Filtrlovchi qurilmalar
Filьtrlovchi qurilmalar ishlash printsipi‚ ishchi muhit va filьtrlovchi materialning turlari hamda ishchi bosim qiymatiga koʼra guruhlarga ajratiladi.
Ish rejimiga koʼra davriy va uzluksiz ishlovchi filьtrlar mavjud. Davriy va uzluksiz rejimda ishlovchi filьtrlarda jarayon choʼkma hosil qilish yoʼli bilan olib boriladi. Filьtrlovchi material gʼovaklarini toʼldirish usulida oʼtkaziladigan jarayonlar faqat davriy ishlovchi qurilmalardagina amalga oshiriladi. Bunday qurilmalarda mavjud filьtrlash usullarining barchasini ham amalga oshirish mumkin.
Uzluksiz ishlovchi filьtrlarda jarayon bosimlar farqi oʼzgarmas boʼlgan rejimlarda olib boriladi.
Bosimlar farqini hosil qilish usuliga koʼra vakuum-filьtrlar va bosim ostida ishlovchi filьtrlar mavjud.
Filьtrlardagi ishchi bosim suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi, nasos yoki kompressor bosimi‚ vakuum va markazdan qochma kuch taʼsirlari tufayli hosil qilinishi mumkin.
Texnologik maqsadlarga koʼra suyuqliklarni va gazlarni tozalovchi filьtrlar mavjud.
Barcha turdagi filьtrlovchi qurilmalarda filьtrlash yuzasi harakatsiz (sochiluvchan donador material qatlamli, toʼqima materialli‚ ramali va kamerali) va qoʼzgʼaluvchan (lentali‚ diskli va barabanli) boʼlishi mumkin. Harakatlanuvchi ishchi yuzaga ega boʼlgan filьtrlar uzluksiz ishlaydi‚ qoʼzgʼalmas yuzali filьtrlar esa davriy rejimda ishlaydi.
Davriy ishlovchi qurilmalarda choʼkma jarayon tugallangandan soʼng, uzluksiz ishlovchi filьtrlarda esa qurilmani toʼxtatmay (zaruriy hollarda) tushiriladi.
Quyida sanoat korxonalarida keng tarqalgan filьtrlarning ayrim turlarini tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishib chiqamiz.
Nutch-filьtr eng oddiy tuzilishga ega boʼlgan davriy ishlovchi qurilma boʼlib, vakuum yoki ortiqcha bosim ostida ishlashi mumkin.
6.3-rasmda vakuum ostida ishlovchi nutch-filьtr sxemasi tasvirlangan. Filьtr ochiq rezervuar 1 shaklida ishlangan. Filьtrning quyi qismida filьtrlovchi materialni tutib turuvchi panjara 4 oʼrnatilgan. Qurilmaning yuqori qismidan unga suspenziya quyiladi. Panjaraning ostki qismidagi boʼshliqda esa vakuum hosil qilinadi. Bosimlar farqi taʼsirida suspenziyaning suyuqlik fazasi filьtrlovchi toʼsiq 3 orqali sizib oʼtib, qurilmaning tubida joylashgan patrubka 5 orqali filьtrat sifatida ajratib olinadi. Qattiq faza filьtrlovchi material yuzasida yigʼilib,choʼkma qatlami hosil qiladi
Jarayon tugagach, qurilma maʼlum bir vaqt vakuum ostida qolishi sababli choʼkma qatlamining suvsizlanishi kuzatiladi. Qurilmadagi choʼkma qoʼl kuchi bilan tozalanadi. Zaruriy hollarda nutch-filьtr toza suyuqlik bilan toʼldirilib, choʼkma yuviladi.
Jarayonni harakatga keltiruvchi kuch qiymati P75 kPa.
Yopiq nutch-filьtr (6.4-rasm) 0.3 MPa gacha boʼlgan bosimlar ostida ishlashi mumkin. Nutch korpusiga 1 gʼilof 2 payvand qilingan.
Qurilma korpusining yuqori qismida joylashgan qopqoq 8 mahsus boltlar yordamida zichlab yopiladi. Qurilmaning tubidagi sferik qopqoq 4 alohida oʼqqa oʼrnatilgan boʼlib, ochilgandan soʼng vertikal yoʼnalishda (yuqoriga va pastga) surilishi yoki korpusga 1 nisbatan maʼlum bir burchakka burilib, chetga surilishi mumkin. Bu esa oʼz navbatida qurilmadan choʼkma tushirilishini osonlashtiradi. Qurilmaning silindrik korpusi tubiga tayanch panjara 6 oʼrnatilgan boʼlib, unga filьtrlovchi material (karton, belьting) toʼshaladi. Аyrim hollarda filьtr-toʼsiq sifatida tabiiy va sintetik tola qatlamidan foydalaniladi. Bu paytda himoya setkasi 7 ishlatiladi. Filьtrlovchi material ustiga oʼrnatilgan halqasimon toʼsiq 3 choʼkma qatlamini tushirish paytida uni vaqtincha ushlab turadi.
Qurilmaga suspenziya, filьtrat va siqilgan havo uchun patrubkalar hamda himoya klapani 9 oʼrnatiladi. Qurilma gʼilofiga odatda suv bugʼi beriladi. Bu paytda harorati koʼtarilgan suyuqlikni qovushqoqligi kamayib, filьtrning ish unumdorligi ortadi.
Nutch-filьtrning ish sikli qurilmani suspenziya bilan toʼldirish, siqilgan havo bosimi ostida filьtrlash, choʼkmani suvsizlantirish, filьtrni yuvish uchun uni toza suyuqlik bilan toʼldirish, choʼkmani yuvish, choʼkmani suvsizlantirish, choʼkmani tushirish va filьtr-toʼsiqni regeneratsiya qilish bosqichlaridan iborat boʼladi.
Filьtrda amalga oshiriladigan jarayonni harakatlantiruvchi kuch qiymati katta, ammo choʼkma qoʼl kuchi bilan tushiriladi. Nutch-filьtrning ayrim konstruktsiyalari choʼkmani tushiruvchi parraklar bilan taʼminlanadi. Parraklar filьtrni yuvish jarayonlarini ham tezlashtiradi.
Filьtr-presslar (6.5-rasm) davriy ishlovchi qurilmalar guruhiga kiradi. Ularning tuzilishi sodda va yuqori bosimlar (0,3÷0,5 MPa) ostida ishlatish mumkin boʼlganligi uchun sanoat korxonalarida keng tarqalgan.
Qurilma tayanch 1 va qoʼzgʼaluvchi 5 plitalar, rama 2 va drenaj plitalari 3, ikkita gorizontal oʼq 6 va zichlovchi mexanizmdan iborat boʼladi.
Qurilmaning filьtrlovchi bloki rama, drenaj plitasi va ular oraligʼiga salfetka shaklida joylashtiriladigan filьtrlovchi material 4 (belьting, karton) komplektidan iborat boʼladi. Rama va plitalar mahsus quloqchalar yordamida yoʼnaltiruvchi oʼqlarga osilgan holatda, tayanch va qoʼzgʼaluvchi plita oraligʼida, yigʼiladi.
Qoʼzgʼaluvchan plitaga 5 vint 7 biriktirilgan. Vint vositasida plita va ramalar mexanik, gidravlik yoki elektromexanik moslamalar yordamida tayanch plita yuzasiga jipslanib siqiladi. Shu tariqa qurilmaning germetikligi taʼminlanadi.
Tayanch plitaga suspenziya, yuvuvchi suyuqlik va siqilgan havo berish patrubkalari joylashtirilgan. Filьtrlovchi qurilma metall asosga 8 oʼrnatiladi. Filьtrlovchi rama va plitalarning oʼlchamlari 315x315, 630x630, 820x820 va 1000x1000 mm boʼlib, choʼyan, korroziyaga barqaror poʼlat, alyuminiy qotishmalari va boshqa materiallardan tayyorlanadi.
Har bir plita va ramada suspenziya va yuvuvchi suyuqlik kiritiladigan kanallar mavjud (6.5-rasm). Plitalarning har ikkala tomoni yuzasida vertikal drenaj kanallari 6 (ariqchalar) oʼyilgan boʼladi. Bu kanallar filьtrlovchi materialni 5 plita yuzasiga yopishib qolmasligining oldini oladi va filьtratni plita yuzasi boʼylab oqib tushishini taʼminlaydi. Ichi boʼsh rama ikkita qoʼshni plitalar orasiga joylashtirilishi tufayli choʼkma yigʼuvchi kamera 4 hosil boʼladi.
Plita va ramalardagi 1,2 teshiklar oʼqi va oʼlchami bir xilda boʼlganligi uchun ular qurilma yigʼilganda oʼzaro jipslashib, yaxlit kanallar hosil qiladi. Ushbu kanallar boʼylab suspenziya, filьtrat yoki yuvuvchi suyuqlik belgilangan tartibda harakatlanadi.
Filьtrlash bosqichida suspenziya 1 va 3 kanallar orqali rama ichidagi kameraga 4 bosim ostida haydaladi. Bu yerda suyuqlik filьtrlovchi material 5 orqali oʼtib, ariqchalar 6 boʼylab pastga, 7 va 8 kanallarga oqib tushadi. Filьtrat ushbu bosqichda ochiq boʼlgan kran orqali qurilmadan chiqariladi.
Ishchi kamera4 choʼkma bilan toʼlgandan soʼng, qurilmaga suspenziya berish toʼxtatiladi va choʼkmani toza suyuqlik bilan yuvishga kirishiladi. Yuvuvchi suyuqlik kanal 2 boʼyicha oʼtib, choʼkma va filьtrlovchi materialni yuvadi va kran 9 orqali qurilmadan chiqariladi. Yuvish jarayoni tugashi bilan, suyuqlik qoldigʼini chiqarib tashlash maqsadida, ushbu trakt boʼyicha siqilgan havo yuboriladi. Shundan soʼng plita va ramalarning orasi ochilib, choʼkma filьtr-press tubidagi idishga tushiriladi.
Shunday qilib, filьtr-pressning ishchi sikli qoʼyidagi asosiy va yordamchi operatsiyadan iborat boʼladi: filьtrni yigʼib ishga tayyorlash, suspenziyani filьtrlash, choʼkmani yuvish, rama va plitalarni ajratish, filьtrlovchi material yuzasidan choʼkmani tushirish.
Qumli filьtrlar (6.7-rasm) suv‚ suv-spirt aralashmasi va tarkibida kam miqdorda muallaq suzib yuruvchi quyqa‚ choʼkindi va zarrachalar boʼlgan suyuqliklarni filьtrlash uchun ishlatiladi. Filьtrlash bosimi R0,05MPa. Ifloslanish darajasiga koʼra davriy ravishda yuvib turiladi. Buning uchun yuvuvchi toza suyuqlik filьtrat yoʼnalishiga teskari boʼlgan yoʼnalishda qurilmaga haydaladi.
Filьtr korpusiga suspenziya 0,2:0,4 MPa bosim ostida beriladi. U filьtrlovchi material gʼovaklaridan oʼtib, patron yuzasidagi teshiklar orqali uning ichki qismiga oʼtadi. Filьtrlangan suyuqlik bosim taʼsirida patron balandligi boʼyicha yuqoriga koʼtarilib, chambarak ustidagi kameraga yigʼiladi va qurilmadan chiqariladi. Qurilmadagi patronlar bir smenada 2 martagacha siqilgan havo bilan, suspenziya yoʼnalishiga teskari yoʼnalishda, puflanib tozalanadi. Patronli filьtr (6.8-rasm) vertikal silindrik korpus ichiga oʼrnatilgan bir nechta patrondan iborat boʼladi. Patron metall yoki keramik trubkalardan tayyorlanib, uning ochiq tomoni mahsus chambarak - tutqichlar vositasida korpusga oʼrnatiladi. Metall patronlarning perforatsiyalangan yuzasi toʼgʼri silindrik yoki xochsimon shaklda boʼlib, unga filьtrlovchi material (belьting) “paypoq” shaklida kiydirilishi yoki diatomit presslanishi mumkin.
Patronli filьtrlarning ishchi yuzasi 15 m2 gacha, samaradorligi esa 99 % gacha yetadi. Barabanli vakuum-filьtrlar (6.9-rasm) hajmiy kontsentra-tsiyasi 50÷150 kg/m3 boʼlgan suspenziyalarni uzluksiz ravishda ajratish uchun qoʼllaniladi. Suspenziya tarkibidagi qattiq zarrachalarning koʼrinishi kristallar‚ ipsimon, amorf va kolloidal shakllarda boʼlishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |