§. Mustaqil ishni tashkil qilishning xususiyatlari va tamoyillari
Talabalaming mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo'lib, ulami bir qismi o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan. Uni har bir o‘quvchi-talaba bajarishi shart. Ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya’ni talabalar o‘z xohishi bilan mustaqil bajarishlari mumkin.
Mustaqil ishlarini tashkil etish o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi:
Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyati, uni o‘quvchi-taIabaning o‘zi tashkil qiladi. Muvafaqqiyatga erishish uchun uning o‘zi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qo'rqmay o‘z ustida ishlashi kerak. Buni esa o‘quvchi-talabaning o‘zi rejalashti- radi va amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |