5.5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash
natijalari hisobi
5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada
ifodalangan asosiy vositalar obektlarining boshlang‘ich qiymati mazkur summani
asosiy vositalar alohida obektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash
yo‘li bilan aniqlanadi. Bu erda, nazarda tutiladiki, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekti
buxgalteriya hisobida alohida identifikatsiyalanalgan asosiy vositalarning bir
154
necha obektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, bunday holatda umumiy
summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir obektning kirim qilinishi lozim
bo‘lgan qiymati, ya’ni boshlang‘ich qiymati sotib olingan asosiy vositalar
obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obektning bozor qiymati ulushiga
qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini quyidagi -misolda ko‘rib chiqamiz.
4-misol. "Hamkor" MCHJ 2016 yil 20 mayda "Operativ" AJdan mulkiy
majmuani 250 000 m.so‘m bo‘lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy
majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli
ichimliklarni quyish bo‘yicha texnologik liniya. 2016 yil 25 mayda xarid bo‘yicha
barcha summa to‘lab berildi. Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, davlat boji
to‘lovi, brokerlik haqi bilan bog‘liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga
keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan
mulkni baholash bo‘yicha sarflar jami 50000m.so‘mni tashkil etdi. Baholovchi
kompaniyaning xulosasiga ko‘ra asosiy vositalarning har bir obekti quyidagi
tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 1600000 m.so‘m, minorali inshoot
1200000 m.so‘m, texnologik liniya 800000 m.so‘m.
Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar
obektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy
bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bo‘ladi. Ular quyidagi
ko‘rinishga ega:
Asosiy vositalar
Obekti
Bozor
qiymati
Bozor
qiymatining
ulushi
Ulush hisob-kitobi
Ishlab chiqarish binosi
1 600 000
4/9
1 600 000/3 600 000
Minorali inshoot
1 200 000
1/3
1 200 000/3 600 000
Texnologik liniya
800 000
2/9
800 000/3 600 000
Jami:
3 600 000
YUqorida keltirilgan mulkiy majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga
keltirish bilan bog‘liq umumiy xarajatlar summasi 300000 m. so‘mga teng
(250000+50000 m.so‘m) bo‘lgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir
obektning boshlang‘ich qiymati quyidagi ko‘rinishga ega:
155
Asosiy vositalar obekti
Boshlang‘ic
h qiymat
Bozor
kiymatining
Ulushi
Hisob-kitob
Ishlab chiqarish binosi
133 000
4/9
(4/9x300 000)
Minorali qurilma
100 000
1/3
(1/Zx300000)
Texnologik liniya
67 000
2/9
(2/9x300 000)
JAMI:
300 000
"Hamkor" MCHJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan
bog‘liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali:
a) asosiy vositalar obektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 -
"Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.so‘m, Kt 6010 -"Mol etkazib
beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m.
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to‘lash: Dt 6010 - «Mol
etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti-250000
m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so‘m.
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish
bilan bog‘liq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish"
schyoti- 50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so‘m.
g) xarid qilingan asosiy vositalar obektlarini kirim qilish (foydalanishga
topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab
chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so‘m, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va
uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti- 100000 m.so‘m, Dt 0130 -
«Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so‘m, Kt 0820 -
«Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.so‘m.
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan
so‘ng asosiy vositalarning qiymati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va
mazkur standartda belgilangan holatlardan tashqari hollarda, o‘zgartirilmasligi
nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul
qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini o‘zgartirishga qo‘shimcha
qurilish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik
156
qayta qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash
holatlarida ruxsat etiladi.
Qo‘shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy
vositalar obektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va
boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o‘zgartirishlar natijasida kelib
chiqadigan ishlar kiritiladi. YA’ni asosiy vositalar obekti bilan bog‘liq amalga
oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular
asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan me’yorlarini sezilarli ravishda
oshirish yoki asosiy vositalarning ushbu obektini dastlab balansga qabul qilishda
belgilangan xizmat qilish me’yori jiddiy tarzda uzaytirish yo‘li bilan ularning
holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa.
Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq asosiy vositalarning mavjud
obektlari qayta o‘zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish,
mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish
maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Texnik qayta qurollanish deyilganda ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish,
ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’naviy jihatdan
eskirgan va tabiiy ravishda emirilgan uskunalarni o‘ta unumdor yangilari bilan
almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida
qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha kompleks
tadbirlar tushuniladi.
YUqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obektini qo‘shimcha qurish,
qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta
qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obektining
dastalabki qabul qilingan amal qilishi me’yorining ko‘rsatkichlarini oshishi
sababli, ushbu xarajatlar mazkur obektlarning boshlang‘ich qiymatini oshiradi.
Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o‘zgartirish mumkin
bo‘lgan keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta
baholash deganda, asosiy vositalar obektlarining qayta tiklash qiymatini bozor
157
narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan
aniqlashtirish tushuniladi. Xo‘jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning
boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta
baholanishi mumkin.
Bunday vaziyatda asosiy vositalarni qayta baholash natijasida buxgalteriya
hisobi va hisobotida joriy qiymati bo‘yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son
BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalarning muayyan sanaga
qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amaldagi bozor narxlari bo‘yicha qiymati yoki bitim
tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitim
tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan
summa tushuniladi.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan
holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar to‘plangan eskirish summasi asosiy
vositalar boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining tegishli o‘zgarish indekslariga
nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan
qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi
bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo‘li bilan qayta baholanishi
mumkin.
17
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo‘lsa,
asosiy vositalar obektining qo‘shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali
tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib
boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek
arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar
obekti bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obekt bo‘yicha oldingi
hisobot davrlarida o‘tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha
oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 -
«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy
17
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1192son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "1 yanvar holati
bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 2002 yil 4 dekabr
158
vositalar ob’ekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu ob’ekt
bo‘yicha qo‘shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa
operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi.
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan holatida o‘tkazilgan asosiy
vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim.
Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot
malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy
hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri
holatidagi malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan
to‘g‘ri kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati bo‘yicha o‘tkazilgan
asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy
davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |