D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


To'g'ri javobni alohida ajratib ko'rsatish



Download 1,26 Mb.
bet85/218
Sana15.12.2022
Hajmi1,26 Mb.
#886336
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

To'g'ri javobni alohida ajratib ko'rsatish. Agar suhbat chog'ida bir necha fikr bildirilgan, turlicha javoblar berilgan bo‘lsa, to‘g‘ri javobni albatta ajratib ko‘rsatish, iloji boricha daftarga yozib qo‘yish yoki tarqatiladigan materialda bo'lishi kerak
Xulosa

  • Insonda tahliliy hamda tanqidiy fikrlash savol qo'yishdan boshlanadi. Shuning uchun savollarni qo‘ya bilish, ularga hech bo‘lmaganda qoniqarli javob olish katta ahamiyatga ega. Savolsiz dars o‘tib bo‘lmaydi. Shu bilan savollar yordamida qator model­lashtiruvchi o‘yinlar tashkil etish, yangilarini o‘ylab topish mum- kinki, ular so‘zsiz talabalarni fanni puxta o‘zlashtirishlariga yor­dam beradi.

  • Og‘zaki javobga asoslangan yana bir metod suhbat metodi bo‘lib, u ham fanni o‘rganishning qadimiy metodlaridan sanaladi. Shu bilan birga hozirda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Suhbat qatnashuvchilarda bilim olish, o'qish o'rganishga istak tug‘diradi. Har bir dars metodini o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari maz­kur metodlarga ham taalluqli bo'lib, dars o'tishda hisobga olish lozim.

Asosiy tayanch tushuncha va atamalar
Savol-javob (blits-so‘rov), axborot xarakteridagi savollar, tas- diqlovchi-mustahkamlovchi savollar, faraz qilish, tahlil qilishga un- dovchi savollar, so'zsiz savol, suhbat, metodning afzalliklari, me­todning kamchiliklari.


Takrorlash va munozara uchun savollar




  1. Dars o'tishda auditoriya oldiga savol qo‘yishning qanday nliamiyati bor? Savol-javob eng ko‘hna, keng tarqalgan va hech eskirmaydigan metod deb ayta olamizmi?

  2. Nima sababdan har qanday bilish faoliyatining asosida savol yotadi, deymiz?

  3. Dars o‘tish jarayonida parta, stol-stullar joylashuvining qan­day ahamiyati bor?

  4. Savollarni qanday guruhlarga bo'Iish mumkin?

  5. Savol berish va unga javobni baholashda o'qituvchi qanday qoidalarga rioya qilishi lozim?

  6. Suhbat metodi qanday metod hisoblanadi? Sizningcha, nima sababdan bu metoddan o'qituvchilar dars jarayonida keng foydalanadilar?


  1. bob. GURUHLARNI JUFTLIK KICHIK GURUHLARGA BO‘LIB DARS Q‘TISH


Iqtisodiy fanlarni o'rganishda talabalarni darsga faol qatna­shishlarini ta’minlovchi hamda boshqa-metodlar bilan birgalikda qo'llash, talabalarni bir-birlariga ta’sir ko'rsatish imkoni keng me- todlardan biri guruhlarni juftlik va kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish metodidir. Mazkur bobda ana shu metodlar asosida dars o'tishni tashkil qilish, uning ijobiy tomonlari va kamchiliklari bilan tanishamiz.

  1. §. Kichik guruhlarga bo'lib dars o‘tishning boshqa metodlardan farqi

Iqtisodiy fanlarni o'qitishda muvaffaqiyatli ravishda qo'llanilayotgan metodlardan biri talabalar guruhlarini juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishdir. Bu uslubda asosiy mas'uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladi.
Ilg'or mamlakatlar, shuningdek, mamlakatimiz pedagoglarining tajribasi kichik guruhlar tufayli ta’lim oluvchilar o'rtasida ancha mustahkam munosabat o'rnatilishini ko'rsatadi.
Kichik guruhlarga boiib dars o'tish:

  1. o'quvchi-talabalarni hamkorlikda ishlashga, bilish jarayo­nini faollashtirishga, ularda kommunikabellik, kirishimlilik, bosh- qalarning fikrini eshitishni o'rgatadi;

  2. berilgan topshiriqni birgalikda bajarish jarayonida o'rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga moyillik paydo bo'Iadi;

  3. savollarni aniq shakllantirishni, beradigan javoblarni asoslab berishni o'iganadilar;

  4. ta’lim oluvchining potensial imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga yordam beradi. Bilmaganlarini bir-birlaridan so'rab o'rganish imkoniyati yaratiladi. Ta’lim oluvchilar bilimini o'zaro hamkorlikda boyishini ta’minlaydi;

  5. tortinchoq talabalar o'z bilimlari, mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega boiadilar;




  1. qobiliyatli, iqtidorli o‘quvchi-talabalar o'z qobiliyatlarini namoyish qilish, boshqalarga yordam berish, ularga o‘rga(ishIari va ulardan ham nimanidir o'rganishlari mumkin;

  2. kichik guruhlarda ishlash har bir o‘quvchi-talabaga, o'zini guruhning bir boiagi sifatida his qilish, bir-birlarining muvafTaqi- yatlarini ko'rsatishga o‘rganadilar.

Kichik guruhlarga boiib dars o‘tish samarali boiishi uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

  1. Dars materialini o'zlashtirish jarayonida talabalar jamoa bo'lib ishlashi kerak.

  2. Har bir guruhda albatta aiochilar bo'lishi, kichik guruh tarkibi aralash boigani (qizlar, yigitlar) ma’qul.

  3. Butun guruh va alohida talabani taqdirlash tizimi ko'zda tu- tilgan bo'lishi lozim.

Tadqiqotlar yana shuni ko'rsatadiki, o'quvchi, talabalarni ki­chik guruhlarga bo'lib dars o'tishni tashkil etishning o'zi yetarli emas ekan. Kutilgan natijaga erishish uchun yana ikki komponent: guruhni rag'batlantirish va shaxsan mas’uliyatni his qilish mexa- nizmi va uni rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish kerak ekan. Agarda guruh miqyosida rag'batlantirish yetarli bo'lmasa, guruh a’zolari o'z o'rtoqlari o'tilayotgan darsni o'zlashtirishiga uncha ahamiyat bermay qo'yadi.
Guruhlarni kichik guruhlarga boiishni qanday qoidalar yoki tamoyillar asosida amalga oshirish lozim, guruhlar qanday tuzil- ganda yuqori samara beradi degan savolga aniq javob, universal qoida yo'q. Guruhlarni kichik guruhlarga boiishda:

  1. qo'yilgan ta’lim maqsadlari, shakli, natijasi;

  2. beriladigan topshiriq, texnologik xarita bo'yicha qo'llashni moijallagan ta’lim metodi va usullarini hisobga olishimiz kerak.

O'quvchi-talabalarni kichik guruhlarga boiishda tasodifiy bel- gidan foydalanishimiz mumkin:

  • auditoriyada joylashganliklariga qarab boiib chiqish mumkin.

O'qishdagi natijalarga ko'ra:

  • baravarlashtirish guruhi sifatida tashkil qilinganda, kichik guruhlarga turli darajada o'qiydigan talabalar birlashtiriladi;

  • qoilab-quwatlash va rivojlantirish guruhi tarzida tashkil qi­linganda, iqtidorli talabalar, o'qish darajasi nisbatan pastroq guruh­larga ajratiladi.

Bajariladigan topshiriqqa ko'ra juftlik, 4—5 kishidan iborat yoki undan ko'p o'quvchi-talabalardan tashkil topgan guruhlarga boiish mumkin.




Kichik guruhlarni faoliyat ko'rsatishi vaqti, bir topshiriqni ba- jarguncha amal qiladigan guruhlar, bir necha mashg'ulot mo­baynida birgalikda ishlaydigan guruhlar, tarkibi o‘zgarib turuvchi guruhlar tarzida tashkil etish mumkin.



Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish