Tadqiqot tafsiloti:
Ma’lumki, bozor xo'jaligida ssuda kapitali vujudga keladi. Bunda pul qo'shimcha fazilat, foyda keltirishga ega bo'Iadi.
Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz bo'Iadi. Bu uning ma’lum ehtiyojni qondirishda pulning xossasidan foydalanilgani uchun beriladigan haq bo'Iadi.
Ssuda kapitaliga talab va taklif asosida muvozanatlashgan ssuda foizi belgilanadi.
Odatda, bozor va o'rtacha foiz normasi farqlanadi. Bozor foiz normasi bozordagi ma’lum vaqt mobaynida belgilangan foiz bo'lib, bozor kon'yukturasiga bog'liq. U iqtisodiyotdagi o'zgarishga qarab, tebranib turadi. O'rtacha foiz normasi uzoq muddat davomida uning o'zgarish harakatini ifodalaydi.
Ssuda kapitaliga bo'lgan talab va taklifga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
ishlab chiqarish hajmi;
jamg'arilgan pul hajmi;
ishlab chiqarish sikllarining tebranishi;
ishlab chiqarishning mavsumiy sharoitlari;
inflatsiya sur’ati;
davlat tomonidan foiz stavkasining boshqarilishi;
xalqaro omillar.
Tadqiqot o'tkazish jarayonida o'qituvchi savollar bilan murojaat qilib, pulga talab va taklifning hajmiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashga ta’sir ko'rsatadi. Pulga talabga ta’sir ko'rsatuvchi omillardan foiz stavkasi bo'lib, uning o'zgarishi pulga talabni o'zgarishiga ta’sir qiladi.
Talabalar ikkinchi grafik bo'yicha o'z flkrlarini bildiradilar.
Grafikdan ko'rinib turibdiki, foiz stavkasi yuqori bo'lganda kreditga talab kam, aksincha, foiz stavkasi kam bo'lganda talab ko'p. Buni sababini talabalar turlicha izohlashlari mumkin. Lekin shunday xulosa chiqariladiki, bank kreditiga foiz stavkasi yuqori bo'lganda talabni kamayishiga sabab, tadbirkorlar olgan foydalari- dan foiz to'laydilar. Agar olgan foydalari to'laydigan foizlarga nisbatan kam bo'lsa, o'zlariga qoladigan miqdor qoniqtirmasa, kredit olishmaydi. Kredit olganda foiz stavkasi past bo'lsa, olingan foy- dadan qarz(foizi bilan) to'lash imkoni kengayadi. Natijada tavakkal qilib kredit olishga intilish kuchayadi.
Shu bilan birga, foiz normasi ta’sir ko'rsatmaydigan holat ham mavjudligini (a) rasmdan ko'rish mumkin. Bunda pulga talab darajasiga foiz stavkasi bog'liq bo'lmaydi. Unda, asosan, tovarlar narxi, pul birligi oboroti tezligi bog'liq bo'lib, foiz stavkasi ta’sir ko'rsatmaydi.
O'qituvchi «pul taklifi 200 mlrd. so'm bo'lganda muvozanat qanday bo'lishini aniqlash uchun nima qilishimiz kerak?» degan savol bilan auditoriyaga murojaat qiladi.
Talabalar turlicha fikrlar aytishadi. Ular ichida eng to'g'ri fikr birinchi navbatda, transaksion talab bilan foiz stavkasiga ko'ra talabni birga qo'shganda umumiy talab qancha bo'lishi mumkinligini aniqlash. Buning uchun har ikki grafikni bitta grafikda ifodalaymiz. U holda shtrixlangan Dt — pulga transaksion talab chizig'i bilan, Dr — pulga foiz stavkasiga ko'ra talab chizig'i kesishgan nuqta umumiy talabni ifodalaydi.
Biz puiga umumiy talabni aniqladik, endi muvozanat darajasini aniqlashamiz kerak. O'qituvchi talabalarga yana murojaat qiladi: «Qanday qilib muvozanat o'matamiz?»
Dr — pulga foiz stavkasiga ko‘ra talab chizig‘i;
Dt — pulga transaksion talab chizig'i;
Dm — pulga umumiy talab;
Sm — pul taklifi;
E — pul taklifi (Snl) — 200 milliard so'm bo'lganda pulning muvozanat nuqtasi.
Ikkinchi navbatda, biz umumiy pulga talabni aniqladik, endi taklif 200 milliard so'm bo'lganda muvozanat darajasini aniqlashi- miz kerak.
Agar pul taklifi 200 milliard so'm bo'lsa, muvozanat quyidagicha o'rnatiladi.Chunki, pulga umumiy talabimiz Dt bilan Dr ke- sishgan nuqtada edi. Pul taklifi 200 milliard so'm bo'lganda mu- vozanatni topish uchun bu nuqtani Sm taklif egri chizig'iga ko'chiramiz. Muvozanat E nuqtada bo‘ladi.
Pul taklifini kamayishi bilan foiz stavkasi oshayapti yoki aksincha. Demak, biz ikkisidan birini tanlashimiz kerak. Pul-kredit siyo- sati yuritilayotganda mamlakatdagi sharoitga, Markaziy bankning maqsadiga ko'ra, foiz stavkasini oshirish yoki pasayishi tanlanadi. Ssuda foiz stavkasini pasayishi investitsion faoliyatni kuchayishiga olib keladi. Chunki, kreditga talab ortadi, degan xulosa chiqariladi.
Darsni o'tkazishda o'qituvchi o'rganiladigan mavzu bo'yicha tayyorgarlik ko'rishni, axborot, ma’lumot dalillarni to'plashni talabalarga awaldan topshirishi mumkin.
Bu usulda butun guruh birgalikda bank ishi fanini yaxshiroq
tushuntirishga intiluvchi izlanuvchilarga aylanishadi. Lekin bu uslubni qo'llash oson emas.
Birinchidan, bu metod bilan dars o'tish ko'p vaqt talab qiladi. Qo'yilgan muammoni tatbiq qilishga e’tibor qaratilib, boshqalari keyinga surilishi yoki qolib ketishi mumkin.
Ikkinchidan, tadqiqot uslubi asosida dars o'tish guruh tala- balarining barchasini qobiliyati bir-biriga yaqin, fikrlash darajasi yuqori bo'lishini talab qiladi. Bunga erishish qiyin.
Uchinchidan, tadqiqot uslubi o'qituvchidan chuqur bilim, tajriba, iqtidor talab qiladi. Chunki, tadqiqot o'tkazish-uchun o'qituvchining o'zi ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi, tadqiqot jarayonida yuz beradigan har qanday kutilmagan hodisa, talabalar tomonidan qo'yilgan savol, masala yoki muammoga javob berishga tayyor bo'lishi, tadqiqot o'tkazilayotgan masalani yechishda me- toddan foydalanish mahoratiga ega bo'lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |