Boymurodov Dostonbek
10
Javob: 6
1.4.10. To’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasiga tushirilgan balandligi uni ikkita uchburchakka
ajratadi. Ularning yuzalari mos ravishda 6 va 54 ga teng bo’lsa, uchburchak gipotenuzasini toping.
Javob: 20
1.4.11. To’g’ri burchakli uchburchakda gipotenuzaga tushirilgan balandlik o’tkir burchaklardan birining
bissektrisasini burchak uchidan boshlab hisoblanganda nisbati 3 + 2√3 bo’lgan kesmalarga ajratadi.
Uchburchakning o’tkir burchaklarini toping.
Javob: 30°, 60°
1.4.12. ABC to’g’ri burchakli uchburchakda C – to’g’ri burchak, CD – gipotenuzaga tushirilgan balandlik.
ACD
va BCD uchburchaklarga ichki chizilgan aylanalarning radiuslari mos ravishda 3 va 4 ga teng. AB
gipotenuzani toping.
Javob: 25
1.4.13. ABC uchburchak o’tmas burchakka ega emas. Uchburchakning AC tomonida D nuqta olingan
bo’lib, 𝐴𝐷 =
3
4
𝐴𝐶. BD chiziq ABC uchburchakni ikkita o’xshash uchburchakka ajratsa, BAC burchakni
toping.
Javob: 30°
1.4.14. O’tkir burchakli uchburchakning balandliklari uchlari shu balandliklarning asosida bo’lgan
uchburchak uchun bissektrisa bo’lishini isbotlang.
1.4.15. O’tkir burchakli ABC uchburchakda BAC burchak 𝛼 ga teng. BC tomonni diametr qilib aylana
chizilgan. Bu aylana AC tomonni P nuqtada, AB tomonni Q nuqtada kesadi. APQ uchburchak yuzasini
ABC
uchburchak yuzasiga nisbatini toping.
Javob: cos
2
𝛼
1.4.16. O’tkir burchakli ABC uchburchakda CH va CH
1
balandliklar o’tkazilgan. HBH
1
uchburchakka
tashqi chizilgan doiraning yuzasi
𝜋
3
ga hamda AC tomon 2 ga teng bo’lsa, CH balandlik va BC tomon
orasidagi burchakni toping.
Javob: 30°
1.4.17. To’g’ri burchakli ABC uchburchakda (C – to’g’ri burchak) BC katetning uzunligi 2 sm. ABC
burchakka ichki chizilgan aylana BC chiziqqa C nuqtada urinadi. Agar aylananing radiusi √2 sm bo’lsa,
ABC
uchburchakka ichki chizilgan aylananing radiusini toping.
Javob: 2√2 − 2
1.4.18. ABC uchburchakning AC tomonida H nuqta olingan bo’lib, BH kesmaning uzunligi 3 ga, HC
kesmaning uzunligi 2 ga hamda ABC va AHB burchaklarning yig’indisi 𝜋 ga teng. Agar ACB burchakning
kosinusi
11
16
ga teng bo’lsa, ABH uchburchakning perimetrini toping.
Javob: 15
1.4.19. O’tkir burchakli ABC uchburchakda AP va CK balandliklar o’tkazilgan. ABC uchburchakning
yuzasi 18, BPK uchburchakning yuzasi 2 hamda PK kesmaning uzunligi 2√2 bo’lsa, ABC uchburchakka
tashqi chizilgan aylananing radiusini hisoblang.
Javob: 4,5
Do'stlaringiz bilan baham: |