bir nuqtadan ikki chavondoz qarama qarshi yo`nalishda yo`lga chiqdi.Birinchi chavondozning tezligi 13 km/soat,ikkinchi chavondozniki 15 km/soat.
Ular orasidagi masofa necha km ?
Yechilishi : 13 + 15 = 28 km/soat
Do'stlaringiz bilan baham: |