D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Tarqatma materiallar va ulaming tutgan o‘rni



Download 1,26 Mb.
bet158/218
Sana15.12.2022
Hajmi1,26 Mb.
#886336
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

§. Tarqatma materiallar va ulaming tutgan o‘rni

0‘tilayotgan darsda talabalarga axborot yetkazish, ularni darsni puxta o'zlashtirishlari va faol qatnashishlarini ta’minlashda tarqatma materiallarning ahamiyati katta.
Darslarda tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda. Tarqatiladigan materialning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita talabaning qo‘lida bo'lib, uzoqdan ko‘rsatiladigan ko‘rgazmali qurollarga xos kamchiliklardan holi.
Tarqatma materiallar — ta’lim oluvchilar uchun o‘rganilayotgan mavzuga oid asosiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, hajmi uncha katta bo'lmagan (1—2 varaq) yozma o‘quv materiali hisoblanadi.
Tarqatma materiallami maqsadi, mazmuni jihatdan: a) ax­borot beruvchi, b) topshiriq beruvchi, d) bilimni nazorat qiluvchi guruhlarga bjratish mumkin.
Axborot ko‘lami katta bo'lgani sababli qisqa vaqt ichida bar­cha axborotni talabalarga to'liq yetkazib berish qiyin. Bunday paytda axborotni tarqatma material sifatida yetkazib berish mu­him rol o‘ynaydi. Bunda gaplar qisqacha yozilgan matnlar bo‘lib,




darsga tayyorgarlik ko‘rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi. ,

Tarqatma materiallardan ko'rgazmali qurol sifatida ham foy­dalanish mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli jad­val, grafik, chizmalardan juda ko‘p foydalaniladi. Ularni plakat si­fatida tayyorlash talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tash- qari:

  • talabalarga raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni og‘zaki yetkazisff ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolish- lariga ham imkon bermaydi;

  • miqdor jihatdan ko‘p ma’lumotlami doskaga yozib, tushun- tirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida 0‘qituvchi bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqa uziladi;

  • bu jihatdan ko'rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega.

0‘qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan ax­borotni namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Ta­labalar esa ham namoyish qilinayotgan materialga, ham qo‘llaridagi tarqatma materialga qarashadi. Ma’lumotlar talabalar qo‘lida bo'lishi, ularni ko‘rib turishi, tushunishi, anglashini os- onlashtiradi.
Tarqatma materiallar talabalarga topshiriqlarni hamkorlikda ishlash imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, buning uchun ishchi va- raqalar tayyorlanishi va ular asosida dars jarayonida juft bo‘lib yoki individual tarzda ishlashni tashkil qilish, shubhasiz talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta’minlaydi. Ular masala, mashq, turli jadvallarni to‘ldirish va hokazolar tarzidagi turli topshiriqlar bo‘lishi mumkin.
Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilarni bilimini tekshirish na- zorat qilishda ham keng qo‘llaniladi. Bunda nazorat varaqalari tar­zida tayyorlangan test savollari, masala va mashqlar bo'lishi mum­kin.


  1. Download 1,26 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish