54
Virtual kanallar va virtual yo‘llar
Yacheyka sarlovhasida ATMni har bir yacheykasi ikki qismli manzilga ega,
ya‘ni VPI (virtual path identifier, VPI) va VCI (vitual channel identifier, VCI)dan
iborat. Bu manzil fizik interfeys pog‗onasida ATMni
virtual ulanishini noyob
identifikatsiyasini ta‘minlaydi. Uzatishni fizik marshruti (masalan, DS1 yoki DS3)
bir yoki undan ko‗proq marshrutlarga ega va bundan tashqari har bir virtual
marshrut bir yoki undan ko‗proq virtual kanallarga ega bo‗lishi mumkin.
Quyidagi 2.13 - rasmda fizik pog‗onadagi ulanish ko‗rsatilgan.
2.13-rasm. Fizik pog‗onadagi ulanish
Uzatishni ma‘lum marshrutida VPI va VCI alohida kanalga biriktirilgan va
faqat berilgan kommutator uchun ma‘lum qiymatlarga ega hisoblanadi. VPI va
VCI manzillari tarmoq ulanish marshrutida ATMni
har bir kommutatorlarida
o‗zgarib turadi, ya‘ni har bir kommutator kiruvchi VPI va VCIni, chiquvchi VPI va
VCIga o‗zgartirib turadi. Ziddiyatli holatlar sodir bo‗lmagan vaqtda, manzil
tarmoq boshqa joylarida ishlatilishi mumkin.
ATM uzatish marshrutiga, virtual
marshrut yoki virtual kanalga kommutatsiyani ta‘minlab beradi.
Aloqa o‗rnatilayotganda, unga ulanishni oraliq raqami beriladi va bu ulanish
paytida keyingi paketlarni uzatishda (ya‘ni aloqa uzilish vaqtigacha) paketlarni
xizmat
maydonida, ishlatilish manzilining qurilmasi o‗rniga ancha qisqa bo‗lgan
ulanish raqami ishlatiladi.
Paketda 5 baytga teng kichik sarlovha bor. Bulardan 3
bayti, ATM tarmog‗i doirasida noyob bo‗lgan virtual ulanish raqamiga beriladi.
55
Qolgan 48 bayt esa, raqamli ovozni 6 razryadiga yoki hisoblash tarmog‗ini 6 baytli
ma‘lumotiga ega bo‗lishi mumkin. Katta bo‗lmagan belgilangan uzunlikdagi
paketlar, sinxron trafikni uzatishda uzilishlar kam bo‗lishini kafolatlaydi. Shu
narsa ayonki, har bir kanal uchun qat‘iy belgilangan kanalli intervallarni rad etish
natijasida, ideal bir - xillikga ega bo‗lish mumkin bo‗lmay qoladi. Biroq turli trafik
paketlariga turli xizmatlar ko‗rsatilganda, birinchi paketni maksimal kutish vaqti,
bitta paketni qayta ishlash uchun ketgan vaqtga teng bo‗ladi. Trafik turini kiritish
va birinchi xizmat ko‗rsatish, ATM texnologiyasini o‗ziga
xos tarafi hisoblanadi
va bu unga bitta kanalda sinxron va asinxron paketlarni joylashtirish imkonini
beradi. ATM tarmoqlarida ohirgi qurilma va tarmoq orasida ulanish aloqani
individual liniyasi orqali amalga oshiriladi. Kommutatorlari esa, o‗zaro bir - birlari
bilan zichlashtirilgan kanal orqali ulanadi va ular kerakli
kommutatorga ulangan
barcha qurilmalarning paketlarini uzatadi (2.13-rasm).
2.13 - rasm ATM tarmog‗ining tuzilishi
ATM tarmog‗i telefon tarmog‗i tuzilishsiga o‗xshash tuzilishga ega. Bunda
ohirgi stansiyalar quyi pog‗onali kommutatorlar bilan ulanadi. Bu esa o‗z
navbatida yuqori pog‗onali kommutatorlar bilan ulanadi.
ATM kommutatorlari, kommutatorlar tarmog‗ida trafikni marshrutizatsiya
qilish uchun ohirgi qurilmalar manzilini ishlatadi. Paketli
kommutatsiya virtual
kanal identifikatori (VCI) asosida sodir bo‗ladi. U o‗rnatilganda aloqa o‗rnatishga
tayinlanadi va aloqa uzilganda u yo‗q qilib tashlanadi. Virtual ulanish ohirgi
А.1
kommutator
А. 2
kommutator
А 1.1
stantsiyasi
А 1.2
stantsiyasi
А 1…n
stantsiyasi
А 2.1
stantsiyasi
Kommutatsiyalan
adigan virtual
kanal (SVC)
Stantsiya
adresi
20 bayt
56
stansiyani 20 baytli manzillari asosida o‗rnatiladi. Manzilni bunday uzunligi katta
tarmoqlar uchun mo‗ljallangan. Manzil ierarxiyali tuzilishga ega. U telefon
tarmog‗idagi raqamga o‗hshashdir va shahar, davlat kodlariga moslarini ishlatadi.
Virtual
ulanishlar
doimiy
(Permanent
Virtual
Circuit,
PVC)
va
kommutatsiyalanadigan (Switched Virtual Circuit, SVC) bo‗lishi mumkin. Doimiy
virtual ulanishlar ikkita belgilangan abonentlarni ulaydi
va tarmoq administratori
tomonidan o‗rnatiladi. Kommutatsiyalanadigan virtual ulanishlar ixtiyoriy ohirgi
abonentlar orasida aloqani o‗rnatish boshlanganda o‗rnatiladi. ATMni ohirgi
stansiyasini quyi pog‗ona kommutatorlari bilan ulash UNI (User
Network
Interface) standarti orqali amalga oshiriladi. UNI paket tuzilishini, stansiya
manzilini, boshqariladigan
axborotni almashishni, ATM protokoli pog‗onasini va
trafikni boshqarish usullarini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: