2. Yangi MHTda Dj.Xiks ta’Iimotiga kiritilgan aniqliklar
3. Nominal va Real daromad
4. Xulosa
1.Dj Xiksning daromad haqidagi ta’limoti.
Mikrodarajadagi daromad haqqidagi ma’lumotlar asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatini o‘rganish uchun va yana fiskal siyosatni xal etishda foydalaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb atalib, undan iste’mol va jamg‘arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni xal qilishda foydalaniladi. Shunisi qiziqki, iqtisodiy ta’limotda daromad tushunchasi haqqidagi ta’limot ancha og‘ir masala bo‘lib hisoblanadi. Faqat XX asr davomida qator iqtisodchi va statistiklar tomonidan daromad tushunchasi berilgan ta’riflar bir necha bor o‘zgardi. Masalan, I.Fisher daromad tushunchasini oxirgi foydalanish bilan bog‘laydi. Taniqli gollandiyalik statistik F.Bos o‘zining «Milliy hisoblardagi doimiy tahlil» 1989 nomli asarida daromad tushunchasini oxirgi iste’mol summasi va kapital aktivlar zahirasining sof o‘sishi sifatida tariflagan. Lekin uning o‘zi yana shuni tan oldiki, bu ta’rifni yana boshqa tomonlariga aniqlik kiritish, masalan, kapital tushunchasiga yanada aniqlik kiritish lozim deb hisoblagan. Shuning uchun kapitalni bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan yoki bozor bahosiga ega bo‘lgan resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Taniqli amerikalik iqtisodchi Samuelson kapital tushunchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil bo‘lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar sifatida qaraydi. Samuelson fikriga ko‘ra tabiiy qazilmalar zahiralari va boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga qachonki mehnat ta’sir ko‘rsatsa kapital tusini oladi. Daromad xaqidagi tushunchaning nihoyatda og‘ir xarakterga ega ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo‘lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Xiks ham tan olgan.
U o‘zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko‘p taniqi mualliflar bir-birini o‘rgangan, shuningdek o‘zlari fikrlarini ham keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har xil ta’rif berganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo‘lganligini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo‘lgan daromad va jamlash tushunchalari mantiqiy kategoriyalar bo‘lmay balki, amaliyotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to‘g‘ri xal qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika professori P.Fon Der Lippe ham qo‘shiladi. Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalaning Yechish maqsadiga bog‘liq bo‘lib, daromad - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko‘rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o‘z ichiga olmaydi. Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to‘plangan pul mablag‘larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin MHTda u boshqacha ma’noga ega. Jamlash - ixtiyordagi daromadni bir qismi bo‘lib, u oxirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan. Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash - bu barcha moliyaviy aktivlarni va material aktivlarni o‘sishini anglatadi. BMTning 1993 yilda qabul qilingan yangi MHTga asosan daromadlarning ko‘rsatkichlar tizimi Dj.Xiks ta’limotiga asoslangan. Boshqacha so‘z bilan aytganda, daromad ko‘rsatkichlari insonlarni iste’moli uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan summani, ya’ni xech qanday kambag‘allashishga yo‘l qo‘ymagan holda ishlatishi mumkin bo‘lgan summani ifodalaydi. O‘z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Xiks nazariy tahlil uchun daromadlarni ikki xil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya - doimiy, avvaldan ko‘rish mumkin bo‘lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi - amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Xiks fikricha tahlil uchun ko‘proq darajada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xulqini tushuntirib beradi.
Yangi 1993 yilda qabul qilingan MHTda Dj.Xiksning daromad xaqidagi umumiy ta’limotiga yanada aniqliklar kiritildi va muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar YaIM, milliy daromad, ixtiyordagi daromad, jamlash va h.k.larni hisoblash uchun aniq ta’riflar va klassifikatsiyalar ishlab chiqildi. Agar tashqi iqtisodiy aloqalar omilini hisobga olinmasa milliy daromad, iqtisodiyotning barcha sektorlarida yaratilgan qo‘shimcha qiymatlar yig‘indisiga teng. Shunday ta’rifga asoslanib, inflyatsiya natijasida yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa favqulodda sabablar bilan aktivlar qiymatini o‘zgarishi daromad hisoblanmaydi. Yangi MHTda Dj.Xiks ta’limotlari asosida daromadning yangi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi va ular taqsimlash jarayonining har xil, lekin o‘zaro bog‘liq jarayonlarini ifodalaydi. Bu tizim quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi: - birlamchi daromadlar; - pul formadagi joriy transfertlar; - ixtiyordagi daromadlar; - natural formadagi ijtimoiy transfertlar; - ixtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad; - milliy daromad; - ixtiyordagi milliy daromad.