161
Tashqi eskirishning hajmiga «jozibasiz» tabiiy va sun’iy
obyektlarga yaqin joylashganlik ham bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan,
tozalash inshootlari, restoranlar,
raqs maydonlari, AYQSH,
temiryo‘l stansiyalari, kasalxonalar,
maktablar,
sanoat korxonalari
va h.k. jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq obyekt qiymatining
pasayishi obyekt eskirishni aniqlashda qo‘llaniladigan usullardan
foydalanish orqali aniqlanadi. Misol uchun,
zaharli chiqindilarni
yo‘qotish qiymati obyektni ta’mirlash qiymati,
tiklanadigan
buzilishlar qiymati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy eskirish jismoniy va ma’naviy
eskirishlardan farqli
ravishda har doim tiklanmaydigan bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: