MEZONLAR
|
Maksimal
ball
|
1. 0‘rganilayotgan kategoriyani topishmoqda ifodalash mahorati.
|
2
|
2. Iqtisodiy kategoriya, tushunchalarning mazmunini ifodalovchi sifat jihatlarini ko'rsatish mahorati.
|
1
|
3. Iqtisodiy kategoriya, tushunchaning o‘ziga xos tomonlariui ko'rsatish mahorati.
|
1
|
4. Topishmoqda badiiy va iqtisodiy terminlardan foydalanish mahorati
|
1
|
Jami:
|
5
|
Maksimal balldan kelib chiqqan holda uni mavzu bo‘yicha beriladigan ballga moslashtiriladi.
Tanlovda har bir kichik guruhdan bir vakil chiqib, o‘zlari tayyorlagan topishmoqni aytishadi. Mavzu bo‘yicha bir kichik guruh to'qigan topishmog‘i quyidagicha boMsin:
«Tarozining pallasi» To‘rda turar kerilib,
Talab qilar tenglikni. Ustav kapitali-yu,
0‘zida qamrab olgan Asosiy vositalar.
Iqtisodiy kenglikni. Tenglik buzilsa magar,
Oldi-sotdi, o'zgarish Demak, qilingan xato!
Huijatlarda yig'ilib, Sababini ko‘rsating,
Unda aksinl topar Qanday nom unga ato?
Boshqa kichik guruhlar topishmoqni javobini aytishadi hamda topishmoqda o'rganilayotgan kategoriya qay darajada ifodalan- ganiga baho berishadi.
(Javob: balans. Tenglik bo‘lishi shartligi xo‘jalikda bajarilgan operatsiyaning albatta ikki yoqlama yozuv - bir schetning debetida, ikkinchisining kreditida aks ettirilishi.) Topishmoq ayrim kam- chiliklariga qaramay, unda korxonadagi barcha muomalalar, ular turli hujjatlardan yig‘ilib oxir-oqibat balansda aks etishi, balansning aktiv qismida o‘zining salmog'i jihatiaan asosiy vositalar, passiv qismida ustav kapitali birinchi o‘rinda turishini koTsatishga harakat qilingan.
Shunday tarzda boshqa kichik guruhlar tayyorlagan topishmoqlar ham muhokama qilinib, baho beriladi. Eng yuqori ball to‘p!gan
guruh aniqlanadi. Ularni qanday taqdirlashni har bir o‘qituvchi o‘zi
hal qiladi.
Iqtisodiy kategoriyalami o‘rganishga qaratilgan krossvordlami
ham topishmoq, o‘ziga xos topqirlik mashqi sifatida tanlovini
o‘tkazish mumkin.
Bunda krossvodlami baholashda uning biron bir shaklni
ifodalashi yoki simmetriyasi, o'rganilayotgan tushunchalarning
ifodalanishiga ahamiyat berish zarur. Krossvodlar tanlovini fanni
yoki uning biron bir bo‘limini o‘rganishni yakunlayotganda qo‘llash
kerak. Chunki, bunda o‘quvchi, talabalar asosiy tushuncha, kate-
goriyalarni o‘rganib bo'lgan bo‘lishadi. Quyidagi krossvordni misol
tariqasida ko'rsatish mumkin:
Katakchalarga mos ravishda ko‘rsatilgan strelka bo‘yicha iqti-
sodiy tushunchalarning harfini joylashtiring:
Qaytarish sharti bilan
ta’lum bir muddat ishlatib turish
uchun olingan tovar yoki pul.
Tovarlar va xizmatlarning
nafliligini baholash vositasi
bo'lib, ularga tolanadigan pul
miqdorini ifodalovchi tushun-
cha.
Sarflangan xarajatlamjng
olingan daromadlardan oshgan
qismi.
Biror ish yuzasidan keyinchalik hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul, oziq-ovqat va h.k..
Olingan daromadning qilingan xarajatlardan oshgan qismi.
Vaqtincha foydalanib, ma’lum foiz bilan qaytariladigan, ya’ni foydalanganlik uchun haq to‘lash sharti bilan qarzga beriladigan, foiz shaklida foyda keltiradigan capital.
Taqsimlanadigan narsa, pulning biror kimga tegadigan yoki tegishli qismi, bo‘lagi.
YalMdagi mehnat omilining ulushi, belgilangan ta’rif va stavka asosida to‘lanadigan ish haqi (asosan soatbay).
Aksiyadorlik jamiyatining ustavida qayd etilgan pul ifodasi- dagi dastlabki, boshlang‘ich kapital.
Insonning biror bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash (sotish) uchun ishlab chiqarilgan ne’mat.
Ayirboshlash, olish-sotish bilan bogMiq muomala, savdo-
sotiqdan tushgan pul, oldi-sotdi jarayonida narx ustida tortishuv
Qo‘lga kiritilgan yutuq, g‘alaba, muvaffaqiyat.
Krossvordning javobi: 1) qarz; 2) narx ; 3) zarar; 4) avans; 5) foyda; 6) ssuda; 7) ulush; 8) maosh; 9) ustav; 10) tovar; 11) sav- do; 12) zafar.
Bu metodni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida keng qo‘llash mumkin. Chunki, u ularning yoshiga, musobaqalashishga ishqivozliligi juda mos tushadi.
Xullas, iqtisodiy fanlardan dars o'tishda mavzular mazmu- nidan, unda qo‘yilgan maqsadlardan kelib chiqib maqollar, paradoks va topishmoqlar tanlovini qo‘llash o‘quvchi-talabalarni o‘z ustida mustaqil ishlashga, ijodiy izlanishga yo‘naltiradi. Ular iqtisodiy tafakkurni shakllanishiga yordam beradi. Raqobatbardosh mu- taxassis bo'lish uchun esa o‘z ustida tinmay izlanish, ijod qilish talab etiladi. Izlanuvchan, ijodiy fikrlovchi kadrlarga esa doimo ehti- yoj katta.
Xulosa
Iqtisodiy fanlami o'rganishda tatbiq qilinadigan metodlar ora- sida fanlaming xususiyatidan kelib chiqib, o'rganilayotgan mavzu- larga moslashtirilgan holda qo‘llaniladigan qator metodlar mavjud.
Ular orasida iqtisodiy fikrlashni muvoflq ravishda bildirilgan flkrlarning eng maqbulini tanlash va tavsiyalar ishlab chiqishni o‘rgatishga qaratilgan tahliliy-ijodiy vazifalami guruh bo'lib yechish metodi, matnning mazmunini tadqiq qilish, taqqoslash, shaxsiy taj- riba bilan bog'lash va o‘z munosabatini bildirishni o'rgatadigan tanqidiy nazar metodi, axborotlarni kuzatishni ma’lum bir may- don — jadval va grafiklar orqali lfodalash va ular orqali g'oyalar, tavsiyalar, takliflar berishga o‘rgatadigan semantik (ma’nosini ifo- dalash) xususiyatlar tahlili metodi va boshqalar muhim o‘rin tutadi.
0‘quvchi-talabalarni ijodiy fikr yuritish, bildirilgan fikrlarni taqqoslab, baho berish ko'nikmalarini shakllantirishga o‘rgatadigan qator metodlar bor. Ularga delfa metodi, konseptual (mohiyati, asosini ifodalovchi) jadval, xarita asosida fanni o‘rganish metodi va boshqalami kiritish mumkin.
Keng qamrovli fikr yuritish, o‘rganilayotgan tushuncha (kategoriya, hodisa)lar, g‘oyalar o'rtasida muhim bo‘lgan bog‘lanishlarni aniqlash, keng ko‘lamli fikr yuritish malakasini shakllantirishga qaratilgan metod, pedagogik strategiya tarzida qo‘llash mumkin bo‘lgan klaster (axborotlarni yoyish) metodi, murakkab g‘oya, iqti-
sodiy tushunchalarni bir nechagina so'zlar bilan ifodalashni o‘iganish orqali mavzuni yaxshiroq anglashga, o'zlashtirishga yor- dam beradigan sinkveyn (axborotni yig‘ish) metodi fanni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
0‘quvchi-talabalami o‘qiyotgan kitoblari, maqola va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o‘qish jarayonida materialning (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, jadval, sxema kabilar ) har bir satr boshi (yoki qismi)ning mazmunini baholash orqali, chiqar- gan xulosasiga muvofiq ravishda o‘z munosabatini bildirishga o'rgatuvchi insert metodi, mantiqiy mustaqil fikrlashga, harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga va baholashga o'rgatuvchi. «Blits-o‘yin» metodi, o‘quvchi-talabalami mustaqil, erkin fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga, o‘quv jarayonida egallagan bilim- larini baholashga, bahslashish madaniyatini va unga rioya qilishni o‘rgatadigan FSMU metodi alohida o‘rin tutadi.
Bu metodlarni o‘rganishdan maqsad bo‘lg‘usi iqtisodchi peda- goglar eng samaralilarini tanlab, ularni o‘iganilayotgan fan va uning mavzulariga moslashtirgan holda qo'llashni oVrganishlarini ta’minlashdir.
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar
Kitob ustida mustaqil ishlash, «muallifdan so'rang» usuli, tan- qidiy nazar, sitata, sharh, B/B/B jadvali, insert metodi, T-sxema, semantik xususiyatlar tahlili, konseptual jadval, «sinkveyn» metodi, blits-o‘yin, FSMU metodi, «Delfa» metodi, iqtisodiy paradoks, iqtisodiy topishmoq.
Takrorlash va munozara uchun savollar
0‘quv va ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil ishlashni o‘rgatuvchi metodlarga qaysi metodlarni kiritgan bo'lar edingiz?
Kitob bilan mustaqil ishlashni bilish qanday ahamiyatga ega deb o‘ylaysiz? Siz o‘zingiz adabiyotlar bilan qanday ishlaysiz?
Taqqoslash, baholashni o'rgatuvchi metodlar qanday metodlar? Boshqa metodlardan qay jihatlari bilan farq qiladi?
Axborotlarni yig'ish metodi qanday metod? Bu metodni dars o'tishda qo'llay olasizmi?
Nima sababdan «Klaster» metodini axborotlarni yoyish metodi sifatida ko'ramiz? Bu metod qaysi jihati bilan ahamiyatli?
Qaysi metodlar taqqoslash, baholashni o'rgatadi: bu metod-
larni iqtisodni o‘rganishda qanday qo‘llash mumkin?
Mantiqiy, mustaqil fikrlash va o‘z fikrini himoya qilishga o‘rgatuvchi metodlarni sanab bera olasizmi? Bu metodlarning afzalligi nimada?
Iqtisodiy paradoks yoki iqtisodiy topishmoqlar tanlovi o‘tkazsangiz, nimalarga e’tibor bergan boMardingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |