D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi



Download 1,26 Mb.
bet144/218
Sana15.12.2022
Hajmi1,26 Mb.
#886336
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

Axborotlarni yoyish , . . . ..
n i * 4. * j- dars berishda klaster (axborotni yoyish) (klaster) metodi t ... , . ' , . , 7
metodidan ham keng foydalanilmoqda.
Klasterlarga ajratish pedagogik strategiya bo'lib, u keng qamrovli
fikr yuritish, o'rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar
o'rtasida aloqa bog'lash malakasini rivojlantiradi. Mavzu bo'yicha
talabalarni erkin ochiq fikrlashiga yordam beradi.
Bu metodni mavzu yoki uzviy savolni o'rganishning da’vat, tu­shuntirish, fikrlash bosqichida qo'llash mumkin.
«Klaster» so'zi lotincha «g'uncha, bog'lam» ma’nosini anglatadi. U mavjud bilimlarni ifodalash, muayyan mavzu bo'yicha o'ylash jarayonida yangicha fikrlar uyg'otadi. Klaster tarkibiga kiritilgan asosiy tushuncha, g'oyalar o'rtasidagi muhim bo'lgan bog'lanishlarni aniqlash, keng ko'lamli fikr yuritishni rivojlantiradi. «Atrof»ga turlicha nazar solishga o'rgatadi.
Klaster tuzishni mavzuni mukammal o'rganmasdan turib qo'llagan ma’qul. Klaster muhokama qilinayotgan tushuncha, mavzuga so'z yoki jumlaga taalluqli sifatlar ma’lum yo'nalishi bo'yicha guruhlanadi.
Klaster tuzish ketma-ketligi:

  1. Sinf doskasi yoki qog'oz varag'iga muhokama qilinadigan mavzudagi ascsiy tushuncha, «kalit» so'z yoki gap yozing.




  1. Sizni fikringizcha shu mavzuga, tushuncha , «kalit» so‘zga tegishli bo'lgan so‘zlar yoki gaplami yozing.

  2. Yozilgan tushuncha, g‘oyalar o'rtasida bir-biriga mos bog'lanishni o‘rnating.

  3. Imkoningiz boricha turli variant, g‘oya, fikriarni ko'proq yozishga harakat qiling. Eslaganingizning barchasini yozing.

Klaster tuzilishining asosiy qoidalari:


  1. Xayolingizga kelgan barcha fikriarni yozing. Bu fikrlarning ma’nosi haqida o'ylamang, muhokama qilmang, shunchaki, yozib olavering.

2. Imlo va boshqa xatolarga parvo qilmang. Ular yozish ni ke- chiktiradi.

  1. Sizga berilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agar dilingizdagi barini yozib bo'lib, fikr kelishi to'xtab qolsa, u holda yangi fikr, g‘oya kelgunicha qog'ozga so‘zlar o‘rtasidagi bog'lanishni chizib o'tiring.

  2. Imkoni boricha ko‘proq aloqadorlikni toping. Bog‘lanish mumkin bo'lgan so'z, g'oyalarni, ularning oqimi va ular o'rtasidagi bog‘lanishni cheklab qo'ymang.

Klaster ma’lum tushuncha yoki hodisa haqidagi fikriarni ken- gaytirish, turlicha yondashib, muhokama qilish vositasi hisoblanadi. Masalan, iqtisodiyotda eng ko‘p qo‘llaniladigan, duch kelinadigan, hammaning manfaatiga tegishli kategoriya - narx. Narx tushun- chasi asosida klaster tuzaylik. Buning uchun xayolimizga kelgan barcha so'z, tushuncha, g’oyalarni yozib chiqamiz. Ular quyidagicha bo'lsin:


va hokazolarni yozib chiqishimiz hamda ularni aloqadorlikda quyidagicha chizmada aks ettirishimiz mumkin:

Navbatda tushunchaning bir-biriga o'xshash xossalarini


Narx
Tadbirkorlik



hisob- kitob vositasi
arzon
naf
bozor narxi narx turlari
iqtisodiyotni tartiblash rentabellik chakana narx narx funksiyalari


bozor
qimmat
o‘lchov vositasi mahalliy bozor ulgurji demping jahon
ijtimoiy himoya zarar


talab
taklif


raqobat
xarid
muvozanat chakana narx foyda




umumlashtirib, klaster tashkil etuvchilarni toifalarga ajratamiz. Va uni chizmada ifodalab, bog'lanishni aniqlab, ko‘rsatamiz.

Bu klasterni nihoyatda keng tuzish mumkin, chunki iqtisodi- yotdagi faoliyat natijasi oxir-oqibat narxga kelib taqaladi.
Klaster juda moslashuvchan strategiya, uni barcha fanlarni o‘rganishda individual yoki guruh tarzida qo'llash mumkin.
Klaster «aqliy hujum» uchun misol bo‘ladi. Odatda, «aqliy hu­jum» metodini qo'llab, dars o‘tganda ham, klaster bo'yicha ishlab chiqilgan, berilgan javoblar bo'yicha ham, umumlashtiruvchi turkumlarga ajratib chiqish amalga oshiriladi. Bu esa talabalarda axborotni turkumlash qobiliyatini rivojlantiradi, fikriarni tizim- lashtirishni o'rganish imkonini beradi.
Axborotlarni turkumlarga ajratishning izchilligini taminlash uchun:

  1. 0‘rganiladigan mavzu bo'yicha mavjud fikriarni yozib olish.

  2. Olingan axborotlarni u yoki bu sifatiga ko'ra umumlashtira- digan nisbatan umumiy tushunchalami topish.

  3. Ularni doskaga yoki daftarga yozib, dastlabki yozilgan fikriarni ajratib, yozib chiqamiz.

  4. Taqsimlash jarayonida talabalar u yoki bu tushunchani o'zgartirishlari, yangilarini yozishlari mumkin.

  5. Kichik guruhlar bir-birlarini ishlari bilan tanisha olish imkonini beradigan usullar topishi lozim.

«Narx» klasteri bo'yicha tushunchalami umumlashtiruvchi turkumlarga ajratamiz:

  1. Narxning funksiyalari:

  • o'lchov va hisob-kitob qilish;

  • iqtisodiyotni tartibga solish;

  • taqsimlash;

  • ijtimoiy himoya vazifasi.

  • 2. Narxning turlari:

  • erkin narx;

  • ulgurji narx;

  • chakana narx;

  • monopol narx;

  • jahon narxi va hokazolar.




0‘qituvchining quyidagi maslahatlarga amal qilishi darsni mu- vafaqqiyatli o‘tkazishga yordam beradi:


  • axborot turkumlashning yagona to‘g‘ri usuli yo‘q. Bir kichik guruhdagi turkumlash ikkinchisidan farq qilishi mumkin. Faqat ta- labalar o‘z fikrlarini asoslab berishlari zarur;

  • u yoki bu ishni taqqoslamang, alohida ajratib ko‘rsatmang. Bu guruhda shaxsiyatparastlikni keltirib chiqaradi. Ishni talabalar- ning o‘zlari baholashsin;

  • talabalarga tayyorlagan turkum siz tayyorlagan va turkum- lagan klasterdan farq qilishi mumkin. Talabalarni- mustaqil fikrlashga o'rgatmoqchi ekanmiz, ularga erkinlik berish va o‘z fikrlarini bayon qilishga imkoniyat yaratish kerak;

  • umumlashtiruvchi turkumlash natija emas, jarayon sifatida muhim. Chunki u talabalarni o‘ylashga, fikrlashga majbur qiladi.

Klasterni pedagoglar ko‘proq «anglash», «tushunish» fazasida qo‘llagan maqul deyishadi. Chunki bunda o‘quvchi-talaba o‘quv materiallarini nafaqat mustaqil va faol o'zlasinirishi, balki o‘z tu- shunchalarini kuzatib borish imkonini ham beradi.
Axborotni yoyish metodiga o'rganilayotgan fanga qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib, flkrni chizma, rasmlarda ifodalashni kiritish mumkin. Bunda, ayniqsa, talabalarga yozilgan matnni chizma (sxema)da ifodalashni topshirish ularni mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, voqyea, hodisalarning bog'lanishi, natijasini tezda ilg‘ashga o'rgatadi. Har sxema o‘ziga xos klaster.

  1. §. Mantiqiy, mustaqil fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatuvchi metodlar

0‘quvchi-talabalarni mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, o‘rganayotgan fan, berilgan turli fikrlar orasidan eng keraklisini tanlab olishga, o‘z fikrini hi­moya qilishga, asoslashga o‘rgatadigar> qator metodlar mavjud. Ulardan eng diqqatga sazovorlaridan biri «Blits-o‘yin» bo‘lsa, ik- kinchisi «FSMU» metodi.
«Blis-o‘yin* Texnologik jihatdan o‘yin o‘tkazish bir necha
bosqichga bo‘linadi. Berilgan topshiriqni awal har bir «‘quvchi-talaba o‘zi bajaradi. So‘ngra kichik-kichik guruh va butun guruh miqyosida birgalikda muhokama qilib, ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda har bir talaba o‘z fikrini o‘tkazishga, uning to‘g‘riligini isbotlashga harakat qiladi, shu bilan birga boshqalar bi­lan hamfikr bo‘lishiga yordam beradi.




Buning uchun o‘qituvchi topshiriq mazmuni bayon qilingan tarqatma material tayyorlaydi. Darsda o‘quvchi-talabalarga o‘yin bir necha bosqichda o‘tkazilishi, buning uchun vaqt berilishini ma’lum qiladi. Bajariladigan vazifani tushuntiradi. Tarqatma mate- rialdagi jadvalda bajariladigan harakatlar berilgan.

Dastlab har bir o'quvchi-talaba o‘zi ana shu harakatlar ketma- ketligini belgilangan tartibda jadvalda alohida ajratilgan ustunga qalamda belgilab chiqishi lozimligi tushuntiriladi. Buning uchun har bir o'quvchi-talaba materialni sinchiklab o‘rganishi zarur. Vazifa yakka tartibda bajariladi.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish