Daqiqa qadri I. Inson miyasi


II. Hayot bu nima? O'yin!



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.03.2022
Hajmi1,25 Mb.
#475658
1   2   3
Bog'liq
Daqiqa qadri 1300 ta zakovat savollari

 
II. Hayot bu nima? O'yin!
Intellektual o'yinlarda ishtirok etish ko'pchilikda bir zumda paydo
bo'luvchi xohish va istak. Chunki biron qiziq savolni topib undan rohat tuygan
kishini, bu sohada ancha vaqt qolib ketishi tayin. Nega odamlar intellektual
o'yinlarni xush ko'rishadi?
O'ylab ko'rganmisiz?
Buni javobi oddiy hayotimiz davomida ro'paramizdan ko'ndalang
chiqaradigan savollarga, muammolarga javob axtarib o'rganib
qolganligimizdan. Ingliz psixologi G.Ayzenk fikricha hayotda uchragan
muammoni, masalani yechganda qanaqa rohatlansak, biz o'zimizni shuncha qudratli
ekanimizni go'yo, his qilgandek bo'lamiz. Turmushni oldimizga qo'yadigan
masalalariga javob qidirish hayotimiz o'zagiga aylangandek. Xuddi o'yinda
bo'lgan kabi oson yoki qiyin savollar uchraydi. Ularni kimdur oson yecha oladi,
yana kimdur ojizlik qiladi. O'z-o'zidan hayot bilimdonlarni saralay boshlaydi.
O'z-uzidan kishilar bilimdon, donishmand, donolarga ajrala boshlaydi. Sharq
allomalari hikmatlarida aytiladi, dono odam bir marta adashsa, keyingi
safar bu xatoni qaytarmaslikka harakat qiladi. Xo'sh donishmandlar-chi?
Donishmand odam umuman xato qilmaydi. Frantsiyada Xalqaro Intellektuallar
Tashkiloti(MENSA) faoliyat olib boradi. Unga har-xil kasbdagi o'ta bilimdon
va iqtidorli insonlar a'zo hisoblanishadi. Ularning asosiy vazifalari
inson intellektual imkoniyatlarini sarhisob qilishdur. MENSA chiqargan
mantiqiy testlar biron bir hududni o'rganishda, unga baho berishda mezon
bo'lib xizmat qiladi.
“Nima? Qaerda? Qachon?” o'yinining qaldirg'och «Billur boyo'g'li» sohibi
farg'onalik Nurali Latipov o'z paytida MENSA a'zosi bo'lgan. Uni fikricha
qaerda ta'lim davlat tomonidan rag'batlantirib turilsa, o'sha xalqning,
millatning intellektual salohiyati rivojlanishda bo'lar ekan. Aynan
O'zbekistonda bu borada eng ilg'or ta'lim tizimiga ega.
Hayotda uchraydigan muammo, masala yechimi shaxsan sizga ahamiyatli bo'lgani
uchun ham, u masala yechimi uchun bor iste'dodingizni, mahoratu-bilimingizni
yo'naltirasiz. Ko'p hollarda g'alaba qozonasiz. Xo'sh intellektual o'yinlarda
nega bilimdonlar ko'p savollar oldida ojiz qolishadi? Bu xususda Nuralini
bir fikrini eshitib ko'raylik:
«Menda “Nima? Qaerda? Qachon?” o'yinida qatnashish orzusi tug'ildi. Juda
qattiq hohish edi bu orzu. Va men saralash turnirlaridan juda yuqori ball
bilan o'tdim. Ammo o'yin stoliga o'tirishim bilan qaltiroq tutib, o'zimni
yo'qotib qo'ya boshladim. 3-4 marta o'ynagach, bu o'yin men uchun emas ekan deb
o'yinlardan ketmoqchi bo'ldim. Shunda Andrey Kamorin yangi jamoa tuzayotganini
va unga meni taklif etayotganini bildirdi. Shunda men oxirgi marotaba
o'yinlarda ishtirok etib o'rmoqchi bo'ldim. Oxirgi o'yin bo'lgani uchun hech narsani
o'ylamasdan hech qanaqa mas'uliyatni his qilmay o'ynadim. Va aynan o'sha o'yinda
men o'zimni topdim. Ko'pchilik bilimdonlar ruhiy to'siqlarga uchrashganda men
shu misolni aytib beraman».
Hayot ko'ndalang qo'yadigan savollarni ijobiy yechimi biz uchun nihoyatda
zarur. Kerak bo'lsa ruhiy va fizologik to'siqlar ham maqsadga erishimizda
bizga to'siq bo'la olmaydi. Teleekran qarshisidagi o'yinlarchi? Shu holatni
shaxsiy muammoga aylantira olgan bilimdonda masala yechimi oson kechadi. Bu 
A.Abdullaev
“Daqiqa qadri” www.zakovat.mtrk.uz
kitob har-hil toifa insonlar uchun mo'ljallangani bois, e'tiboringizga bir
latifa havola etmoqchiman:
Xo'ja Nasriddin bozordan 3 misqol go'sht olib kelib xotiniga yaxshi manti
qilishni buyuribdi. Xotini esa go'shtni bilmasdan ariqqa oqizib yuboribdi.
Xo'ja Nasriddin kelgach unga go'shtni mushuk yeb ketdi-deb bahona qiladi. Afandi
tarozni olib kelib mushukni o'lchab ko'rsa roppa – rosa 3 misqol chiqibdi. Shunda
xotiniga: Sen meni axmoq deb o'ylayapsanmi? Agar bu go'sht bo'lsa mushuk qayga
ketdi, agar bu mushuk bo'lsa go'sht qani?
Bu hayotiy muammolarga hazil bir nazar edi.
«Zakovat» intellektual o'yinida savollar hayotiy va holatiy tanlanadi.
Ukrainalik do'stim Boris Burdaga: “Nega bilimdonlar kadr ortidagi bor
bilimlarini televizion o'yinda ko'rsata olishmaydi”, - deb bergan savolimga
uning javobi:
-Ayniqsa debyutantlarda bu holat ko'p kuzatiladi. Toki kamerani esdan
chiqarmas ekan, u bilimdon 50 foiz, balki 30 foiz o'yinni ham ko'rsata olmaydi
Borisni fikriga qo'shilaman. Aktyor ham sahnada yoki kino maydonida
tomoshabinni yoki kamerani unutsa rolini mukammal o'ynagan bo'ladi. Ammo bu
juda qiyin masala. Qiyinligi shundaki aktyor Gamletni o'ynasa, Gamlet
obrazida boshdan oyoq harakatlanadi. Bu yerda esa hech qanday obraz yo'q, o'zini
o'ynash kerak. K.S.Stanislavskiyning shunday bir iborasi borki, u
bilimdonlarga ham juda taaluqli. Masalan aktyor uchun eng qiyin rol bu o'zini
o'ynash yoki sekin shoshiling degan (Speshite medlenno). Naqadar bilimdonlar
uchun mo'ljallangan fikr: Sekin shoshiling.
Endi asosiy mavzuga qaytaylik. Seneka insonlarni 4 qismga bo'ladi.
1. Nimanidur bilishini, o'zi ham biladigan donodan o'rganish kerakligini
maslahat beradi.
2. Nimanidur bilishini, o'zi bilmaydigan odam-uyqudagi odam, uni uyg'otish
kerak deb aytgan.
3. Hech nimani bilmasligini o'zi ham bilmaydigan odam uyg'oq odam.
4. Hech narsa bilmasligini bilmaydigan odam tentakdur, undan qochishni
maslahat berishadi.
Agar to'rttala qismni yaxshilab o'rgansangiz, albatta oxirgi 4– band eng
havfli va keraksizligini yaqqol bilinadi. Chunki 4–toifa kishilarida fikr
yo'q. Inson mukammal fikrlashi bilan boshqa jonzotlardan farqlanadi. Inson
hech narsani bilmasligi mumkin. Ammo hech narsani bilmasligini bilmaslik -
bu insonni fojeasi. 3-chi banddagi kishilar hech narsani bilmasligini
bilmasligi o'zi – fikr.
O'z-o'zidan intellektual o'yinlardagi muhim jihatlardan biri fikrni
ifodasiga ham yetib keldik. Xudoga ming qatla shukr qilamizki tilimiz
nihoyatda boy va go'zal. Xo'sh, o'sha boylikdan va go'zallikdan to'liq bahra
olayapmizmi? Menimcha yo'q. Men albatta «Zakovat» misolida aytayotganim yo'q.
Hammamiz to'liq ifodalay olmaymiz. Til tug'ilgan fikrni ifodalovchi ramz
hisoblanadi. So'z bor ekan undan xohlagancha so'zlar guldastasi yasash mumkin.
Savol tuzganimizda so'zlardan jumlalarni shunday tuzishga harakat qilamizki,
javob paytida bir so'zni yetmasligi ham bu guldastani kemtik qilib qo'yadi.
Javob paytidagi bu kabi nosozliklar oxir oqibat fikrni yaroqsiz holga
keltirib qo'yadi. Fikringizni to'laqonli so'zlar bilan ifoda eta olmadingizmi,
tamom sizda tug'ilgan genial fikr dunyo yuzini ko'rmayoq jon beradi. A.Abdullaev
“Daqiqa qadri” www.zakovat.mtrk.uz
Bilimdonlarda bir daqiqa ichida shunchalar ko'p fikr tug'iladiki, ularni
tashqariga chiqarish uchun mohir filolog bo'lish kerak. Yoki shunchalar ko'p kitob
o'qigan bo'lishi kerakki, mahorat bilan zargorona shu fikrlarni sayqallab
kerak, nokerakligini aniqlab ifoda etish talab etiladi. Tag'in bir daqiqa
ichida bo'lib o'tish kerak bu jarayon. Yaxshi bilimdon bo'lish uchun kerak
vositalardan o'ndan biri bu.
Ayrim paytlari men bilimdonlarni dunyo qarashidan shunday hayratga
tushamanki, go'yo javobi yolg'iz menga ayondek tuyuladigan savolni osonlik bilan
topib qo'yishadi. Bunday savollarning deyarli hech qanday manbasi yo'q,
kichkinagina ilmoqdan o'zim asar tuzib yuboraman goho. Masalan, mana bu
savolni eshitib ko'ring. Bu qushning 20 ga yaqin turi mavjud bo'lib, O'zbekistonda
faqat bir turi uchraydi. Bunday qushlar ko'p bo'lishi mumkin. Bir oyda tuxumdan
jo'ja ochib chiqaradi. Bir oyda tuxumdan jo'ja ochuvchi qushlar ham ko'p bo'lishi
mumkin. Yunon faylasuflari u qushni o'zlariga ramz qilib olishganligi,
bilimdonlar uchun yaxshigina ilmoq bo'lishi mumkin. Savol esa quyidagicha.
Sizlardan bu qaysi qush deb so'ramaymiz, bu qushning eng qimmatini uyida
saqlayotgan yozuvchini toping.
Ochig'i III respublika festivalida bu savol biroz qiyinlik qilishi ochiq- 
oydin edi. 20 ta jamoa ichida Andijon shahridan kelgan A-Z jamoasi bu
savolni javobini topgani diqqatga molik. Javobni topish uchun bir necha
bosqichni ko'rib chiqish kerak edi. Birinchidan bu qaysi qush ekanligini topish
kerak, ikkinchidan uni eng qimmati qaerda bo'lishini bilish kerak, uchinchidan
qaysi yozuvchini uyida saqlanishi mumkin. Agar uni boyo'g'liligi topilsa, eng
qimmati Moskvada “Chto? Gde? Kogda?” o'yinida bo'lishini aniqlash qiyin emas.
Bu yerda hatto chalg'itish xam ketyapti. Biz yozuvchi deb aytmoqchi bo'lgan kishini
ko'pchilik teleboshlovchi, kulinar – oshpaz va oddiy bilimdon deb biladi. Uni
yozuvchi ekanligi deyarli oshkor etilmas edi. Lekin u 4-5 ta yaxshigina kitoblar
muallifi. Savolning to'g'ri javobi Odessalik Boris Burda edi. 2007 yil
yakunlariga ko'ra yilning eng kuchli bilimdoniga berilgan brillant boyo'g'li
sovrinining sohibi. Bunday savollarni tayyorlash ham, unga javob topish ham
maroqli. Ammo, ayrim savollarda bilimdonlarni berajak noto'g'ri javoblari,
intelektual o'yinlarda ruhiy holatni naqadar ahamiyatligini bildiradi.
Ruhiy holat qanday tug'iladi, Ya'ni nima oqibatida paydo bo'ladi? U bevostta
o'yin jarayonida tug'iladi, paydo bo'ladi. Masalan, to'g'ri javobni topib o'rniga
butkul noto'g'ri javobni aytishda, yirik hisobda yutqazib tirish paytida,
boshlovchi yo tashqaridan berilajak ruhiy zarbalar oqibatida paydo bo'ladi.
Bunga ham bir misolni ko'rsataman. G'anisher Rahmatullaev jamoasi 1-5
hisobida yutqazayotgan paytda, ularga o'ta oddiy, jo'n, oson deb atash mumkun
bo'lgan bir savol tushdi. Savol matni tahminan quyidagicha: Bu yegulikni 5-6
yoshlik bolalar ko'proq o'yinchoq deb bilishadi. O'yinchoqlikka moyil ko'rinishga
egaligi uchun ham shunday jumla bilan ta'rifini keltirish mumkun. Yapon
yozuvchisi Xaruki Murogami «Qo'y ovi» romanida ham u yegulikni tilga olgan.
O'rtasi butun bo'lganda ham, uni mazasi o'zgarmasligini aytadi. Sandiqcha ichida
shu yegulik bor. Savol qanday yegulik?
1-soniyadayoq hamma bir ovozdan teshikkulchani topishdi. Ammo, mulohaza
davomida asta-sekin bu fikrga o'zlari qarshi chiqa boshladilar. Bu holatda
ularni yenga boshlagan narsa narsa savolni oson yo qiyinligi emas, hisobni
qaltisligi. Yana bir ochko yutqazilsa o'yinni boy berish mumkunligini his qilib A.Abdullaev
“Daqiqa qadri” www.zakovat.mtrk.uz
turish, ularni yengdi. Teshikkulcha o'rniga, hech qaerda zikr etilmagan qovoq
varianti bilan almashtirildi. Oxir-oqibat o'yin boy berildi.


Endi shunday savol qo'ysak, ruhiy holatni yengish mumkinmi? – deb. Bunga
ham aniq ha, yoki yo'q deb aytish mushkul. Kimlardur o'zlaridagi holatni yengishi
mumkin, ammo atrofdagilarni salbiy ta'sirida ikkilanib qolishi mumkin.
Ikkilanish esa salbiy ruhiy holatni keltirib chiqaradi. Bu o'yinda
bilimdonlarni 2 ta asosiy raqiblari mavjud, birinchisi savoli o'ynalayotgan
teletomoshabin, ikkinchisi o'ylash uchun berilgan bir daqiqa. Ikkinchi raqib ancha
ashaddiyroq va jiddiyroq hisoblanadi. Jarrohga yoki zargarga ishingizni
falon vaqt ichida bajaring deb, buyruq beringda, keyin ularni ahvolini
tomosha qiling. Vaqtni ketidan quvsa, sifat esdan chiqadi, sifatli bajaray
desa vaqt o'tib ketmoqda. Tajribasiz bilimdonlar shuning uchun o'zlarini
yo'qotib qo'yishadi. Ularga yo'llanma berayotgan paytimizda bir daqiqa deb
emas, o'n daqiqa deb foydalanishini maslahat beramiz. Meni eng sevimli
iboram bilan ya'ni, K.S.Stanislavskiyning «Sekin shoshilish kerak» fikrini
qayta-qayta tushuntirib, qanday qilib sekin shoshish yo'lini ularga o'rgatish
orqali yo'l-yo'riq ko'rsatamiz.
Bilimdonlarga yana bir salbiy ta'sir vositasi bor, bu ko'rinmas
boshlovchining ovozi. Bir odamni yuzini ko'rmay suxbatlashingda, keyin
ro'parama-ro'para gaplashing. Tasavvur qilayapsizmi? Yuzma-yuz o'tirgan
kishingizni ko'rib turasiz, uni qanday kiyimdaligini, soch turmagini, yuz
tuzilishi, gaplashish manerasi har qalay aniq bo'ladi. Suhbatdoshingiz xozir
nima deydi, yoki nima demoqchiligini oldindan bilishga sizda imkoniyat
bo'ladi. Umuman shou ko'rsatuvlar borki, barchasi ekrandagi boshlovchiga
quriladi.
“Nima? Qaerda? Qachon?” o'yini bu televizion qoidalarni inkor qilganlagi
bilan ham bu loyihani originalligini belgilagan. Bilimdonlar boshlovchini
faqat ovozi orqali muloqotga kirishadilar. Boshqa loyihalarda, yo tok- 
shoularda bu usul samara bermasligi mumkin. Ammo bu intellektual o'yinda
boshlovchining ko'rinmasligi o'yindagi ziddiyatni, qarama-qarshilikni,
sirlilikni yanada kuchaytiradi. Men oxirgi paytlarda nega ekranda
ko'rinmaysiz, degan savolni kamayganidan sezyapmanki, tomoshabinlar,
muxlislar yuqoridagi jihatlarni tushunib yetishmoqda. Bu yerda boshlovchining
o'zi, uning kiyimi, yuz tuzilishi, sochi ortiqcha diqqatni tortuvchi, kerak bo'lsa
chalg'ituvchi vosita bo'lib qolishi mumkin. Buni ustiga tomoshabinlardan
keladigan kuchli aql barovar qilmas savollar bir bo'lib bilimdonlarga qarshi
o'ynashadi. Va ularni ko'p hollarda yengishadi ham.
Endi boshqa masalaga o'tamiz. Yutqazgan jamoa haqiqatdan ham kuchsizmi?
Yoki boshqa sabablar ham bormi? Birinchidan «Zakovat » o'yiniga kuchsiz
jamoalar chiqarilmaydi. Bir necha chig'iriqdan o'tgan yigit –qizlargina
ekrandagi o'yinga chiqariladilar. Jamoalarni yutish-yutqazishi avvalo o'zlariga
bog'liq. O'yin oldi jarayonlaridayoq, o'yinga chiqmasdanoq uni boy berib qo'yadigan
jamoalar bor. Albatta bunday jamoalar tarqalishga mahkum. To'g'ri ular ichida
ham loyiqlari boru, ruhiy tayyorgarlik yetarli emas. Kimlarnidur ruhshunosga,
yana kimnidur quyi ligaga, toki tayyorgarligi yetarli bo'lgunicha mashg'ulotlarda
ushlash kerak. Keyin albatta yuzma-yuz sinovlar, imtihonlar qilish, ruhiy test
o'tkazish, shundan keyingina o'yinlarga jalb etish mumkin. Bu bilan sifatli
bilimdon tayyor bo'ldi degani emas. Uning qismati yana qanday jamoaga A.Abdullaev
“Daqiqa qadri” www.zakovat.mtrk.uz
tushishiga bog'liq. U yerda o'zini topa oladimi-yo'qmi bu ham muammo. Jamoada,
professional jamoada hammani o'z o'rni, vazifasi ampluasi bo'ladi. Xuddi
futboldagidek. Hujumchi, darvozabon, yarim himoyachi, himoyachilar singari.
Kimdur jamoani yuragi, yana kimdur variantlar generatori, dispetcheri.
Ichlarida albatta eruditlar, ya'ni eslab qolish qobiliyati kuchli kishilar
bo'lgani maqsadga muvofiq. 6 kishi 6 sohadan bo'lishi kerak degan aqidalar
o'zini unchayam oqlay olmadi. Qisqa tarihimiz davomida buni sinovdan o'tkazdik.
Yana hayajon, hayajon deb ikki kara aytaman, hayajonsiz hech narsaga erisha
olmaydi. Men faqat tashqi hayajonni nazarda tutmayapman. Baland ovozda,
stollarni urib, bekorchi baqir–chaqirlarni kerakli hayajon deb ayta
olmayman. Har bir savolni o'z tempi, ritmi, usuli mavjud.
Ayrim savollar o'ta bosiqlik bilan topiladi, ayrimlariga shiddat kerak.
Yana qaysidur savol kuchli mulohazani talab qilsa, yana bir savolda tassavurni
ishlatish samara beradi. Har bir savol yuqorida ayganimizdek kichik bir
badiiy asar. Har bir asarda bo'lib o'tadigan joyi, manzili, muddati,
qahramoni bo'ladi. Rejissyor oylar davomida bajargan ishni bilimdonlar bir
daqiqada amalga oshirishlari kerak. Ya'ni voqealar yechimi, kul`minatsiyasini
hal qilishi kerak. Ko'rayapsizmi qancha mashaqqat va mehnat talab qilinadigan
jarayon, bilimdonlik kasbi. Shubhasiz uni kasb deb atash mumkin. To'g'ri bugun
bu kasbga hammayam berilib, bor mahorati va vaqtini sarf qila olayotgani yo'q.
Bu keyingi bobimiz uchun mavzu. Ya'ni «Zakovatning bilimdonlari» bo'limida
so'z yuritamiz. Hozir esa e'tiboringizga «Zakovat» teleo'yinida o'ynalgan eng
sara savollarni havola etaman. Bu savollar tamoshabinlardan kelgan, lekin
hammasida kaminani mehnati bor.
A.Abdullaev “Daqiqa qadri” www.zakovat.mtrk.uz

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish