Dan, Internet va korporativ tarmoqlarga joylash orqali tijorat maqsadida foyda



Download 24,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/58
Sana06.07.2022
Hajmi24,24 Mb.
#750789
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58
Bog'liq
Komil Allamjonov - Allamjonov Aybdor

Maxsuma buvimning ulfatlari har oyda 
«gap»ga yigʻilishardi. 
Bolaligimning eng iliq, eng yorqin xotiralari.
279 / OILA MUQADDAS
Rahmatli buvim xushchaqchaq ayol edilar, qoʻshiq ay-
tishni boplardilar, chiroyli raqsga tushardilar. Qayno-
na-kelin rosa apoq-chapoq edi, uyda biror marta janjal 
koʻtarilganini bilmayman. Buvimning nimadandir jahllari 
chiqsa, eshikni qarsillatib yopib, qoʻshnilarnikiga chiqib 
ketardilar. Qaytib kelganlarida hech kimga indamas, 


280 / OILA MUQADDAS
onam esa atroflarida parvona boʻlib, koʻngillarini olish-
ga harakat qilardilar. Oyim tugʻruqxonaga navbatchilikka 
ketganlarida buvim bizga qarab oʻtirar va kelinlari buning 
uchun ulardan juda minnatdor edi.
Oʻzi har qancha rahmat aytsalar arzirdi, chunki men 
juda shoʻx bola boʻlganman. Buvimga quloq solmasdim
asablariga tegaverardim, nuqul u-bu gʻalva boshlab yurar-
dim. Toʻgʻrirogʻi, quloq solardim-u, lekin gaplari bir qu-
logʻimdan kirib, ikkinchisidan chiqib ketar, oʻz bilganim-
dan qolmasdim. Kichik singlimni koʻproq erkalaganlariga 
qizgʻangan boʻlsam kerak. Buvim har oy nafaqa olganlari-
da oʻsha singlimni uyimizning burchagidagi doʻkonchaga 
yetaklab chiqib, yurakka yaqin «seyf»dan («eng ishonchli 
seyf shu» — derdilar) pul chiqarib, unga shirinliklar olib 
berardilar. Menga esa odatda hech narsa olib bermas edi-
lar, chunki ungacha albatta nimadir ishkal chiqargan boʻ-
lardim va buvim meni shunaqa qilib tarbiyalardilar.
Uncha sirtlariga chiqarmasdilar-u, lekin baribir meni 
juda yaxshi koʻrganlar. Koʻp dakki bersalar ham, doim hi-
moya qilganlar. 
Mahallamizda bir qiz yashardi, menga rosa yoqib qol-
gandi. Uning eʼtiborini qaratish uchun jigʻiga tegib, bir 
balolar deb, jahlini chiqaradigan boʻldim. Ayol kishi seni 
sevib qolishi uchun yana nima qilish kerak axir?! Qarab-
sizki, bir kuni qizning dadasi meni aynan shunaqa qiliq 
ustida tutib olib, yoqamdan koʻtarib, yaxshilab tarsaki 


281 / OILA MUQADDAS
tushirdi. Buni koʻrib qolgan buvim burgutdek uchib kelib, 
uning changalidan meni tortib olganlar.
Faqat qizlarni xafa qilish bilan cheklanib qolmas edim. 
Qachon qarasa oʻzimdan kattaroq bolalar bilan mushtla- 
shib yurar, keyin ularning ota-onalari biznikiga shikoyat 
qilib kelishardi. Omadimni qarangki, ular doim kundu-
zi, ota-onam ishda boʻlgan paytda kelib qolishardi, uyda 
faqat buvim boʻlardilar. Buvim bolalarning dadalari bilan 
muzokara olib borishga usta edilar. 
— Oʻrgilay sendan, nima qil deysan axir? Ha endi uri- 
shib qolishibdi, bola-da! Hozir arazlashib, yana birpasda 
yarashib ketishadi, endi sen — kap-katta odam shu yosh 
bolaga qoʻl koʻtarasanmi? Qoʻyaqol, qoqindiq. Men oʻzim 
taʼzirini berib qoʻyaman.
Oʻzimiz qolganimizda meni rosa urishar, dadangga ay-
taman deb poʻpisa qilardilar, men esa dadamdan oʻlgu-
dek qoʻrqardim. Lekin yaxshilab kuzatsam, buvim hech 
qachon oʻgʻillariga aytib bermas ekanlar. Shundan keyin 
choʻchimay qoʻyganman. Bir safar aytib berganlarida 
dadam menga yomon baqirib tashladi, buvim shu zahoti 
yana himoya qilishga tushdilar:
— Voy, muncha baqirasan bolaga? Bir ogʻiz gap gapirib 
boʻlmaydimi endi senga?! Kelaqol oʻzimga, bolajonim, yigʻ- 
lama... — buvim shunday deb, meni qanotlari ostiga oldi-
lar. — Boʻldi, ikkinchi qilmaydi...


 Shundan keyin faqat onamga shikoyat qiladigan boʻl-
ganlar.
Bir safar kutilmaganda qish erta kelib qolib, gupillab 
qor yogʻib berdi. Ota-onam hali menga qishki oyoq kiyim 
olib berishmagan ekan. Ertalab maktabga buvimning 
mahsi-kalishlarini kiyib ketdim. Onam navbatchilikdan 
kelsalar, buvim: «Oʻgʻlingiz maktabga mening mahsi-ka-
lishimda ketibdi…» — debdilar. Onam oyoq kiyimimni 
koʻtarib, buvimning mahsi-kalishlarini qaytarib olib ke-
lish uchun maktabga yugurganlar...
Afsuski, oradan koʻp oʻtmay, buvimning mazalari qo- 
chib qoldi. Alsgeymer kasalligi boshlangan ekan. Endi 
ularni uyda yolgʻiz qoldirib boʻlmasdi. Buvim hech kimni 
tanimay qoʻydilar, atroflarini begona odamlar oʻrab olib, 
ularni oʻldirish uchun hujum qilayotgandek tuyuladigan 
282 / OILA MUQADDAS

Download 24,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish