D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


S mahsulotga sarflangan eneigiya yoki energiya sig'imi; s



Download 1,26 Mb.
bet149/218
Sana15.12.2022
Hajmi1,26 Mb.
#886336
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

S mahsulotga sarflangan eneigiya yoki energiya sig'imi; s ishchi va xodimlarning malakasi, mahorati; s bosh menejer (ijrochi direktor) va menejerlaming malakasi va mahorati;
S tabiiy sharoitning qulayligi yoki noqulayligi.
Talabalar fikrini aytib bo‘lgach, 0‘qituvchi auditoriyada sanab o‘tilgan va boshqa omillar xarajatlar miqdoriga ta’sir ko'rsatadi. Endi ana shu sanab o‘tilgan omillardan eng muhim 5 tasini ajratib ko‘rsating, deya murojaat qiladi. Javoblami individual yoki kichik guruhlar miqyosida umumlashtiriladi. Bunda muhimligi jihatidan birinchi 0‘ringa qaysi bir omilni qo‘yish, qolganlarini ahamiyatiga ko‘ra tutgan o‘rinlari belgilanadi. Bu awalgi metodni o'rganganimizdek amalga oshirilishi mumkin.
Misolimizda aytaylik:

  1. bosh menejer (ijrochi direktor), menejerlaming malakasi va mahorati;

  2. texnika va texnologiyalar darajasi talabga javob berishi;

  3. mehnat unumdorligi;


  1. xomashyo narxi;

  2. mahsulot sifati.

Talabalar nima sababdan aynan u yoki bu omilni birinchi, ik­kinchi va hokazo o'rinlarga qo‘yganlari sababini asoslab berishadi. 0‘qituvchi javoblarga o‘z munosabatini bildirib, talabalaming javoblarini baholaydi. Yoki baholash jadvali tayyorlab, talabalar bi­lan birgalikda baholab chiqiladi.
Iqtisodiy fanlarai Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tash o‘rganishda maqollar kil etish o‘qituvchidan faqat chuqur bilim- gma emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini, dars berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladi. Jumladan, iqtisodiy fanlardan dars berishda xalq pedagogikasi yutuqlaridan keng ravishda foy- dalanishni bilish ham muhim ahamiyatga ega.
Xalq pedagogikasi asrlar davomida shakllangan, rivojlangan bo‘lib, xalq tomonidan yaratilgan hayotiy an'analar, udumlar, marosimlar, bayramlar va boshqalarda o‘z aksini topgan, tarbi- yaning eng dolzarb masalalarini hal qilishga qaratilgan umum- bashariy, umuminsoniy g‘oya va maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Iqtisodiy qarashlar ma’lum bir davrda xalqning an’analari, udumlari yaratilgan tajribalar orqali kishilarga ta’sir etgan bo‘lsa, diniy qarashlaming shakllanishi tufayli ular diniy nuqtayi nazardan axloqiy normalar, qonun-qoidalarda mujassamlashgan va kelgusi avlodga yetkazilgan.
Xalqning ta’lim-tarbiya borasidagi tajribalari, qarashlarini o‘zida mujassamlashtirgan, etnopedagogikada alohida o‘rganiladigan, durdona fikrlar bu maqollardir. Xalq yaratgan g‘oyat ixcham, chuqur ma’noli gaplar — maqollardir. G.Fuller fik- richa «Maqollar katta ma’noni uch-to‘rt so‘z bilan ifodalanadigan shaklidir».
Maqollar odamlamining hayoti va turmushi jarayonida to‘plagan tajribalari, dunyoqarashi, o‘zi yashab turgan ijtimoiy ha- yotga munosabati, hayotning ibratli saboqlari, shaxsning ruhiy ho- lati, umid va orzularini ifodalaydi. U xalqning kuzatuvi va xulosasi tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun ham yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa, ulaming axloq va odobiga ijobiy ta’sir ko'rsatishga qodir. Qadimdan maqollar tarbiyalovchi rol o'ynagan. Bir tomondan pedagogik g‘oya, ikkinchi tomondan tarbiyaviy ta’sir, ta’lim berish funksiyasini bajargan. Shu tufayli ta’lim-tarbiyada samarali metod sifatida ulami keng qo‘llash ijobiy natija beradi.




Maqollar bu q‘tmish emas, balki xalqning doimiy yangraydi- gan jo'shqin ovozi. U bugunnigina emas erta uchun ham ahami- yatini yo‘qotmaydi. Maqollaming o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tinglovchiga o‘git-nasihat yo‘sinida badiiy o‘xshatishlar orqali aytiladi. Yoki keng ma’noli flkmi osongina tushunishga yordam beradi.

Barcha xalqlarda mehnatga yo'llash, halollik pedagogikaning bosh vazifasi. Ular maqollarda ham o‘z ifodasini topadi. Tarixiy va pedagogik tajriba shuni ko‘rsatadiki, mehnat shaxsni axloqiy, aqliy, jismoniy kamol topishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Dangasalik xalqlar tomonidan hayot kechirishga yot bo'lgan xislat sifatida do- imo qoralangan. Mehnat orqali tarbiyalash insonning ulug‘vor, mehnatsevar, izchil va mas’uliyatli bo'lishiga olib keladi.
Xalq mehnatni jamiyat taraqqiyotidagi rolini hisobga olibgina qolmay, mehnatni uning natijasini qadrlashga o‘rgatgan. Barcha xalqlarda mehnat, halollik ulug‘langan. Ularni iqtisodiy pedagogi- kada, iqtisodiyotni o‘iganishda muvaffaqiyat bilan qo'llash mum­kin.
Shu bilan birga shunday maqollar borki, ular iqtisodiyotdagi murakkab kategoriyalarni. osonlik bilan tushunishga yordam beradi. Masalan, iqtisodiyotda me’yoriy naflilikning pasayib borishi mavjud, Ne’matning navbatdagi birligini xarid qilib, tasarrufidagi tovarlami ko‘paytiradigan xaridor uchun ular qadrining pasayishi bilan bog'liq. Kundalik hayotda ham qadr-qimmat tushunchasi, odatda cheklangan kamyob ne’matlarga nisbatan qo'llaniladi. Ehti- yojlar to'yingan sari nafliligi kamayib boradi. Ular nisbatan murak­kab tushunchalar bo‘lib ularni o‘rganishda naflilik nazariyasi mohi- yatini ifodalovchi «Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q», «Xolva- ning ozi shirin», «Tuya bir tanga qani bir tanga, tuya ming tanga mana ming tanga* maqollaridan foydalanish mumkin. Yoki iqti­sodiyotda resurslaming cheklanganligi, ayniqsa, inson uchun eng cheklangan resurs vaqt ekanligiga diqqat qaratilgan «Vaqting ketdi, naqding ketdi* yoki sarf-xarajatlarni hisob-kitobini olib borish naqadar muhimligini ifodalovchi «Hisobini bilmagan hamyonidan ayrilar*, «0‘ylab-o‘ylab jo‘yak olsang, o‘ynab-o‘ynab sug‘orasan», «0‘ylamay uchgan qo'narga joy topolmas* resurlarsiz, ularni bir- lashtirib ishga solinmasa hech narsa yaratib boimasligini ta’kidlovchi: «Buromad bo'lmasa daromad bo'lmas*, «Xolva degan bilan og‘iz chuchimas» kabi maqollarini tegishli mavzu, savollar muhokamasida qo‘llash mavzuning, masalaning mohiyatini o'quvchi-talabalarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Ularni




o‘rganilayotgan mavzulaiga bog'lab qo'llaniladi. Masalan, budjet parametrlarini aniqlash haqida fikr yuritganda «Ko‘rpangga qarab oyoq uzat», daromad taqsimotini o'rganishda «Daromadga qarab, buromad», talab va taklif, bozor narxini shakllanishida «Uydagi narxni bozordagi baho buzar», yer taklifining mutlaq noelastikligiga diqqat qaratilgan «Puling bo‘Isa yer ob kabi maqollami qoilash mumkin.

Iqtisodiyotda halollikning ahamiyati katta. Iqtisodiy faoliyat ehtiyojlar, manfaatlar, maqsad va ularni realizatsiya qilish uchun qaratilgan faoliyat bilan bog'Iiq ekan, o‘z manfaatini ko'zlagan - holda birovni haqiga xiyonat qilish uchun ko‘ngil sust ketishi, yo‘ldan ozish imkoniyati mavjud. Shuning uchun xalqimiz hallolik- ni ulug‘lovchi uning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ifodalovchi bir qator maqollar ijod qilgan. Ularni tadbirkorlik va kichik biznes masalalarini o‘rganishda qo‘llash mumkin.
Ayniqsa, o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni bilan bog‘liq maqollami qidirib topishni o‘quvchi-talabalarga topshiriq qilib be- rish ulami qo‘yilgan masalaning mohiyatini tushunishga, ijodiy izlanishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
Iqtisodiy topishmoqlar va Xalq pedagogikasi barcha sohalarni paradokslar tanlovi 1amrab OI^an- «Xalqning tayanchi-
ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanishimiz lozim»1
Qadimdan xalq pedagogikasida topqirlikni tarbiyalash, zehrmi o'tkirlash, fikrlash qobiliyatini o‘stirishda qo‘llaniladigan xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida eng ko‘p tarqalgan janrlardan biri — to- pishmoq (jumboq)lardir. 0‘z xususiyatiga ko‘ra topishmoqlar ikki va undan ortiq kishi o‘rtasida qizg‘in bahslar, tortishuvlar orqali olib boriladi.
Yosh avlodning fikrlash qobiliyatini o‘stirish va mustaqil faoli- yatga o‘rgatishda topishmoqlar muhim ahamiyatga ega. Odatda topishmoqda narsa, buyumlaming bir necha belgilari aks etadi va unga qarab topishmoq javobi topiladi. Javob topish uchun ulami taqqoslash,. chuqur, atroflicha mushohada yuritish talab qilinadi. Topishmoqlardan bog‘chadan boshlab, ya’ni insonda dastlabki mu­shohada qilish shakllanishidan boshlab to umrini oxiriga qadar foy- dalanish mumkin.
Topishmoqlar aqlni yuqori darajada bo'lishini, o‘zida axloqiy



Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish