§. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Hozitgi paytda o‘quv materiallari, axborotlarni ekranda ko'rsatish imkoni vujudga kelishi va rivojlanishi bilan o‘quv jarayonida erishilgan yutuqdan foydalanish keng yoyilib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Ularning gurkirab rivojlanishi turli axborotlardan samarali foydalanishga qaratilgan jami- yatning rivojlanishiga turtki bo‘ldi.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov Vazirlar Mahkama- sining 2007-yil 13-fevraldagi majlisidagi ma’ruzasida ta'kidlab o'tilganidek, «Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, ularni har bir mutaxassislik va so- halar bo‘yicha qoilash imkoniyatlarini izlash, mazkur texnologiya- larni yanada takomillashtirish jarayonlarida ishtirok etish, eng av- valo, bu boradagi bilimlarni beruvchi, targ'ib etuvchi pedagogik kadr va mutaxassislarni taqozo etadi».1
1 l.A.Karimov. Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo‘lidan yanada izchil harakat qilish, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish asosiy vazifamizdir. Xalq so‘zi, 2007-yil 13-fevral.
Axborot texnologiyalari — bu odamlarning bilimlarini rivojlanti- radigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma’lumotlami tashkil et- ish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vosi- talaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.
Zamonaviy axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi, iqtisodiy samara berish bilan birga ta’limda yangicha o‘quv metodlarini keng ravishda qo'llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, video magnitofon bilan ta’minlangan auditoriyalarda dars o‘tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Avniqsa, o‘quv jarayoniga kompyuteming kirib kelishi barcha didaktik funksiyalami mu- vafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo‘llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik tex- nologiya deb ham atalmoqda. U:
o'quvchi talabalarga o'rganayotgan mavzusi, hodisa, jarayon, faoliyat bo'yicha to‘liq, ishonchli axborot berish;
o‘quv jarayonida ko‘rgazmalilikning rolini oshirish;
talaba, o‘quvchilami xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini qondirish;
o'qituvchining o'quvchi, talabalaming bilimini, ko‘nikmalarini sinash bilan bog‘liq texnik * ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o‘rnatish;
talaba-o‘quvchilarni o‘zlashtirishi bo‘yicha obyektiv hisobot, to‘Ia va uzluksiz nazoratni tashkil etish imkonini beradi.
Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o‘rinda multimedia turadi. Multimedia komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarni yaratilishi kompyuter texnologiyalarining muhim yutuqlaridan biri bo‘ldi. Mul- timedianing vujudga kelishi amaliyotning talabi, nazariyaning rivojlanigi bilan yuz bergan bo‘lsada, keyingi o‘n yillikdagi keskin ravishda oldinga ketish eng awalo texnikaning va tizimli vositalarning rivojlanishi bilan bog‘liq. Bu shaxsiy EHMlaming rivoj- lanishi; xotira hajmini keskin ortishi; tezlik va grafik imkoniyat- larning nihoyatda kengayishi; videotexnika, lazer disk, CD-ROM kabilarda erishilgan yutuqlar hamda ularni keng ommaviy ra-
vishda tatbiq etilishi natijasidir. Ayniqsa, ma’lumotlarni tez va
samarali kichraytirish(qisish) metodlarini ishlab chiqish nihoyatda
katta rol o‘ynadi.
Zamonaviy multimedia-shaxsiy kompyuter to‘la «qurollangan»
holda displey-televizor bilan birlashtirilgan stereofonik Hi-Fi uy
kompleksini eslatadi.
Multimedia tasvirdi ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo'lgan
vosita hisoblanadi. U lotincha so'zdan olingan bo‘lib, «ma’Iumot
tashuvchi vosita» degan ma’noni anglatadi.
Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari
asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (obyektlarning fa-
zodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o‘quv materiallarini
o‘quvchi, talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi
ko‘rinishidir.
Multimedia rivoj-
lanayotgan zamonaviy
axborot texnologi-
yasidir. Uning ajralib
turuvchi belgilariga
quyidagilar kiradi: Ax-
borotning xilma-xil
turlari: an’anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar. nutq, musiqa, videofilmlardan par- chalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahsu- lotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Multimedia vositalari yordamida ishlashning quyidagi afzalliklari bor:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoni yaratiladi;
ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada ortadi;
ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoni yaratiladi;
ma’lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati yaratiladi.
olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘Iganda amaliyotda qo‘llash imkoniga erishiladi.
Shu bilan biiga uni qo‘llashning ayrim muammolari ham mavjud. Chunonchi, ta’lim uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko‘rsatmalami kompyuter dasturlari tarzida ishlab chiqish;
Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimedia ele- mentlarini qo‘llash.
POWER POINT dasturi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Ulardan foydalanib, turli mavzularda multemidia tayyorlash va dars jarayonida qo‘llash keng yoyilib bormoqda. Natijada keyingi paytda alohida videometod sifatida pedagoglar tomonidan ajratib ko'rsatilmoqda.
POWER POINT dasturida mavzuni o‘rganish yoki taqdimot materiallarini tayyorlash quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
maqsad qo'yiladi, undan-kelib chiqib g‘oya shakllanadi;
g‘oyani asoslash uchun ma’lumotlar yig‘iladi va saralanadi;
yig'ilgan ma’lumotlarni ifodalash uchun reja tuziladi;
bildirmoqchi boigan fikr matnda ifodalanadi;
mavzu, o'rganilayotgan mavzu, muammoga mos, axborotni xotirada saqlanib qolishiga yordam beradigan dizayn tanlash;
muvofiq ravishda animatsiya tanlash.
Multimediadan o‘quv jarayonida foydalanishning rivojlanishi turli-tuman multimedia mahsulotlarini, oxir-oqibatda elektron darsliklar paydo bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, axborot texnologiyalarini rivojlanishi internet tarmoqlaridan keng foydalanishga yo‘l ochdi. Shu bilan birga, multimedia vositalari- dan keng foydalanishda ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Ulardan eng asosiysi, zarur kompyuter dasturlarining yet- ishmasligidir.
Qator mavzularni qamrab olgan, real hayotga yaqinlashtirilgan RUSE (AQSh ), MEKOM (Rossiya) va boshqa dasturlar mavjud. Ulardan foyda-lanib, kompyuterlarda ishlash, talabalar o'rtasida konkurslar o‘tkazish mumkin. Lekin hali bizda ana shu dasturlarga o‘xshash iqtisodiyotni o‘rganadigan, qo‘llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan dasturlar yaratilgani yo‘q.
Undan tashqari, hozircha bizda iqtisodiy fanlardan dars o‘tishda qo'llash mumkin bo'lgan o‘quv videofilmlari juda kam. Lekin ularni talabalar bilan birgalikda yaratish mumkin. Keyingi paytda masofadan o'qitishning borgan sari yoyilib borishi, darslik, qo‘llanma]arning elektron versiyalarini yaratilishi, o‘qitish jarayonida kompyuterlardan yanada kengroq foydalanishga olib keladi.
Axborot texnologiyalarining, telekommunikatsiyalarni rivojlanishi o‘quv jarayonida telekonferensiyalarni kuzatish yoki bevosita
muloqot qilish imkoniyatini ham vujudga keltiradi. Telekonferensi- yalarni o‘tkazish uchun quyidagi apparaturalar: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlaridan foydalaniladi. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb ma- salalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masala- larni muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma’lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi.
Xulosa
0‘quv jarayonini tashkil etishda texnik vositalar muhim o‘rin tutadi. 0‘quv jarayonida eng ko‘p qoMlaniladigan va eng kam chiqim talab qilinadigan vosita bu doska bo'lib, ishlatish va o'zgartirishlar kiritish osonligi va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Bu jihatdan unga teng keladigani yo'q. Shuning uchun ham doskadan hozirgi paytda ham keng foydalaniladi. Keyingi paytlarda uni ma’lum darajada zamonaviy turlari doska-stend, doska-bloknot va boshqalar ham qo‘llanilmoqda.
Keng qoMlanilayotgan texnik vositaiardan proektor hisoblanadi. Uning turli modifikatsiyalari mavjud bo‘lib, pedagoglar ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari va didaktik imkoniyatlarini bilishi va ularni hisobga olgan holda dars o‘tish jarayonida qo'llashi zarur.
Hozirgi paytda multimedia va o‘quv, ilmiy-hujjatli filmlarni kompyuter va boshqa texnik qo‘rilmalar yordamida namoyish qilish real hayotga yaqinlashtirilgan iqtisodiy o‘yinlar orqali darsni tashkil etish tobora ommalashib bormoqda. POWER POINT das- turi multimedia tayyorlashda juda katta imkoniyatlarga ega. Lekin bizda iqtisodiyotni o‘rganadigan, qo‘llangan chora-tadbirlarning natijasini qanday bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish imkonini beradigan o‘yinlar dasturlarining yo‘qligi imkoniyatlarni chek- laydi.
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Ta’lim vositalari, real vositalar, texnik vositalar, chop etilgan o‘quv materiallari, doska, doska-stend, doska-bloknot, proektor, multimedia.
Do'stlaringiz bilan baham: |