Dars usuli:an’anaviy, zamonaviy.
Jihozlar:Ko`rgazmali plakatlar, tarqatma materiallar, elektron darslik, darsga oid hazm organlari mulyajlari
Bosqichlar
Mazmuni
Metodlar
Vaqti
Tashkiliy qism
1-bosqich
Salomlashuv. Darsda qatnashuvchi o`quvchilar davomati, o`quv qurollari shayligini ko`rish, darsga muhit tayyorlash
Og`zaki muloqot
4 daqiqa
Otilganlarni takrorlash
2-bosqich
O`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlash, sinf jamoasi bilan ishlash
Jamoa bilan ishlash, og`zaki topshiriq va taqdirlash.
8 daqiqa
Yangi mavzuni bayoni
3-bosqich
Mavzu bo`yicha o`quvchilarni savol-javob orqali bilimlarini so`rash hamda mavzu mazmunini ko`rgazmali ma’ruzasi – jamoaviy. Elektron darslikni namoyish etish.
Og`zaki bayon, tushuntirish, savol-javob, darslik bilan ishlash, rasmlar bilan tanishish
20 daqiqa
Mustahkamlash
4-bosqich
Mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilimlarini savol-javob orqali aniqlash, past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga e`tibor berish.
Savol-javob, o`z-o`zini baholash
9 daqiqa
Darsni yakuni, baholash, uyga vazifa berish
5-bosqich
Darsda faol ishtirok etgan va savollarga javob bergan o`quvchilarni rag`batlantirish (baholash va siylov), darsni yakunlash, uy vazifasini berish (uyga vazifa qanday bajarilishi va nima qilinishi tushuntiriladi).
O`quvchilarni rag`batlantirish
4 daqiqa
I.Tashkiliy qism: a) Salomlashish
b) Yo`qlama
c) o`quv – qurollar shayliginiko`rish
d) muhit tayyorlash.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash:savol – javob, o`quvchilar tomonidan so`zlash.
Savollar: 1. Exinokokk qanday tuzilgan?
2. Exinokokk qanday rivojlanadi?
3. Bolalar gijjasi qanday ko‘payadi?
4. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qanday rivojlanadi?
5. Bo‘rtma nematoda qanday zarar yetkazadi?
6. Chuvalchanglarning parazit yashashga moslanish belgilari nimadan iborat?
7. Parazit chuvalchanglar yuqmasligi uchun nima qilish lozim?
III. Yangi mavzuning bayoni: Reja: 1. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi ko‘rinishi qanday tuzilgan.
2. Teri-muskul xaltasi qanday tuzilgan.
3. Yomg‘ir chuvalchangi qanday harakatlanadi.
4. Tana bo‘shlig‘i qanday tuzilgan.
5. Yomg‘ir chuvalchangining nerv sistemasi qanday tuzilgan.
6. Yomg‘ir chuvalchangi qanday sezadi.
Halqali chuvalchanglar tanasi ko‘p sonli halqalarga bo‘lingan.
Ularning hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv, jinsiy sistemasi
rivojlangan. Bu tiðga ko‘p tukli halqalilar, kam tukli halqalilar va
zuluklar sinflari kiradi.
Yomg‘ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tiðining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda vachuchuk suvlarda yashaydi.Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.Yomg‘ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar bo‘yida, beda, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan dalalar tuprog‘ida uchratish mumkin. Kuchli jaladan so‘ng ba’zan ko‘plab yer yuziga chiqishi sababli ular yomg‘ir chuvalchanglari deb ataladi.Yomg‘ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8–10 sm, oldingi uchi konussimon o‘tkirlashgan. Tanasi halqaga o‘xshash tortmalar bilan ko‘p sonli bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Har bir tana bo‘g‘imining qorin tomonida
to‘rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini
Oldingi tomondagi bir necha tana halqalari yo‘g‘onlashib, maxsusbelbog‘hosil qiladi.Teri-muskul xaltasi. Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa teri bilan qoplangan Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri ostida halqasimon va bo‘ylama muskullar joylashgan. Muskullar ostida ichki epiteliy qavatitana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tashqi vaichki epiteliy, halqasimon va bo‘ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana devorini hosil qiladi. Tana
bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashadi.Harakatlanishi.Yomg‘ir chuvalchangi tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda
in qazib hayot kechirishga moslashgan.
Chuvalchang harakatlanganida oldingi qismidagi halqasimon muskullar qisqarib, tanasi cho‘ziladi va ingichkalashadi; u tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana
devoridagi bo‘ylama muskullar qisqaradi; tanasining oldingi qismi yo‘g‘onlashib tuproq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga yo‘l ochadi. Tuklari harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda uning siljishini yengillashtiradi.Tana bo‘shlig‘i.Yomg‘ir chuvalchangining suyuqlik bilan to‘lgan tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashgan. Bu bo‘shliq yupqa pardadan iborat ko‘ndalang to‘siqlar bilan alohida bo‘lmalarga ajralgan. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Tana bo‘shlig‘i devorining ichki yuzasi bir qavat bo‘lib joylashgan epiteliydan iborat.Nerv sistemasi.Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to‘planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi. Ularni halqumni ikki tomondan aylanib o‘tadigan halqanerv tolalari birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguni
qorin bo‘ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv
zanjirida har bir tana bo‘g‘ini to‘g‘risida bittadan kichikroq nerv
tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi.