Dars bosqichlari


Dars usuli:an’anaviy, zamonaviy. Jihozlar



Download 352,72 Kb.
bet2/4
Sana09.02.2022
Hajmi352,72 Kb.
#438304
1   2   3   4
Bog'liq
7-Amaliy

Dars usuli:an’anaviy, zamonaviy.
Jihozlar:Ko`rgazmali plakatlar, tarqatma materiallar, elektron darslik, darsga oid hazm organlari mulyajlari

Bosqichlar

Mazmuni

Metodlar

Vaqti

Tashkiliy qism
1-bosqich

Salomlashuv. Darsda qatnashuvchi o`quvchilar davomati, o`quv qurollari shayligini ko`rish, darsga muhit tayyorlash

Og`zaki muloqot

4 daqiqa

Otilganlarni takrorlash
2-bosqich

O`qituvchi ishtirokida o`tilgan mavzuni takrorlash, sinf jamoasi bilan ishlash

Jamoa bilan ishlash, og`zaki topshiriq va taqdirlash.

8 daqiqa

Yangi mavzuni bayoni
3-bosqich

Mavzu bo`yicha o`quvchilarni savol-javob orqali bilimlarini so`rash hamda mavzu mazmunini ko`rgazmali ma’ruzasi – jamoaviy. Elektron darslikni namoyish etish.

Og`zaki bayon, tushuntirish, savol-javob, darslik bilan ishlash, rasmlar bilan tanishish

20 daqiqa

Mustahkamlash
4-bosqich

Mavzu bo`yicha o`quvchilarning bilimlarini savol-javob orqali aniqlash, past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga e`tibor berish.

Savol-javob, o`z-o`zini baholash

9 daqiqa

Darsni yakuni, baholash, uyga vazifa berish
5-bosqich

Darsda faol ishtirok etgan va savollarga javob bergan o`quvchilarni rag`batlantirish (baholash va siylov), darsni yakunlash, uy vazifasini berish (uyga vazifa qanday bajarilishi va nima qilinishi tushuntiriladi).

O`quvchilarni rag`batlantirish

4 daqiqa


I.Tashkiliy qism: a) Salomlashish
b) Yo`qlama
c) o`quv – qurollar shayliginiko`rish
d) muhit tayyorlash.
II. O`tilgan mavzuni takrorlash:savol – javob, o`quvchilar tomonidan so`zlash.
Savollar: 1. Exinokokk qanday tuzilgan?
2. Exinokokk qanday rivojlanadi?
3. Bolalar gijjasi qanday ko‘payadi?
4. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi qanday rivojlanadi?
5. Bo‘rtma nematoda qanday zarar yetkazadi?
6. Chuvalchanglarning parazit yashashga moslanish belgilari nimadan iborat?
7. Parazit chuvalchanglar yuqmasligi uchun nima qilish lozim?
III. Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
1. Yomg‘ir chuvalchangining tashqi ko‘rinishi qanday tuzilgan.
2. Teri-muskul xaltasi qanday tuzilgan.
3. Yomg‘ir chuvalchangi qanday harakatlanadi.
4. Tana bo‘shlig‘i qanday tuzilgan.
5. Yomg‘ir chuvalchangining nerv sistemasi qanday tuzilgan.
6. Yomg‘ir chuvalchangi qanday sezadi.
Halqali chuvalchanglar tanasi ko‘p sonli halqalarga bo‘lingan.
Ularning hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv, jinsiy sistemasi
rivojlangan. Bu tiðga ko‘p tukli halqalilar, kam tukli halqalilar va
zuluklar sinflari kiradi.
Yomg‘ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tiðining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda vachuchuk suvlarda yashaydi.Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.Yomg‘ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar bo‘yida, beda, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan dalalar tuprog‘ida uchratish mumkin. Kuchli jaladan so‘ng ba’zan ko‘plab yer yuziga chiqishi sababli ular yomg‘ir chuvalchanglari deb ataladi.Yomg‘ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8–10 sm, oldingi uchi konussimon o‘tkirlashgan. Tanasi halqaga o‘xshash tortmalar bilan ko‘p sonli bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Har bir tana bo‘g‘imining qorin tomonida
to‘rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini
Oldingi tomondagi bir necha tana halqalari yo‘g‘onlashib, maxsusbelbog‘hosil qiladi.Teri-muskul xaltasi. Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa teri bilan qoplangan Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri ostida halqasimon va bo‘ylama muskullar joylashgan. Muskullar ostida ichki epiteliy qavatitana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Tashqi vaichki epiteliy, halqasimon va bo‘ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana devorini hosil qiladi. Tana
bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashadi.Harakatlanishi.Yomg‘ir chuvalchangi tana shakli va tashqi tuzilishi tuproqda
in qazib hayot kechirishga moslashgan.
Chuvalchang harakatlanganida oldingi qismidagi halqasimon muskullar qisqarib, tanasi cho‘ziladi va ingichkalashadi; u tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana
devoridagi bo‘ylama muskullar qisqaradi; tanasining oldingi qismi yo‘g‘onlashib tuproq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o‘ziga yo‘l ochadi. Tuklari harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda uning siljishini yengillashtiradi.Tana bo‘shlig‘i.Yomg‘ir chuvalchangining suyuqlik bilan to‘lgan tana bo‘shlig‘ida ichki organlar joylashgan. Bu bo‘shliq yupqa pardadan iborat ko‘ndalang to‘siqlar bilan alohida bo‘lmalarga ajralgan. Tana bo‘shlig‘i bo‘lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Tana bo‘shlig‘i devorining ichki yuzasi bir qavat bo‘lib joylashgan epiteliydan iborat.Nerv sistemasi. Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari to‘planib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi. Ularni halqumni ikki tomondan aylanib o‘tadigan halqanerv tolalari birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguni
qorin bo‘ylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv
zanjirida har bir tana bo‘g‘ini to‘g‘risida bittadan kichikroq nerv
tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi.

Download 352,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish