D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


§. Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari



Download 1,26 Mb.
bet171/218
Sana15.12.2022
Hajmi1,26 Mb.
#886336
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   218
Bog'liq
maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi

§. Mustaqil ishlash va izlanishning asosiy shakllari

Mustaqil ishlash quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Dars o‘tilgandan so'ng bajariladigan ishlar, uy vazifalarini bajarishda darslik, o‘quv qo'llanmalari bilan ishlash, konspekt tay­yorlash.

  2. Tipik topshiriqlami yechish. Bunda talaba awalgi bilimlarini xotirasida qayta tiklaydi va qisman qayta o'zgartirib, aniq top- shiriqlarda qo'llaydi. Masalan: masala, mashq yechish;

  3. 0‘rganilgan bilimlami tipik boMmagan sharoitda qo‘llash. ’ Talaba o'rgangan bilimlaridan yangi sharoitda foydalanadi. Sharoit- larda ma’lum umumiylik bo‘lishi mumkin.

  4. Ijodiy faoliyatga asos yaratish. Bunda talaba o‘rganilayotgan sohaning mohiyatiga tushunadi, uning yangi munosabat, bogianishlarini aniqlaydi, g'oyalar va tushunchalami yangi shar- oitga bog'laydi.

Barcha mustaqil ishlar talabalarda ijodiy ishlash ko‘- nikmasini hosil qilishga qaratilgan. Talaba ijodiy ishlashga o'rgatilmasa, u ma’lum mavzuga oid materiallarni turli man- balardan ko‘chirib kelish bilan kifoyalanib qolishi ham la o‘zi


mustaqil fikr bildirishga qiynalishi mumkin1.


Mustaqil ishlarni individual - didaktik maqsadlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ham 4 guruhga ajratish mumkin:

  1. Bilimlami dastlabki shakllanishiga, idrok qilishga undaydi- gan vazifalar. Bunda o'quvchi-talabalar maqsadga erishishi uchun nima talab qilinishini bilishi lozim. Vazifalar — axborotlarni, ma’lumotlarni o‘zlashtirishga qaratilgan boMadi.

  2. O'zlashtirishga axborot, ma’lumotlarni xotirada saqlash va qayta jonlantirish va qayta ishlashga qaratilgan topshiriqlar. Bunda, awal egallangan bilimlami faollashtirish asosida bajariladigan hamda aniq sharoitda tatbiq etish talab qilinadigan vazifalar.

  3. Awal o‘zlashtirilgan, qolipga tushgan, tajriba to‘planishi natijasidagi bilim, malaka, ko‘nikmalarga yangicha nuqtayi nazar- dan yondashishni talab qiluvchi topshiriqlar. Ularda masalaning mohiyatini izlash, yangicha yechimlar topish, yangicha g‘oya, fikrlar bilan ifodalashni talab etiladigan vazifalar.

  4. Ijodiy faoliyatga undovchi topshiriqlar.

Bunda, yangi yoki oldindan ma’lum bo‘lsa-da, ungacha bosh- qacha nuqtayi nazardan qaralgan g‘oya, fikrlarni tadqiq qilish, ya’ni axborotlar to'plash, ular ustida ishlash, o‘z fikrini bildirishga undaydigan topshiriqlar, vazifalar beriladi.
Mustaqil ishlarning ajralmas qismi bu mustaqil tahsildir. 0‘quvchi, talabalaming mustaqil tahsili ularni o‘z bilimlarini ken- gaytirish, chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalami tako- millashtirish hamda ularning yangilarini o'zlashtirishga bo‘lgan in- tilishidir.
Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi o‘quvchi-talabalarni shaxsiy va kasbiy sifatlarini shakllantirishda o‘z ustida ishlash ustunligidir. Mustaqil tahsilning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ish- lashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng zarur axborotni topish, unga baho berish, ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi.
Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs) ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  • ayrim nazariy mavzulami o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • Prezident asarlari va iqtisodiy masalalarni tadqiq qilishga


1 Рочинский B.M. «Азбука педагогического труда» М., 1990. стр. 33.
426








Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish