Xarid uchun ipoteka – xaridning bir qismini yoki butun bahosini
to‘lash uchun sotuvchining xaridorga taqdim etadigan krediti.
Xarajatlarni baholash – bir necha usuldan biri yordamida qurilishning
taxminiy qiymatini hisoblash jarayoni.
Xizmat (hayot) muddati usuli – to‘la qayta tiklash qiymatini
obyektning haqiqiy yoshini uning foydali iqtisodiy hayotining uzoqligiga
munosabatiga teng koeffitsiyentga ko‘paytirish orqali yig‘ilgan yemirilishni
baholash usuli.
Xizmat muddati – taqvim vaqti bo‘lib, bu vaqt davomida turli omillar
ta’siri ostida bino (inshoot)dan kelgusida foydalanish mumkin bo‘lmay
qoladi, qayta tiklash esa – iqtisodiy jihatdan foydasiz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |