«Oziq-ovqatga yuqori narxlami rag‘batlantirish kerak. Biz har bir odamning yeyish uchun oziq-ovqati bo‘iishini xohlaymiz*
Haqiqatan ham «Baholar rag‘batlantimvchi stimul tarzida amal qiladi. Agar baholar haddan tashqari past bo‘Isa, dehqonlaming ix- tiyoriy ravishda hamma uchun zarur bo'lgan ovqat tayyorlanadigan ekinlami ekishga rag ‘ bat i past bo'ladi. Nisbatan yuqori baholar ulami ixtiyoriy ravishda bunday ekinlami ekishni ko'paytirishga olib keladi*.
Qo'shimcha misollami o‘rganib, ko'rsatilgan iqtisodiy prin- siplardan kelib chiqib, yechimi tekshiriladi.
Iqtisodiyotni o‘rganishda va tadqiq qilish iqtisodiy topishmoq, paradokslami yechishda deduktiv fikr yuritishni taqozo qiladi. Bu yerda «deduktiv* fikr deganda, ilmiy jihatdan iqtisodiyot bizni ma’lum prinsiplar, ilmiy taxminlar bilan qurollantiradiki, ulardan masala, muammolami yechishda foydalanamiz. Ulardan foydala- nish o'quvchilarga go'yoki start maydoni — foydali va foydasiz mu- lohazalarni ajratishga yordam beradi.
Quyidagi ilmiy taxminlardan tadqiqiy masalalami yechishda
foydalanish mumkin. Iqtisodiy paradokslarning javoblari qo‘yidagilarga tayanadi:
Kishilar tanlaydilar.
Tanlov xarajatlar bilan bog'liq.
Odamlar rag'batlantirishga qanday qarashlarini oldindan taxmin qilish mumkin.
Odamlar iqtisodiy tizim yaratadilar. U o‘z navbatida individual tanlov va stimullarga ta’sir etadi.
Odamlar iqtisodiy almashuvdan doimo yutadilar.
Odamlaming tanlovi kelajakda namoyon boMadigan oqibat- larga olib keladi.
Bozoming kamchiliklarini hukumat to‘ldirishi mumkin.
Paradokslar kabi topishmoqlami tayyorlab kelishni o‘quvchi- talabalaming o‘ziga topshirish ularni fikrlashga, u yoki bu kate- goriya, tushuricha, atamalarning mazmuni, o‘ziga xos alohida ahamiyatga ega jihatlariga, xususiyatlariga diqqat qaratishga o‘rgatadi. Bunda ana shu xususiyatlarini qay darajada to‘g‘ri ifodalashlariga va boshqa qator mezonlariga ko‘ra tayyorlangan topishmoqlar baholanadi. Topishmoqlar o‘rganilayotgan mavzular va ularda muhokama qilinadigan savollatga bogMab o'rganiladi.
Iqtisodiy topishmoqlar o‘ziga xos mashq-savol tarzida quyidagicha tayyorlanishi mumkin: Masalan, Uyning egasi uyini ijaraga berib pul topdi. Uyni ijaraga olgan kishi shu yerda kichik korxona ochib, mahsulot chiqarib sotdi va bu faoliyatdan pul topdi. Bu yerda kim tadbirkor hisoblanadi? (Javob: Kichik korxona och- gan.)Bunday mashq-savol tarzida topishmoqlami individual tanlov tarzida o‘tkazgan ma’qul. Chunki, bunday topishmoq tayyorlash har bir talabaning qo‘lidan keladi.
Iqtisodiy kategoriya yoki tushuncha, hodisalami o‘rganish uchun she’riy topishmoqlar, topqirlik masfaqi sifatidagi krossvord- lar tanlovini kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkazish optimal hisoblanadi.
Bunda, guruhni kichik guruhlarga bo‘lib, har bir kichik guruh- ga topishmoq yoki krossvord tayyorlash vazifa qilib berilishi mumkin.
Masalan, buxgalteriya hisobi fanidan balansni o‘rganishda topishmoqlar konkursi o‘tkaziladigan bo‘ldi, deylik. Bunda baholash mezoni tayyorlab, o'quvchi, talabalarga beriladi va unga ko‘ra nimalarga diqqat qaratish lozimligi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |