D tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi


Keys «sase study method»ni qo'llash



Download 0,89 Mb.
bet138/214
Sana18.01.2022
Hajmi0,89 Mb.
#385054
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   214
Bog'liq
D. tojiboyeva, A. Yo‘ldoshev maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Keys «sase study method»ni qo'llash.

Metodni qo'llab dars o'tish uchun o'qituvchi quyidagicha muammoli vaziyatni ifodalagan topshiriqlar tayyorlashi lozim.

Tarqatma materiallar:

1-topshiriq

Kichik korxona kostyum shim tikib sotishni yo'lga qo'ydi.







Sentabr

2007-y.

Oktabr

2007-y.

Noyabr

2007-y.

Dekabr

2007-y.

Yanvar

2007-y.

Fevral

2007-y.

Kastyum shim o'rtacha narxi, so'm

60.000

70.000

75.000

60.000

55.000

52.000

Sotish hajmi, dona

500

500

600

600

500

300

Olingan foy­da, ming so'm

500

1000

1500

600

250

60


Berilganlar asosida

  1. talab elastikligini hisoblang.

  2. talab elastikligi va foydani o'zgarishiga qarab xulosa chiqaring va qaror qabul qiling.

Qaror qabul qilish uchun siz yana qanday ma’lumotlar yiqqan bo'lar edingiz?

2-topshiriq



Kichik korxonada ayollar ko'ylagi tikiladi. Tayyor mahsulotda ish haqining ulushi 30%. Kichik korxonada 10 ta tikuvchi ishlaydi. Oylik, sotish hajmi va foyda quyidagicha:

Oylar

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

IX

X

Sotish

hajmi,

mln.so'm

1,5

1,2

1,4

1,5

1,51

1,49

1,48

1,45

1,4

1,3

Olingan

foyda,

mln.so'm

0,3

0,15

0,2

0,12

0,12

0,12

0,12

0,11

0,10

0,095


Korxona egasi tayyorlanayotgan ko'ylaklar uchun olinayot- gan materiallarning narxi ortib borayotgani, lekin tayyor






ko'ylaklarning narxini oshirish, xaridorni yo‘qotishga olib kelishini hisobga olib, noyabr oyidan boshlab ish haqini umumiy xarajatlardagi ulushini 20 foizga tushirishini e’lon qildi? Siz qanday qaror qabul qilasiz? Qaroringizni asoslang. Qaror qabul qilish uchun yana qanday ma’lumotlar to'plagan bo'lar edingiz?


Mikrokeysga misol bo'laoladigan quyidagi muammoli vaziyatga diqqat qiling: Malikaning oldida, yaqin kelajagida ikkita muqobil yo‘l, boshqacha qilib aytganda, loyiha turibdi. Birinchi yo‘l, to'rt yil davomida bankda oddiy xizmatchi bo'lib ishlab, yiliga 2160 ming so'm daromad topish.

Ikkinchisi — bir yil «Bank-moliya akademiyasi»da o'qib, malakani oshirish. Malaka oshirish uchun 2 mln. so'm to'lanadi. Akademiyani tugatgach, unga uch yil mobaynida tijorat bankida marketing bo'limi boshlig'i o'rnini va’da qilishyapti. Bu uch yil davomida uning maoshi har yili 100 ming so'mdan ortiq bo'lishi mumkin.

Malika qaysi yo'lni tanlagani ma’qul? Siz qanday qaror qabul qilgan bo'lar edingiz? Tanlagan yo'lingizni to'g'riligni qanday asoslab bergan bo'lar edingiz?

Talabalar javob berayotganda o'qituvchi bu muammoni yechishda inson kapitaliga investitsiya nuqtayi nazaridan yon­dashib, hisob-kitob qilish va uning asosida qaror qabul qilinishiga e’tibor berishi kerak.

Topshiriq individual yoki kichik guruhlarga mo'ljallab tayy- orlanishi mumkin. Shunga ko'ra muhokama jarayonida har bir talaba yoki kichik guruh zarur hisob-kitoblarni bajaradi, o'z fik­rini aytadi, bildirilgan fikrlar juda xilma-xil yoki o'xshash bo'lishi mumkin. O'qituvchi ularga yakun yasab, qaysilari alo­hida diqqatga sazovor ekanini ajratib ko'rsatadi. Munozaraga yakun yasaydi.



  1. §. Metodlarning afzalliklari va kamchiliklari

Hozirgi kunda ko'rinib turibdiki, har qachongidan ham yoshlarni murakkab masalalami yechishni bilishlari va axborotlami tahlil qilish asosida, chuqur o'ylab qaror qabul qilishni o'rganishlarini hayotning o'zi taqozo qiladi.

Tanqidiy va tahlil qilib fikr yuritish, ma’lum bir savol bo'yicha o'z fikriga ega bo'lishi va uni mantiqiy mushohada qilish asosida himoya qilishni o'rganishni talab qiladi.





Tahliliy fikr yuritish orqali inson u yoki bu g'oyalar bilan tani- shar ekan, uni amalga oshirilishi qanday oqibatlarga olib kelishini his qilishga o'rganadi. Buning natijasida bilish an’anaviy jarayon si­fatida individuallikni ruyobga chiqaradi va chuqur mushohoda yu­ritish, uzluksiz va mahsuldor bo'lishi ta’minlanadi.


Tanqidiy hamda tahliliy fikr yuritish esa ma’lum bir o'quv jarayoni muhitida shakllantiriladi.

Tahliliy fikrlash o'quvchi-talabalarda vaziyatni baholash, asoslangan qaror qabul qilishni, shaxs sifatida kamol topish uchun sharoit yaratadi.

Boshqa metodlar kabi «Aqliy hujum» va «sase study method»ining ham o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. «Aqliy hujum», sase study (keys stadi) metodini qo'llash:

  • tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi va obyektiv bo'lishga o'rgatadi, obyektiv baho berishga intilish kuchayadi.

  • axborotlarni ichidan eng zarurlarini tanlab olishga, tahlil qil­ish, xulosa chiqarish va qaror qabul qilishga о rgatadi;

  • turli axborotlar o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ko'ra bilish malakasini hosil qilishga yordam beradi;

  • boshqalarni fikriga diqqat qilish, boshqalar bilan fikr almash- ishni o'rgatadi;

  • savol berish va boshqalar bilan samimiy bo'lishga o'rgatadi;

® intuitiv ravishda his qilishni rivojlantiradi;

  • mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantiradi;

  • talabalarni o'zaro munosabatlariga ijobiy ta’sir qiladi.

Shu bilan birga sase study (keys stadi) metodi o'zining amali­yot bilan boshqa metodlarga nisbatan yaqinligi tufayli:

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash tajribasini o'rgatadi;

  • talabalarga bilim, tajriba, kuzatuvlar nuqtayi nazaridan muammo yechimiga turlicha yondashuvlar bilan tanishish imkonini beradi;

  • vaziyatga bog'liq ravishda muqobil yondashuvlami tadqiq qilish uni o'zicha tahlil qilish, muammoni ko'ra bilish tajribasini o'rgatadi;

  • boshqarishni, o'z fikrini qat’iy himoya qilishni, boshqalar oldida o'z fikri, xulosa va dalillarini asoslashga o'rganadi. Bosh- qaruvda sodir bo'ladigan jarayonlarni yaxshi tushunishga imkon beradi;

  • turli yechimlar qabul qilish va qabul qilingan qarorlar uchun mas’uliyatni o'z zimmasiga ola bilishni o'rgatadi;





  • muammoni amaliy yechish ko'nikmasini shakllantiradi va rivojlantiradi, muammoli vaziyatdan chiqishni o'rganishga ko'maklashadi;

  • muammoning yagona yechimi yo‘qligi va uning boshqa muqobil variantlari borligini o'rgatib boradi;

  • nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olislmi namoyish qiladi;

  • ko‘plab yechimlar topish va ulardan to'g'risini tanlash imkonini beradi.

Aqliy hujum, keys stadi metodi o'quvchi talabalarni darsda faol qatnashishlari va olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llash imkonini berishi bilan birga bu metodni boshqa metodlar bilan birgalikda qo'llash mumkin. Bu jihatdan keys metodining imkoniyatlari keng, uni turli tarzda qo'llash mumkin. Ayniqsa, modellashtiruvchi o'yin tarzida o'tkazish imkoniyati katta hamda kutilgan natijaga erishish imkoni yuqori. Shuning uchun bu me­todni ko'pincha, taqlid qilish, imitatsiya metodi sifatida ham ko'riladi.

Kamchiliklari:



  1. Metodni qo'llash ko'p vaqt talab qiladi.

  2. Katta guruhlarda qo'llash qiyin.

  3. Tahlil etish ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilganligi tufayli barcha o'quvchi-talabalarning o'rganish darajasida farq katta bo'lishi, ayniqsa, bilim darajasi turlicha bo'lgan guruhlarda bu farqni yanada ortishiga olib kelishi mumkin.

Ko'rinib turibdi, metodning afzalliklari ustun, lekin Keys me- todidan dars jarayonida hozircha kam foydaianiladi. Bunga sabab!

  • konservatizm, yangi o'qitish metodlariga shubha bilan qarash;

  • keyslar ishlab chiqish va keys metodi asosida dars o'tish uchun maxsus metodik adabiyotlar yo'qligi;

  • keyslar ishlab chiqish ko'p vaqt talab qiladi va hammaning ham qo'lidan kelavermaydi;

  • real voqelik asosiga qurilgan keyslar ishlab chiqish uchun zarur ma’lumotlar topish qiyinligi;

  • o'qituvchilarda shu metod asosida dars o'tish uchun tajriba yetishmaydi.

Shuning uchun o'rganilayotgan fandagi qaysi mavzularni keys stadi metodini qo'llab dars o'tish samaraliroq ekanini aniqlab



chiqish va qo'yilgan maqsaddan kelib chiqib kcvslar tayyorlash kerak.

Keyslami javobini o‘qituvchilarning o‘zi oldindan (ayyorlashi, ular asosida muhokomani qanday o'tkazishni loyihalashl irishi lozim. Sababi vaziyatni yechimini topishdagi turli fikriarni taqqoslash eng qiziqarli jarayon bo‘lib, aynan ana shu jarayonda har bir talaba vaziyatga baho berishni o‘rganadi.

0‘qituvchilarni keys metodini qanday tarzda qo‘llashlariga bag‘ishlangan seminar - treninglar o‘tkazish bu metodni targ‘ib qil­ish va qo'llashda yaxshi natijalar berishi mumkin.

Xulosa


Aqliy hujum metodi — qo'yilgan muammo, masala, savolga nisbatan barcha o'quvchi-talabalarning o‘z fikrini bildirishini ta’minlash asosida ularni darsga faol qatnashish, o'z nuqtayi nazaridan yondashishga yo‘naltirish, bildirilgan fikriarni saralashga o‘rgatuvchi metod.

Bu metodning turli modifikatsiyalari mavjud bo'lib, guruhdagi barcha o'quvchi-talabalarning bildirgan fikrlari, takiflari, g'oyalari saralanadi va eng samaralilari tanlanadi.

Keys stadi metodi «sase study method» - o'quvchi-talabalarni qaror qabul qilishga o'rgatishda muammoli vaziyat hosil qilib, uni yechishni o'rganish metodi. U talabalarni muammoli vaziyatdan chiqib ketishga o'rgatadi.

O'qituvchi shunday muammolarni tanlashi lozimki, u bar- chaga tushunarli bo‘lsin. Vaziyat haqida to‘liq tasawurga ega bo'Iish uchun axborot to'plash va undan foydalanish, axborotni qayta ishlashga alohida ahamiyat berish zarur.

Bu metodlarning o'ziga xos kamchiliklari bo lishiga qaramay, iqtisodiy fanlarni o'rganishda qo'llash imkoniyatlari katta.

Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar



«Aqliy hujum» metodi, «fikrlar hujumi» usuli, «fikrlarning shiddatli hujumi» usuli, «sase study method», fikr, g'oya to‘plash, g'oya, takliflarni saralash, tahliliy-ijodiy vazifalarni birgalikda baja­rish, muammoli vaziyat, tavakkal qilish, muammoni o'rganish, qaror qabul qilish.





Takrorlash va munozara uchun savollar

  1. Dars o‘tish metodlari orasida, «aqliy hujum» metodining . tutgan o‘mi qanday?

  2. Metodni qo‘llashning asosiy bosqichlarini aytib bering

  3. Siz shu metod asosida dars o‘tganingizda nimalarga e’tibor qaratgan bo'lar edingiz?

  4. «Sase study method» ning sizga qaysi jihatlari yoqadi?

  5. Iqtisodiy fanlardan dars o'tganda «sase stady method»ini qo'llashning imkoni ham, ahamiyati ham katta degan fikr to‘g‘rimi?

  6. Metodlarning asosiy afzalliklarini ko'rsatib bera olasizmi?

  7. Metodlarning ko'rsatilgan kamchiliklariga qo'shilasizmi? Ulardan boshqa kamchiliklarni ko'rsata olasizmi?





Resurslarni cheklanganligi har bir resursdan, jumladan, inson uchun eng cheklangan resurs vaqtdan samarali foydalanishni taqozo qiladi. Demak, har faoliyatimizni rejalashtirishimizni talab qiladi. 0‘quvchi-talabalarda bunday ko'nikmani loyihalashtirish metodi yordamida hosil qilish mumkin. Navbatdagi bobda ana shu metodni o‘rganamiz.



  1. Download 0,89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish