Guruhlab o'tqazish — erkin joylashgan (to'siqsiz) o'tsimon o'simliklarning to'plami. Guruhlar toza va aralash bo'lishi mumkin va asosan ko'p yilliklardan tashkil topadi.
Gul massivlari — maysazorlarda joylashgan, baland bo'yli va o'rtacha bo'yli gullovchi va dekorativ bargli o'simliklardan iborat katta masofalar. Massivning maydoni 100 dan 1000 m2 gacha. Shakli turlicha, noto'g'ri shaklda. Ko'pincha gulli massivni qurish uchun atirgullar, georginlar, gulsapsarlardan foydalaniladi. Massiv-larda bir yoki bir necha turdagi va navdagi o'simliklar ekiladi. Agar massivga past bo'yli gullovchi o'simliklar ekilgan bo'lsa, u gulli gilam, atirgullardan iborat bo'lsa, rozariy — atirgulzor deyiladi.
Yakka o'tqazilgan o'simliklar (soliterlar) bir yillik, ko'p yillik o'simliklar bo'lib, ular yuqori dekorativ sifatlarga ega. Ular binoga kompozitsion kirishni, yo'laklardagi burilishlarni bo'rttirib turadi. Yakka o'simliklarni tanlashda ularning balandligi, gullar va barglarning dekorativ sifatlari hisobga olinadi. Ularni kuzatiladigan jOylardan o'simliklarning 2—3 karra balandligiga teng masofada o'tqaziladi.
Parterlar — to'g'ri geometrik shakldagi ko'kalamzorlashtirilgan uchastkalar bo'lib, ularni shakllantirishda asosan maysali o'simliklar ko'pchilikni tashkil etadi. Maysa ustida gulli o'simliklardan tashqari chiroyli gullovchi butalar, ayrim daraxtlar joylashtiriladi. Parter uchastka shaklida oddiy va yo'lakchalar bilan ajratilgan murakkab ko'rinishda bo'lishi mumkin. Parter kompozitsiyasiga dekorativ basseynlar, favvoralar, haykallar, ayvonchalar kiritilishi mumkin. Parterlar asosan tekis uchastkalarda barpo etiladi. Ajratilgan relyefi keskin ifodalangan uchastkalarda ular bir-biridan qiyaliklar bilan, teriluvchi devorlar bilan ajratilgan terrasalar ko'rinishida barpo qilinadi.
Toshli tepaliklar (alpinariylar) relyef ajratilgan bo'lganda yoki terrasalarda va zinapoyalar bo'ylab, toshlarni o'simliklar bilan birga qo'shib barpo qilinadi. Toshlar, past bo'yli daraxtlar va butalar gullab turuvchi maysali va dekorativ — bargli o'simliklar uchun ko'rinish vazifasini o'taydi. Ko'pincha sedum, yukki, to'shama floks, paporotniklar, piyozli o'simliklar ekiladi.
Maysazor ko/npozilsiyasi (gazon). Maysazor—boshoqfi, kamroq dukkakli o'simliklardan iborat uchastkalar bo'lib, ular zich tuproqni himoyalovchi qoplamni tashkil etadi. Urug' sepish, tabiiy o'tni yaxshilash va bir qator boshqa usullar bilan barpo etiladi. Maysazorlarning o'lchami 1 m2dan bir necha gektargacha bo'ladi. Vazifasiga bog'liq holda dekorativ, spoil o'yinlari uchun mo'ljallangan va maxsus vazifani bajaruvchi maysazorlarga bo'linadi. Bu maysazorlarning barcha guruhlari bir paytda sanitariya-gigienik vazifalarni ham bajaradi. Dekorativ maysazorlar ko'kalamzorlashtirishning yoki alohida turini yoki daraxtlar, butalar, gullar o'suvchi manzara vazifasini o'taydi. Sport o'yinlari uchun maysazorlar stadionlarda, ippodromlarda, o'yin maydonlarida barpo etiladi. Maxsus vazifani bajaruvchi maysazorlar
aerodromlarda, tosh yo'l va temir yo'l chetlarida, gidrotexnik inshootlar chetlarida barpo etiladi.
Navlar tarkibiga ko'ra maysazorlar sof — bir xil turdagi o'tlardan iborat; aralash — turli xillaridan iborat (aralash o't), gullovchi maysa o'simliklari bilan boshoqli va dukkakli o'tlar aralashmasidan iborat bo'lishi mumkin. Tarkibiga faqat boshoqli yoki dukkakli maysalar kiruvchi maysazorlar yashil maysazorlar, aralash o'tlar va gullovchi o'simliklar bilan mavritaniya yoki rang-barang maysazor deyiladi. Maysazorlar amal qilishi vaqtiga qarab bir yillik va ko'p yillik bo'lishi mumkin.
Dekorativ maysawrlarda obyektdagi o'rni va parvarish qilish soniga (qirqish yoki maysalarni o'rish) ko'ra parterli, oddiy va dala, shuningdek, mavritaniya va tuproqni qoplovchi maysazorlarga bo'linadi. Parterli gazonlar yashil massivning markaziy qismiga, odatda, haykallar guruhi yaqinida, jamoat binosiga kirish yaqinida barpo qilinadi. Maysazorlar yaxshilab, toza qilib, o'rtacha 5—7 kundan keyin qirqiladi. Parter maysazorlar asosan ko'p yillik o'tlaniing bir xil turidan (o'tloq paiirpac va maysazor OBCHHaa) barpo etiladi. Oddiy maysazor yashil massivning qolgan barcha uchastkalarida joylashtiriladi. Oddiy maysazorni barpo etish uchun turli xil butoq yog'ochi o't aralashmasidan (3—5 turdagi) foydalanish maqsadga niuvofiqdir. Maysazor oyiga bir ikki marta qirqiladi. Yaylov o'tlari shaharlardan tashqaridagi ko'kalamzor massivlarda joylashib, ko'p xil o'tlardan iborat bo'ladi: ular sun'iy yaratilgan yoki ko'pincha tabiiy o'tzordan iborat bo'ladi. Tabiiy o'tzor yerni bo'shatish, ayrim uchastkalarda maysazor o'tlarini ekish bilan yaxshilab turiladi. Maysazorni o'rish vegetatsiya davri ichida bir-ikki marta o'tkaziladi. Mavritaniya maysazorlari kam butalovchi boshoqlilarni bir yillik gullovchi o'simliklar bilan aralashtirib barpo etiladi. Mavritaniya maysazorlar va tuproqni qoplovchi o'simliklardan tuzilgan maysazorlar o'rilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |