Bu suratni qanday nomlash mumkin? Nom o‘ylab toping.
Kimning nomlagani to‘g‘riroq, qiziqarliroq deb o‘ylaysiz?
Nima uchun bu bolalarni bog‘chaga emas, maktabga kelyap- tilar deb o‘ylayapsiz? (o‘quvchilar kiyimini kiyishgan, papka olib ketyaptilar)
Maktab deganda qayerni tushunasiz? Maktabda bolalar nima qila- dilar? (Maktab- bolalarga bilim beruvchi o‘quv - tarbiya maskani)
Maktabga kelayotgan bolalarni kimlar deyish mumkin? (o‘quvchilar, maktab bolalari)
O‘quvchilarning papkalarida nimalar bor? (daftarlar, kitob- lar, qalamdon, ruchka).
Bu narsalarning hammasini birgalikda qanday aytish mumkin? (o‘quv qurollari)
Do'stlaringiz bilan baham: |