Dars ishlanma boshlang'ich sinf o'qituvchisi sapayeva shaxnoza



Download 256,23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.07.2022
Hajmi256,23 Kb.
#742173
Bog'liq
Dars ishlanma



5/10/22, 11:19 PM
Dars ishlanma – BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI SAPAYEVA SHAXNOZA
sinfrahbari-maktab.zn.uz/dars-ishlanma/
1/14
Dars ishlanma
Home (http://sinfrahbari-maktab.zn.uz)  / Dars ishlanma
Darsning texnologik xaritasi
Mavzu: Mavzu :Qish zavqi she’ri (Otash Xolmirzayev )
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 daqiqa.
Mavzuning qisqacha mazmuni: O`tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlar mustahkamlanadi.Qish 
zavqi she’ri haqida tushuncha beriladi,uning ifodali o`qilishi o`rganiladi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Qish zavqi she’ri. Otash Xolmirzayev hayoti va ijodi haqida
tushuncha.



5/10/22, 11:19 PM
Dars ishlanma – BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI SAPAYEVA SHAXNOZA
sinfrahbari-maktab.zn.uz/dars-ishlanma/
2/14
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: Yangi bilim beruvchi.
Dars metodi: Suhbat,savol-javob,tushuntirish,didaktik o`yin.O`quvchilarni faollashtiruvchi
metodlardan foydalanish.
Shakl: Jamoa ,kichik guruhlar hamda har bir o`quvchi bilan ishlash.
Jihoz: 3-sinf o’qish darsligi,mavzu asosida tayyorlangan slayd,ko`rgazmali va tarqatma
materiallar.Video dars.
Nazorat usuli: Og`zaki va yozma savol-javob ,kuzatish,o`zini-o`zi nazorat qilish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, o’quvchilarning darsda faollik ko’rsatishi, ifodali va 
ravon o’qishiga qarab baholanadi.O`quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
Darsning maqsadlari.
Ta`limiy
: O`quvchilarda “Qish zavqi” she’ri haqida tushunchalar hosil qilish,she’rni ifodali o’qish 
bo`yicha bilim,ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy
: a)O’quvchilarga qish faslining fazilatini yetkazish, ekologik tarbiya berish
ularda tabiatga muhabbat hislarini tarbiyalash.
b) o’qish fani orqali hayotni to`g`ri tasavvur eta olish malakasini orttirib borish.
d) O`quvchilar ongiga yangi mavzu haqida bilim berish orqali har bir matematik muammolarni
ahillik,birodarlik,hamjihatlik, topqirlik bilan bajarishga o`rgatish.
e) O`quvchilarga buyuk ajdodlarimizning Vatan ravnaqiga qo`shgan hissalari haqida ma`lumot
berish bilan birga buyuk bobolarimiz bilan faxrlanish,ularning unutilmas ishlaridan o`rnak
olish hislarini tarbiyalash,axloqiy fazilatlarni singdirish.
Rivojlantiruvchi
: O’quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, yil fasllari haqidagi 
bilimlarini chuqurlashirish.
Kutilayotgan natija.
O`quvchilar dars yakunida “Qish zavqi” she’ri haqida tushunchaga ega bo`ladilar.Uni ifodali 
o`qilishi bo`yicha bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar.
Dars jarayoni va texnologiyasi.
Dars bosqichi.
Bajariladigan ish
mazmuni
Metod
Vaqt



5/10/22, 11:19 PM
Dars ishlanma – BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI SAPAYEVA SHAXNOZA
sinfrahbari-maktab.zn.uz/dars-ishlanma/
3/14
1-bosqich.
Tashkiliy qism.
(refleksiya)
Ehtiyojlarni aniqlash.
O`quvchilar davomati
aniqlanadi.Sinfning
darsga
tayyorgarligi tekshiriladi.
Ma`naviyat daqiqasi
o`tkaziladi. Dars
davomida rioya
qilinishi lozim
bo`lgan qoidalar
belgilanadi.
Suhbat
Suhbat
4 daqiqa
2-bosqich.
O`tilgan mavzuni
mustahkamlash.
A) O`tilgan mavzuni
takrorlash.
B) Uyga vazifani
tekshirish.
Test.Savol-javob
“Ha”yoki “Yo`q” o`yini.
7 daqiqa
3-bosqich.
Yangi mavzu bayoni.
“Qish zavqi” she’ri 
o’qib beriladi. Qish 
fasli haqida 
tushuncha beriladi.
Tushuntirish
20 daqiqa
4-bosqich.
Yangi mavzuni
mustahkamlash.
“Harflar tilga kirsin” 
o’yini
Test o`tkazish
Savol-javob
7 daqiqa
5-bosqich.
Baholash.
O`quvchilarning
darsdagi ishtiroki
hisobga olinib reyting
ballari e`lon qilinadi va
dars yakunlanadi.
5 daqiqa
6-bosqich.
Uyga vazifa.
She’rni ifodali o’qib, 
yod olish
Tushuntirish
2 daqiqa
Darsning borishi:
Dars bosqichlari texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
1-bosqich: Tashkiliy qism.
Tanishtiruv. Salomlashish.



5/10/22, 11:19 PM
Dars ishlanma – BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI SAPAYEVA SHAXNOZA
sinfrahbari-maktab.zn.uz/dars-ishlanma/
4/14
O`qituvchi kirish she`ri bilan boshlanadi.
Navbatchi axboroti tinglanadi.
-Aytingchi hozirgi sabog`imiz nima?
-O’qish.
Demak,biz fanimizni qanday olqishlaymiz.
Darsimiz shiori:
Tabiatdir onamiz,
Doim uni sevamiz.
Bugungi darsimizni do`stona munosabatda olib borgan holda, sizga dars davomida yaxshi
kayfiyatlar tilab , darsimizning do`stona kelishuv qoidalarini eslatib o`taman.
(Darsning oltin qoidalari ishlab chiqiladi)
-Aytingchi bugun nechanchi sana? ( Sana o`quvchilarga ingliz tilida va rus tilida ayttiriladi.)
-Dekabr oyida biz qanday sanalarni nishonladik?
– 2016-yil Prezidentimiz tomonidan qanday yil deb nomlandi?
-“Sog`lom ona va bola yili”.
-Bir yilda nechta fasl bor?
(O`quvchilarni dars davomidagi faolligi qish fasli bo`lganligi uchun, qor parchalari bilan
rag`batlantirib boriladi.Har bir o`quvchi o`z qor parchalari bilan to`ldirib borishi tushuntiriladi.)
-Aytingchi o’qish fanidan shu kungacha nimalarni o`rgandingiz?
-Ifodali o’qishni.
-Ravon o’qishni.
– She’rni yod olishni.


5/10/22, 11:19 PM
Dars ishlanma – BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI SAPAYEVA SHAXNOZA
sinfrahbari-maktab.zn.uz/dars-ishlanma/
5/14
-Yil fasllarini.
-Ona Vatanimiz haqida tushuncha.
-Buyuk bobolarimiz hayot va ijodini.
O’qish fani bu nima ekan?
-Bu sehrli olam,bu cheksiz ilm,bu erkin kelajak.
2-bosqich: O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
O`tilgan mavzularni takrorlash maqsadida test o`tkazish.
Uyga vazifani so’rab, baholash.
O’qituvchi o’quvchilardan o’tilgan “Qish bo’lmasachi?” hikoyasini mazmunini so’raydi. Mavzu 
ifodali qilib o’qitiladi. O’tilgan mavzu yuzasidan savollar beriladi.
1.Muruvvat opa nima sababdan qish haqidagi o’tmishni esladi?
2.Hikoya nima bilan tugadi?
3.Muruvvat opa Sanobarning savoliga qanday javob berdi?
O’quvchilar savollarga javob berishadi.
“Harflar tilga kirsin” mashqi bajariladi.



5/10/22, 11:19 PM
Dars ishlanma – BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI SAPAYEVA SHAXNOZA
sinfrahbari-maktab.zn.uz/dars-ishlanma/
6/14
O’quvchilar doskaga taklif qilinib, harflar yozilgan qog’oz bo’laklari beriladi. Shu harfga mos 
so’z topib, ketma-ketlikda yozish vazifasi topshiriladi.
S….,O..,G’..,L…,O…,M….,O…,N..,A…,
V…..,A..,B…,O…,L…,A…..
Harflar birlashtirilsa, 2016-yilning nomi
kelib chiqadi – “Sog’lom ona va bola”yili.
3-bosqich:Yangi mavzuni bayon qilish.
-Darsligimizning 93-94-sahifasini ochamiz.Kitobni toza va ozoda saqlashimiz
kerak,chunki “ Kitob bilim bulog`i”, “Kitobdan yaxshi do`st yo`q”.
O’quvchilar bilan qish tabiati , qishki o’yinlar yuzasidan suhbat o’tkazadi .
– Qish faslida tabiat qanday ko’rinishda bo’ladi ?
Bolalar qishda qanday o’yinlar o’ynaydilar ?
O’quvchilar javoblari to’ldirilib , mavzu tushintiriladi.
O’qituvchi “Qish zavqi “ she’rini ifodali qilib o’qib beradi .
Qishning momiq choponi ,
Boshida-chi, oq qalpoq.
Bizni zavqqa to’ldirar ,
Ko’chalar rosa oppoq.
Ariqlarda shisha muz ,
Suv yuzida pardasi.



5/10/22, 11:19 PM
Dars ishlanma – BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI SAPAYEVA SHAXNOZA
sinfrahbari-maktab.zn.uz/dars-ishlanma/
7/14
Dov-daraxtga sepib tuz,
Qaynar oqshom zardasi.
Tarnovdagi tomchi suv
Muzga o’rar borini.
Simyog’ochlar guvillab,
Tongdan chalar torini.
Qish judayam ajoyib ,
Hayrat bilan boqaman ,
Chana uchib qirlarda.
Qish zavqini totaman.
4-bosqich.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash .
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Qish zavqi” she’ri o’quvchilarga navbati bilan o’qitaladi.
Darslikdagi savollarga o’quvchilar javob berishadi.
1.Shoir she’rda qishni nimaga o’xshatgan ?
2.Sizga qish nima uchun yoqadi ?
O’quvchilar javoblari to’ldirilib , umumlashtiriladi.
O’yin-topishmoq.
Bu o’yinda o’qituvchi biror-bir so’zni topishmoqlar yordamida uch marta ta’riflaydi. Agar 1-
ta’rifda topa olmasalar ,2-ta’rif eshittiradi,unda ham topishga qiynalsalar ,3- ta’rif eshittiriladi.



5/10/22, 11:19 PM
Dars ishlanma – BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISI SAPAYEVA SHAXNOZA
sinfrahbari-maktab.zn.uz/dars-ishlanma/
8/14
1-ta’rif : To’rt faslda bir xil libos-
Kiyib yashnar ,mevasiz,
Aytsam,bog’ning ko’rki deysiz,
Siz ham uni sevasiz.
2-ta’rif: Yozin- qishin barobar,
Ko’m-ko’k turar barglari,
O’zi ming yoshga kirar.
3- ta’rif : Yozda ham qishda ham
Bir xil kiyimda.
(Archa)
5-bosqich. Darsga yakun yasash va baholash.
–Bugungi darsimiz sizga yoqdimi?
-Bugun darsda nimalarni bilib oldingiz?
Ana shu o`rganganlaringizdan hayotda to`g`ri va oqilona foydalanasiz degan umiddaman.
Darsda faol qatnashib rag`batlantirilgan o`quvchilar ballari e`lon qilinadi.
6-bosqich. Uyga vazifa berish .
“Qish zavqi “ she’rini yod olish .
DARS ISHLANMADAN NAMUNALAR
2-sinf matematika fanidan «Tenglamalar» mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi. (http://sinfrahbari-
maktab.zn.uz/ les/2018/04/2-sinf-uchun-matematika-fanidan-dars-ishlanma.zip)
(Yuklab olish)
(http://sinfrahbari-maktab.zn.uz/ les/2018/04/2-sinf-uchun-matematika-fanidan-dars-ishlanma.zip)
3-sinf o’qish fanidan «Ona tabiat» mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi. 
(Yuklab olish)
 (http://sinfrahbari-
maktab.zn.uz/ les/2018/04/3-sinf-oqish-“Ona-tabiat”-mavzusi.zip)
3-sinf o’qish fanidan «Sahovatli fasl» mavzusidagi bir soatlik dars ishlanmasi. 
(Yuklab olish)
(http://sinfrahbari-maktab.zn.uz/ les/2018/04/3-sinf-oqish-Sahovatli-fasl’’.zip)


Download 256,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish