Umumlashtirilgan smeta – foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotning
loyihasi.
Xarajatning bahosi – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga asoslangan
baho. Ushbu baho rentabellik bo‘sag‘asini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarni baholash usuli – xarajatlarning tarkibi “har xil maqsadlar
uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. YA’ni, muqobil xarajatlar, meyoriy
xarajatlar va qisman xarajatlarning hajmiga asosan hisoblangan to‘liq tannarx.
Hisoblangan bosqich – TMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig‘i.
Hisoblangan koeffitsient – TMZ qo‘yilgan kapital summasining o‘zgarishi
natijasida har yillik zaxiralarga sarflanadigan xarajatlarning summasini baholash
maqsadida guruhning tejamli hajmini hisoblash va muhofaza zaxirasining muqobil
378
o‘sishini ta’minlash uchun foydalaniladigan formula natijasida aniqlangan
ko‘rsatkich.