Ona
tili va adabiyot
46. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra sh va j undosh tovushlari…
A) sh - til undoshi, til oldi; j - til undoshi, til oldi B) j jarangli undoshning jarangsiz jufti sh undoshi C) sh hamda j - sirg‘aluvchi
undosh
D) sh – jarangsiz undosh; j - jarangli.
47. Tilning old qismida hosil bo‘ladigan tovushlarni toping.
A)v,f B) b,p C) d,t D) ch,k
48. O‘zbek tilida quyidagi shakllardan qaysi biri bo‘g‘in sifatida uchramaydi?
A) faqat bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘inlar
B) bir unli va bir undoshdan tuzilgan bo‘g‘inlar
C) bir unli va ikki undoshdan hosil bo‘lgan bo‘g‘inlar
D) bir undosh va ikki unlidan iborat bo‘g‘inlar
49. Qaysi qatordagi so‘zlarda urg‘u so‘zning oxirgi bo‘g‘inga tushmagan?
A) nafosat, odamzod, madaniyat B) qulupnay, qo‘g‘irchoq, hujayra C) hamma,
texnika, hamisha D) iltimos, kelajak, darvoza
50. Transport so‘zidagi ikkinchi bo‘g‘in necha unli va undoshdan tuzilgan?
A) bir unli va ikki undoshdan B)
bir unli va uch undoshdan
C) bir unli va to‘rt undoshdan D) bir unli va besh undoshdan
51. Quyidagi so‘zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo‘g‘in bor?
A) san’atkorlik B) to‘rtlikdan C) otlantirmoq D) biriktirmoq
52. Kongress so‘zi qaysi qatorda bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajratilgan?
A)ko-ng-ress B) kong-ress C) kon-gress D) kong-res-s
53. Qaysi gapda ko`chma ma’noli so`z qo`llanmagan?
A. Alyorning vujudiga orombaxsh shabada yugurdi.
B. U ko`l yoqasiga kelib qolganini ham sezmadi.
C. Choyxonachi yoshi elliklardan oshib qolgan bo`lsa ham xuddi o`smirlarday yengil qadam tashlardi.
D. Yigit yengil yukni ko’tarib ketardi.
54.Rustam dehqonchilikning tilini yaxshigina o`rgangan. Ushbu gapda qanday ma’no ko`chishi mavjud?
A) Metafora B) Metonomiya C)
Sinekdoxa
D) ma’no ko`chishi bo`lmagan
55. Qaysi qatorda bosh harflar imlosiga amal qilinmagan?
A) “O’zbekiston qahramoni” B) Birlashgan Millatlar Tashkiloti
C) Jahon Tinchlik Kengashi D) “Lazzat” oshxonasi
56.O`z jigiriga ham rahm-shafqat qilmaydilar! Ushbu gapda qanday ma’no ko`chishi mavjud?
A) Metafora B) Metonomiya C) Sinekdoha D) Vazifadoshlik
57.Sinonimlar qatori berilgan javobni ko’rsating. A) afsus – afsuslanmoq – attang. B) belgi – nishon – alomat – ajoyib C) yaxshi – durust – tuzuk – ma’qul D) yuz – aft – bashara – chehra – husnli
58.Qaysi qatordagi juftlik antonim emas? A) uzun-qisqa B) erta-kech C) oldi-olmadi D) do’st-dushman
59. “Daraxt” so’zining atash ma’nosi qaysi qatorda berilgan? A) O’simlik B) Ot C) Jamlovchi ot D) Nima so’rog’iga javob bo’ladi
60.“Mensizlarning
olmangiz, xomligimda
olmangiz” ajratib ko’rsatilgan so’z qaysi qatorda to’g’ri izohlangan? A) zid ma’noli so’zlar B) ma’nodosh so’zlar C) shakldosh so’zlar D) bir ma’noli so’z
61. Berilgan asarlardan Fitrat qalamiga mansufblarini aniqlang. 1. «Abulfayzxon» 2. «Bedil» 3. Aks-sado» 4. «Ko‘zlar» 5. Sabr daraxti» 6. «Qiyomat»
A) 1,2,4 B) 1,2,6 C) 2,3,5 D) 4,5,6
62. “Boshg‘a
ish tushkach, eng ahmoq chora yig‘lamoqdir”. Ushbu fikr qaysi asar qahramoni tomonidan foydalanilgan? A) “Kecha va kunduz” B) “Abulfayzxon” C) “Ruhlar isyoni” D) “Tanho qayiq”
63. “Hali tuzuk-quruq odam qatoriga kirib yetmagan bu qizchani katta xotinlarning oriyat paranjisiga burkaganlar, paranjining uzun etaklari katta bir tugundek uning qo‘ltig‘ini to‘lg‘azardi..” ushbu ta’rif qaysi asar qahramoniga tegishli? A) “Kecha va kunduz” B) “Abulfayzxon” C) “Ruhlar isyoni” D) “Tanho qayiq”
64. “Ruhlar isyoni” asarining janri qanday? A) doston B) g’azal C) ruboiy D) qasida
65. Tarjimon sifatida qaysi ijodkor Bayronning «Manfred», Nozim Hikmatning «Inson manzaralari», Karlo Kaladzening «Dengiz xayoli», A. Tvardovskiyning «Zaytun novdasi» asarlarini o‘zbek tiliga o‘girdi ? A) Rauf Parfi B) Erkin Vohidov C) Abdulla Oripov D) Fitrat
66. “Mustaqil Vatanni baxt nuri chaysin” she’rining muallifi kim? A)Sirojiddin Sayyid B) Mahmud Toir C) Xurshid Davron D)
Oydin Hojiyeva
67. “Sohibqiron o’ylari” asarida “yillar zalvoridan yelkalari biroz chiqqan, sezilar-sezilmas cho‘kkan, ko‘pdan buyon saltanat yukini yelkasiga dadil ortmoqlagan kadxudo, mo‘ysafidlik shartlarini inkor etishga qodirman, Vaqtni yengib bo‘lmasa-da, uni ham tiz cho‘ktira olaman, deb urinayotgan” deb tasvirlangan qahramon kim? A) Muhammad churog’a B) Amir Temur C) Muhammad Sulton D) To’kal xonim
68. Asl kasbi shifokor bo’lgan yozuvchi kim? A) Chexov B) M.Ismoiliy C) Fitrat D)
Rashod Nuri Guntegin
69. “Ajal yomg‘iri yog‘di. Nayzabozlik, qilichboz lik, bir-birovining jazosini bermoq sarbozlarga bo‘ldi ermak. Hech kim ko‘rmagan, hech bir quloq eshitmagan katta urush bo‘ldi, o‘liklar to‘ldi, o‘liklarning ostidan sizotsizot qon ketdi. Shu kun to‘qqiz soat urush bo‘ldi.” Ushbu jang tasviri qaysi asardan olingan? A) “Go’ro’g’l’ning tug’ilishi” B) “Abulfayzxon” C) “Ruhlar isyoni” D) “Tanho qayiq”
70. “Devoni lug’otat turk” asarining muallifi kim? A) Rabg’uziy B) Mahmud Qoshg’ariy C) Yusuf Xos Hojib D) Navoiy
71. “Qutadg’u bilig” asari kimga bag’ishlangan? A) Al Muqtado B) Nosiriddin To’qbug’a C) Tavg’ach ulug’ Bug’roxon D)
halifa Mansur
72. Qaysi asar qahramoni bir tomonida ilm egalari, bir tomonida sarkardalar bilan jangga kirgan? A) “Boburnoma” B) “Saddi Iskandariy” C) “Qutadg’u bilig” D) “Devoni lug’otat turk”
73. Qaysi ijodkor Bozor Oxund, Ofoq xo’ja kabi ustozlar qo’lida tarbiylanadi? A) MAshrab B) Anbar Otin C) Navoiy D) Bobur
74. Qora so‘zining turli ma’no qirralari izohlab yozilgan asar qaysi? A) “Tarjimayi hol” B) “Qarolar falsafasi” C) “Qutadg’u bilig” D) “Devoni lug’otat turk”
75. Qaysi asarning yetakchi mavzusi Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan
bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralar go’zalligi, mehnat shavqi, turli insoniy kechinmalar talqiniga bag’ishlangan? A) “Devoni lug’otat turk” B) “Saddi Iskandariy” C) “Qutadg’u bilig” D) “Boburnoma”