5.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning
buxgalteriya hisobi
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda
ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning
amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida
xo‘jalik yurituvchi subektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko‘rinishida
muntazam taqsimlanadi. Bu erda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda
aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang‘ich (qayta tiklash)
qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan
qolgan summasi tushuniladi.
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy
vositalarning
amortizatsiyalanadigan
qiymatini(eskiish
qiymati)
uning
tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr
xarajatlariga
muntazam
ravishda
taqsimlanadigan
eskirishning
qiymat
ko‘rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. SHuni nazarda tutish
kerakki, asosiy vositalar obekti bo‘yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy
vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan
boshlanadi va ushbu obektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘la qoplanguncha
yoki u balansdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning
obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi mazkur obekt qabul qilingan oydan
keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo‘lsa, unga mos ravishda mazkur obekt
15
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1334-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Inventarizatsiya
jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi
to‘g‘risidagi Nizom". 2015 yil 7-iyul
144
bo‘yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to‘liq qoplangan yoki u
balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.
Asosiy vositalar obektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya
hisoblanishi
to‘xtatilmaydi,
qonunchilikda
o‘rnatilgan
tartibda
ularni
konservatsiyaga o‘tkazish hollaridan hamda obektning foydalanishi to‘liq
to‘xtatilgan sharoitda ularning qo‘shimcha qurilishi, qo‘shimcha jihozlanishi,
rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi
davridan tashqari.
Asosiy
vositalar
obektlari
bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining
hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar,
amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks
ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obektlari bo‘yicha hisoblangan
eskirish summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to‘plash yo‘li bilan
asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.
16
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obektlari
bo‘yicha eskirish hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va
xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt 2010 «Asosiy
ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt 0200 «Asosiy
vositalarning eskirishi» schyoti.
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar
uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 2310 - «YOrdamchi
ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti,
K-t 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan,
ma’muriy maqsadda, madaniy-marifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda
16
21-sonli BHMS "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar
rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma".
145
ishlatilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 9400 «Davr xarajatlari» schyoti, Kt
0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
Korxonaning mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara shartnomasi
bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 "Erni obodonlashtirishning eskirishi";
0212 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni
obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi";
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi";
0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi";
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi".
Analitik hisobning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va
xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Soliq
kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10
oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-BHMS) "Asosiy vositalar" Buxgalteriya
hisobining milliy standartida (20.01.2004 y. 1299-sonli ro‘y., "O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) belgilangan
me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi asosiy vositalarga eskiish hisoblanmaydi:
a) mahsuldor hayvonlarga;
b) kutubxona fondlariga;
146
v) hokimiyat qaramog‘idagi obodonlashtirish inshootlariga;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga;
(O‘zR AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i
taxriridagi kichik band)
d) muzey qiymatliklariga;
e) san’at va arxitektura yodgorliklariga;
j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga;
z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy
vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning
eskirishi" schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi
xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga
olinadi.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning
eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga
oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda olib boriladi.
Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha
hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga
oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar"
schyotining debetida aks ettiradilar.
Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish,
ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki
buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi
tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200)
debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga
hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning
bog‘lanishi(5.2.jadval)
147
5.2.jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |