230
familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel
raqami va ishchining razryadi; ish birligiga
belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo‘yicha
norma-soat miqdori
Texnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish
dasturiga binoan tuzilgan,
amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko‘rsatilgan bu hujjatlar ish
boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so‘ng
texnik nazorat bo‘limi (OTK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli
mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.
YAkka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish
bo‘yicha asosiy hujjat bo‘lib bir yo‘la
tuziluvchi, yig‘ib boruvchi, shuningdek
yakka va brigada bo‘yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo‘la naryad smena
yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish
turlari bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa,
yakka naryad
deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi.
Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada
a’zolarining malakasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo‘yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri
tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada,
smenaga), biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga
yoziladi. SHuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o‘zida seriya
(guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali
ishlab chiqarishlarda
tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari
qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin.
Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya
detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan
ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib,
ishlab chiqarishdagi
yo‘qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo‘yicha
ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish
haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab
chiqarish raportida yig‘ib boriladi.
231
Ko‘plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda
ishchilar odatda
o‘zlariga berkitilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab
chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo‘yicha tuziladigan
yig‘ma qaydnomalarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: